BOZOR IQTISODIYOTI
– erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan,
iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga
yo‘naltirilgan va boshqariladigan iqtisodiy tizim.
BYUDJET PROFITSITI
– muayyan davrda byudjet daromadlarining
byudjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan miqdori.
BYUDJET TAQCHILLIGI
– muayyan davrda byudjet xarajatlarining
byudjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi.
GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZ
– jahonning deyarli
barcha mamlakatlarida moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va
nisbatlarning keskin izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik
holatlarining vujudga kelishi.
DAVLAT BYUDJETI
– davlatning daromad va xarajatlari hamda ularni
moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |