TAShQI SAVDO AYLANMASI
– mamlakat, mamlakatlar guruhi tashqi
savdo faoliyati hajmining pul ko‘rinishidagi ifodasi bo‘lib, muayyan vaqt
oralig’idagi (masalan, yil davomidagi) eksport va import hajmining yig’indisiga
teng bo‘ladi.
TASHQI SAVDO
– bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.
TASHQI SAVDO BALANSI SALDOSI
– mamlakat eksporti va importi
hajmi o‘rtasidagi farq, tafovut.
TIBBIY YoRDAM
– oliy va o‘rta maxsus tibbiy bilimga ega bo‘lgan
shaxslar tomonidan tug’ruqda, kasallanish, shikastlanish va zaharlanishda amalga
oshiriladigan davolash profilaktik chora - tadbirlar yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |