b
)
markazlashmagan
boshqarish bir-biri bilan o‘zaro koordinatsiyalash,
masalan, alohida ba’zi operatsiyalarning boshlanish va tugallanish vaqtlarini
o‘zaro bog‘lash va shunga o‘xshash maqsadlarda bog‘langan, joylardagi
boshqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
v)
kombinirlashgan boshqarish
markazlashgan boshqarish bilan bir
qatorda joylarda mahalliy boshqarish qurilmalarining mavjud bo‘lishini taqozo
etadi.
Bunday boshqarish tizimi shartli ravishda birjinsli (bir darajali) va ierarxik
(ko‘p darajali) bo‘lishi mumkin. Birinchi holda markazdan va mahalliy boshqarish
qurilmalaridan kelayotgan boshqarish bir xil darajada kombinirlashadi. Ikkinchi
holda mahalliy boshqarish qurilmalari markazga bo‘ysungan bo‘lib, boshqarish
signallari turli darajalarda kombinirlashadi.
RTKlarning tuzilish alomatlariga ko‘ra bo‘linishi
Robototexnik komplekslarning strukturaviy alomati ularning tuzilishi
turlarini va kompleks tarkibida SR bilan texnologik qurilmaning o‘zaro xatti-
harakatlarini aks ettiradi.
Bo‘linishning bu alomatiga ko‘ra RTKlar
a) birpozitsiyali,
b) guruhli,
s) ko‘ppozitsiyali bo‘ladi
.
Bir pozitsiyali RTKlari texnologik qurilma birligi komplekti bilan bitta
SRni o‘z ichiga oladi, masalan stanok-robot, press-robot va boshqalar.
83
Guruhli RTKlari bir xildagi yoki turli xildagi texnologik qurilmalar
guruhiga xizmat ko‘rsatuvchi bitta SRni o‘z ichiga oladi.
Ko‘p pozitsiyali RTKlar bir-biri bilan yoki bir-birini to‘ldiruvchi
funksiyalarni bajaradigan SRlari guruhini o‘z tarkibiga oladi [5].
Nazorat savollari
1.
Robototexnik tizimlarga qo‘yiladigan talablar?
2.
Robototexnik komplekslarning sinflanishi?
3.
Robotlashtirilgan bo‘lak turi bo‘yicha RTK lar qanday guruhlarga
bo‘linadi?
4.
Robotlashtirilgan texnologik jarayonlar qanday turlarga bo‘linadi?
5.
RTK lar kompanovka bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi?
6.
RTK lar boshqarish turi bo‘yicha qanday guruhlarga bo‘linadi?
7.
Strukturaviy alomat bo‘yicha RTK lar qanday turlarga bo‘linadi?
8.
Robotlashtirilgan texnologik uyaning xususiyati qanday?
9.
Robotlashtirilgan texnologik bo‘linma nima?
10.
RTK larning chiziqli va aylanma kompanovkalari qanday bo‘ladi?
11.
RTK larni markazlashtirilgan boshqarish qanday amalga oshiriladi?
12.
Bir pozitsiyali RTK ning xususiyatlari qanday?
13.
Guruhli RTK larning strukturalari qanday bo‘ladi?
14.
Sanoat robotlarining RTK larga qo‘llanilishining asosiy sxemalarini
keltiring?
15.
Robotni jihoz ichida joylashtirilishiga misol keltiring?
16.
Sanoat robotini asosiy texnologik qurilma atrofida joylashtirish
qanday amalga oshiriladi?
17.
Bir necha robotni o‘z ichiga olgan RTK sxemasini keltiring?
18.
Jihozlarga robotlar guruhi tomonidan xizmat ko‘rsatish qanday
amalga oshiriladi?
19.
Qurilma jihozlarini aylana bo‘ylab joylashtirish?
20.
RTK larni joylashtirishning asosiy turlari qanday?
21.
Bir pozitsiyali RTK larga misol keltiring?
84
Do'stlaringiz bilan baham: |