INVESTITSIYAVIY FAOLLIK
– turli iqtisodiy sub’ektlar (davlat,
korxona va tashkilotlar, jamg’armalar va h.k.)ning daromad olish maqsadida milliy
yoki xorijiy iqtisodiyotlarga investitsiya resurslarini kiritishga intilishi.
INVESTITSIYAVIY HAMKORLIK
– xalqaro iqtisodiy munosabatlarning
bir ko‘rinishi bo‘lib, resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mehnat taqsimotida
ishtirok etish natijasidagi ustunliklaridan foydalanish orqali davlat tomonidan
iqtisodiyotda nisbatan yuqori natijalarga erishish, texnologik ishlab chiqarish
tuzilmasini yangilash kabi natijalarni maqsad qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |