IJTIMOIY FAOL INSON
– tafakkurida aql va antiaql, ma’no va
ma’nosizlik, mo‘ljal va tasodif, ong va ongsizlik, insonparvarlik va antigumanizm
yaxlit holda mujassamlashgan inson. Noaniqlik, bemulohazalik va yolg’on-
yashiqlar maydonidagi jangchi.
IJTIMOIY FAOLLIK
– odamlar tomonidan amalga oshiriluvchi faoliyat
turi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda ijtimoiy faollik muayyan odamning u
yoki bu tarzda amalga oshirilgan faoliyatining jamiyat manfaatiga yo‘naltirilganida
namoyon bo‘ladi.
INVESTITSION KREDITLAR
– ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va
texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, yangi
85
X.S.Xadjayev, SH.SH.Fayziyev, M.E.Jabbarov – MAKROIQTISODIYOT
bino va inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan vositalar hamda qimmatli
qog’ozlarni sotib olish maqsadida olingan uzoq muddatli kreditlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |