X. S. Xadjaev, I. A. Bakiyeva, sh sh. Fayziyev makroiqtisodiyot


Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chekli moyillik



Download 438 Kb.
bet36/152
Sana21.06.2022
Hajmi438 Kb.
#687031
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   152
Bog'liq
makro oquv qollanma 2 0bc92-конвертирован

Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chekli moyillik


Makroiqtisodiyotda iste’mol va jamg’arishning ahamiyatini anglash uchun ularni tavsiflovchi ko’rsatkichlarni aniqlash lozim. Bunday ko’rsatkichlar sifatida iste’mol va jamg’arishga bo’lgan o’rtacha moyillik hamda chekli moyillik qatnashadi.
Iste’molga o’rtacha moyillik iste’mol xarajatlarining ixtiyordagi daromadda qanday ulushga ega ekanligini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi, ya’ni:

C


APC = 100
Yd
bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga bo’lgan o’rtacha moyillik.
Jamg’arishga bo’lgan o’rtacha moyillik esa jamg’armalarning ixtiyordagi daromadda qanday ulushga ega ekanligini ifodalaydi va u quyidagicha aniqlanadi, ya’ni:

S


APS = 100
Yd
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg’arishga bo’lgan o’rtacha
moyillik.
Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlariga asoslanib, berilgan yillar uchun bu ko’rsatkichlarni aniqlashimiz mumkin.
4-jadval

Iste’molga va jamg’arishga bo’lgan o’rtacha moyillik ko’rsatkichlari (shartli raqamlarda)


Yillar


Yd Ixtiyordagi daromad (ming so’m)

C
Iste’mol (ming so’m)

APC
Iste’molga bo’lgan o’rtacha
moyillik (foiz)

S
Jamg’arish (ming so’m)

APS
Jamg’arishga bo’lgan o’rtacha
moyillik (foiz)

2005 yil

170

175

102,9

-5

-2,9

2006 yil

210

210

100

0

0

2007 yil

250

245

98

5

2

2008 yil

290

280

96,6

10

3,4

2009 yil

330

315

95,5

15

4,5

2010 yil

370

350

94,6

20

5,4

2011 yil

410

385

93,9

25

6,1

2012 yil

450

420

93,3

30

6,7

2013 yil

490

455

92,9

35

7,1

2014 yil

530

490

92,5

40

7,5

Misol uchun, ixtiyrdagi daromad miqdori 250 va 530 ming so’mga va iste’mol miqdorii 245 va 490 ming so’mga teng bo’lgan holatlar uchun iste’molga bo’lgan o’rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni:
APC =(245 / 250) x 100 = 98 foiz yoki 0,98;
APC = (490 / 530) x 100 = 92,5 foiz yoki 0,93 ga teng.
Demak, bu misollardan ko’rinib turibdiki, ixtiyordagi daromadlar miqdori ko’payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va aksincha jamg’arma ulushi ko’payib boradi. Umuman, birinchi bo’lib iste’mol nazariyasini
asoslab bergan olim Dj. M. Keyns hisoblanadi. Uning bu boradagi xulosalari quyidagilardan iborat: *
-iste’molni belgilaydigan asosiy omil- daromad;
-iste’molga bo’lgan o’rtaha moyillik (APC) daromad oshgani sari pasayadi;

  • iste’molga bo’lgan chekli moyillik har doim 0 dan katta va 1 dan kichikroq bo’ladi.

Shu xulosalardan Keyns oldingi savollarda keltirilgan iste’mol funktsiysini chiqardi.
S.Kuznets iste’molga bo’lgan o’rtaha moyillikni qisqa va uzoq muddatli davrlar uchun ajratib ko’rib chiqqan va uzoq muddatli davrda bu ko’rsatkich barqarorlik xususiyatiga ega bo’lishi, ya’ni APCning pasayish qonuniyati Keyns nazariyasiga mos kelmay qolishini asoslab bergan.
Iste’mol borasidagi zamonaviy nazariyalardan biri hisoblangan Modilyanining “Tovarning hayotiylik davri” nazariyasida shaxs o’zining iste’moli va jamg’armalarini butun umri davrida kafolatligini rejalashtirishi hamda jamg’armalar odatda ko’p hollarda keksalik davridagi iste’molni ta’minlash uchun yaratilishini izohlab bergan. Yana bir iste’mol nazariyasida, ya’ni M.Fridmanning “Daromadlarni doimiyligi” nazariyasida iste’mol bilan bog’liq hatti-harakatlar daromadning joriy darajasi bilan bog’liq bo’lmasdan, balki daromadning doimiy darajasiga, ya’ni uzoq vaqt davomida olinadigan daromadga bog’liqligi isbotlab berilgan.
Soliqlar to’langandan keyin qolgan daromadning iste’mol qilingandan keyin qolgan ikkinchi qismi jamg’ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg’arishga o’rtacha moyillik yig’indisi 100 foizga yoki koeffitsient ko’rinishda 1 ga teng: APC + APS = 100 foiz yoki koeffitsient ko’rinishda PC + APS = 1.
Misol uchun, ixtiyrdagi daromad miqdori 250 va 530 ming so’mga va iste’mol miqdorii 245 va 490 ming so’mga teng bo’lgan holatlar uchun jamg’arishga bo’lgan o’rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni:




* Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. М.,1978. С.157.
APS =(5 / 250) x 100 = 2 foiz yoki 0,02;
APS = (40 / 530) x 100 = 7,5 foiz yoki 0,07 ga teng.
Iste’mol va jamg’arishni tavsiflovchi yana bir ko’rsatkich bu iste’mol va jamg’arishga bo’lgan chekli moyillik ko’rsatkichidir.
Iste’molga bo’lgan chekli moyillik ko’rsatkichi ixtiyordagi daromadning o’zgarishi natijasida iste’molda qanday o’zgarishlar yuz berishini ko’rsatadi va quyidagicha aniqlanadi:

Δ C



Download 438 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish