To’rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida qurilma va tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataladi.
Mikroelektronikaning birinchi mahsulotlari – integral mikrosxemalar 60 yillar so’ngida paydo bo’ldi. Hozirgi kunda IMSlar uch xil konstruktiv – texnologik usullarda yaratiladi: qalin pardali va yupqa pardali gibrid integral mikrosxemalar (GIS) va yarim o’tkazichli integral mikrosxemalar.
Integral mikrosxemalar radio elektron apparaturalarda elementlararo ulanishlarni ta’minlash bilan birgalikda, ularning kichik o’lchamlarini, energiya ta’minotini, massa va material hajmini ta’minlaydilar. Ko’p sonli chiqishlar va qobiqlarning yo’qligi radio elektron apparaturalarning hajmi va massasini kichraytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |