X. Sanoqulov, D. Xodiyeva. M. Satbayeva mehnat va uni 0 6qitish metodikast



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/94
Sana05.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#739835
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94
Bog'liq
2 5256123767880421733

Darsning maqsad va
vazifalari
Ta’llmiy maqsad: O'quvchilarga amaliy san’at ha­
qida bilim va tasavvurlar berish. Mozaika usulida
qo‘qongul shaklini yasashga o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Mozaika san’atiga qiziqish
uyg‘otish. 0 ‘z mehnatidan qoniqish va zavqlana
olishni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Qog‘ozni mayda qirqish,
qurutilgan urug'lami yelimlash orqali mozaika usuli­
da yasay olish malakalarini rivojlantirish.
Darsning jihozlari
Ko‘rgazmali vositalar: Mozaika ishlaridan namuna-
lar, gullar rasmi, mozaikani yasash bosqichlari, slaydlar.
Ko‘rgazmali jihozlar: Rangli qog‘oz to'plami, qay-
chi, qalam, chizg‘ich, yelim, latta.
Dars jarayonini amalga
oshirish texnologiyasi
Uslub: Og‘zaki bayon qilish, tushuntirish, tahlil qi­
lish, aqliy hujum.
ShakJ: Amaliy mashg‘ulot, savol-javob.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik tizimda baholash.
Dars jarayonini amalga
oshirish bosqichlari
Natija:
Tashkiliy qism: 
10 daqiqa
Darsga hozirlik ko‘rish.
Uyga vazifani mustahkamlash.
Asosiy qism: 
25 daqiqa
Aqliy hujum.
Mavzuni bayon qilish.
Amaliy ish.
Yakuniy qism: 
10 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash.
0 ‘quvchilar bilimini baholash.
Uyga vazifa berish.
Darsning borishi
Tashkiliy qism: 
salomlashish; 
davomatni aniqlash; 
uy vazifasini tekshirish;
ish joyi, ish qurollari va materiallarini tayyorlash.
Asosiy qism: Aqliy hujum
0 ‘qituvchi darsning boshlanishida o‘quvchilarni qog‘o/,ni mttydrt


qirqish, quritilgan urug‘larni yelimlash orqali mozaika usuli haqidagi 
bilim va tasavvurlarini savol-javob yordamida aniqlaydi:
- Mozaika usuli nima?
- Qog‘ozning mayda qirqimi, qurutilgan urug‘lari qanday yopish- 
tiriladi?
- Qayerlarda mozaika usulida bajarilgan ishlami ko‘rgansiz?
- 0 ‘zbekistonda qanday gullar yetishtiriladi?
- Ulami tasvirlab bering?
- Ulaming shakli, rangi, hidi bir xilmi? va h. k.
Yangi mavzu bayoni:
Meva va sabzavotlar, poliz ekinlari urug‘lari, rangli ko‘zgu parcha- 
lari, mayda qog'oz bo‘laklaridan ajoyib mozaika asarlari yaratilishi, 
ulardan sovg‘a sifatida foydalanish, bu ish bo‘sh vaqtlar uchun yaxshi 
mashg‘ulot bo‘lishi haqida tushuncha berish.
Poliz ekinlarining urug‘laridan foydalanib, mozaika usulida gullar 
shaklini yasash mumkinligi tushuntiriladi.
Tabiatda har bir gul o‘z shakliga, o‘z hidiga, o‘z rangiga ega bo‘ladi.
Amaliy ish (darslik bilan ishlash).
Amaliy ishni boshlashdan oldin o‘quvchilaming darsga tayyorligi 
o‘qituvchi tomonidan kuzatiladi. Kamchiliklar bartaraf etiladi. 
Quritilgan poliz ekinlari urugMaridan mozaika usulida qo‘qongul 
shaklini yasash bosqichlari tushuntiriladi va o‘qituvchi tomonidan 
kuzatiladi.
Savollar
1. Dars ishlanmasi tuzishdan asosiy maqsad nima?
2. Qanday qo‘l mehnati ish turlari o‘rganiladi?
3. Mehnat darsida qanday metodlardan foydalaniladi?
4. Amaliy mehnat ta’limi qanday shakllarda tashkil etiladi?
5. Ish unumini oshirishda qaysi metodlar ko‘p qo‘llanadi?
Mavzu: Qog‘oz va karton bilan ishlash 
d arslarini mazmunini tashkil etish metodikasi
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi 
mashg‘ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash ke-


ladigan materiallar bilan ham tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjom- 
lari: daftarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari bosiladigan qog‘oz turlari
- yozadigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan kitob va 
gazeta qog‘ozlaridir. Qog‘oz va karton boshlang‘ich sinflar mehnat 
darslarida eng ko‘p qo‘llanadigan materiallardir. 0 ‘quvchilar bu 
materiallarga kundalik hayotda ham ko‘p marta duch keladilar.
Boshlang‘ich sinflardagi mehnat ta’limi dastur materiallarini tahlil 
qilar ekanmiz, barcha sinflardagi ish turlaridan biri “Qog‘oz va karton 
bilan ishlash” ekanligini ko'ramiz.
Boshlang‘ich sinfo‘quvchilari qog‘oz va kartonga ishlov berishning 
quyidagi usullarni o‘rganadilar:
1. Qog‘ozni turi, navi, rangi, o‘lchamiga ko‘ra tanlash.
2. Qog‘ozdan maketlar yasaganda qog‘ozga ishlov berishning eng 
oddiy usullari sifatida qog‘ozni o‘rtasidan buklab va to‘rtburchak qilib 
buklash (uzunasiga va ko‘ndalangiga).
3. Ingichka qog‘oz parchalarini to‘g‘rilash, bukilgan joylarini ikki 
tomonidan buklash.
4.45-90 gradus burchak qilib buklash.
5. Qog‘ozni buklab belgilangan chiziq bo‘yicha qaychi bilan qir- 
qish, asbobni ushlash, xavfsizlik choralarini qo‘llash.
6. Qog‘ozni andoza bo'yicha belgilash. Qalam bilan chiziq bo‘yicha 
oddiy belgilash.
7. Qaychi bilan kvadratlar, turli burchaklar, uchburchaklar, doiralar 
qirqish.
8. Qaychi bilan murakkabroq shakllar. barglar, qo‘ziqorinlar, mev- 
alarni qirqish.
9. Qog‘ozdan qirqilgan applikatsiya detallariga yelim surtish usul­
lari.
10. Applikatsiya detallarini yelimlab yopishtirish. Tayyor mahsu- 
lotlarni quritish.
11. Qog'ozning yelim surtiladigan qismlarini oldindan ko'chirib 
buyum detallarini bir-biriga yopishtirish.
12. Turli o‘yinchoqlami kvadrat asos va to‘g‘ri burchak asosldttn 
bukib yasash.
13. Daftar, kitoblarni muqovalash.


14. Qog‘ozni buklash va turli shakllar yasash.
0 ‘quvchilar ishlov berilayotgan materiallaming xususiyatlarini hi­
sobga olib, ish usullaridan ongli foydalanishlari, mehnat jarayonida 
fan asoslarini o‘rganish vaqtida egallagan bilimlarini qo‘llashlari lo­
zim.
Birinchi sinfda o‘quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mash- 
g‘ulotlaridagina emas, balki boshqa darslarda ham to‘qnash keladigan 
materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o‘quv anjomlari: daftarlar, 
kitoblar, o‘quv qo‘ llanmalari, bosiladigan qog‘oz turlari - yoziladigan, 
muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va ro‘znoma 
qog‘ozlaridir. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar turli qog‘ozlaming aso­
siy jismoniy xususiyatlari, rangi, qalinligi, zichligi, siyohni singdi- 
rish xususiyati, sathining xarakteri - silliq, g‘adir-budirligi bilan tani­
shadilar.
0 ‘quvchilar mashg‘ulotlarda qog‘oz varaqlarini buklaydilar va 
to‘g ‘rilaydilar, ulami qismlarga bo'lib yirtadilar va qirqadilar, bo‘yay- 
dilar. Shu bilan birga qog‘ozni buklash yo‘l bilan turli xil narsalarning 
shaklini yasaydilar.
“Qog‘oz va karton bilan ishlash” o‘quvchilami garmonik rivojlan- 
tirishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, rangli qog‘oz bian ishlash ijodni 
rivojlantirshga yordam beradi fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, 
diqqat va tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo‘l mehnati, 
chamalash va rangni sezishni o‘stiradi.
Qog‘oz va karton bilan ishlash mashg‘uiotlariga oldindan quyida- 
gicha tayyorgarlik ko‘riladi: stolning ustiga qog‘oz yozib, o‘ng tomo- 
niga qaychi, yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, avtoruchka, old 
tomonlariga yelim, qiyqimlar uchun quti chap tomonlariga, ish vaqti­
da xaiaqit bermaydigan qilib rangli qog‘oz to‘plamini qo‘yadilar. Har 
bir mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda kerak bo‘la- 
digan narsalarni yozib oladilar.
0 ‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosa­
batda bo‘lishlari, o‘z ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejam­
korlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari, o‘qituvchi 
ko‘rsatmalariga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza vaozoda 
saqlashlari, mashg‘ulotdan so‘ng sinfni tozalab qo'yishlari kerak.


г,
Barcha fanlarda qo‘llanilgani kabi mehnat darslarida ta’limning 
ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida 
turli xil namuna, rasm., chizma, sxematik namuna, turli predmetlarning 
modellari, shuningdek texnika vositalaridan foydalaniladi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qog'oz va karton bilan ishlash 
mashg‘ulotlarida 
0
‘quvchilar qog‘ozni buklash y o ii bilan turli xil 
narsalaming shaklini yasashni ham o‘rganib boradilar. Ana shunday 
mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi quyidagi ko‘rgazmali qurollardan 
foydalanishi mumkin. Shu bilan birga o‘quvchilar bu ko‘rgazmalaming 
yasalish bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida o‘zlari 
yasashlari ham mumkin.
Qog‘oz va karton faqat poligraf san’atidagina emas, balki, xalq 
xo‘jaligining hamma tarmoqlarida ham keng qo‘Ilaniladi. Hozirgi 
kunda ishlab chiqarish sanoatida qog‘oz va kartonning ikki yuzga 
yaqin turi ishlab chiqarilmoqda.
Turli xii qog‘ozlardan kitoblar, oynomalar, ro‘znomalar chiqarish 
uchun foydalanishini barcha o‘quvchilar yaxshi biladilar. Shuning 
uchun ham mehnat ta’limi darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarning diq- 
qat-e’tiborini ular foydalanadigan qog‘ozning turmushda tez-tez uch- 
raydigan va qo‘1 mehnati darslarida ishlatiladigan turlariga jalb qilib 
borishi lozim.
Bu qog‘ozlaming turlari quyidagilardan iborat:



Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish