3-rasm. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari.
«Fan* — yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi»1. Fan-ta’lim mazmunini tubdan yangilashda, ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o'quv darsliklar va qo‘llanmalar tay- yorlashda, ilmiy-metodik. ta’minotni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi. Qolaversa, fan kadrlar tayyorlashda buyurtmachi si- fatida ilmiy izlanishlarni bevosita o‘quv jarayoni bilan mutano- siblashtirishga erishadi.
«Ishlab chiqarish» - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek, ulaming tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan ta- lablami belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qat- nashchisi»I II. Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi funksiyalarini bajarib, kerakli yuksak daraja- larda va tegishli sohalar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etadi.
Ishlab chiqarishning ehtiyojlari kadrlar tayyorlashga bo'lgan ijti- moiy buyurtmani shakllantiradi, kasb-hunarga tayyorlashning maq- sadi, vazifasi va mazmunini aniqlaydi, malakaviy talablami ilgari suradi, yangi texnologiyalar va o‘qitish shakllarini tanlab olish shartlarini belgilaydi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo’Iishini va hayot o’zgarishlariga moslanuv- chanligini ta’minlaydi. Kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg’or taj- ribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi- ning barcha jihatlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanishi omillari- dan biridir.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o’qituvchi zimmasiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalami tarbiyala- ganlar. 0‘qituvchilik kasbining paydo bo’Iishi tarbiyaning kelib chi- qishi bilan bog’liqdir.
Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tarbiyaning vujudga kelishi uchun asosiy shart bo’ldi. Inson mehnat qurollari tayyorlay boshlagan davrdan boshlab kishilik jamiyati paydo bo’ldi. Eng oddiy mehnat qurol- arini qo’llash va ulami ongli ravishda tayyorlashning toboro ken- gayib va murakkablashib borishi yosh aviodga mehnat bilimlarini, ko’nikma va tajribalarini berish zaruratini tug’dirdi.
Dastlab bu hoi mehnat faoliyati jarayonida va butun ijtimoiy hayot quynida ro‘y berar edi. Keyinchalik tarbiya inson faoliyati va ongining alohida sohasiga aylandi.
Yangi tug’ilgan bolani jamoadagi keksalar, oqsoqollar boqar- dilar. Matriarxat taraqqiyotining oxirlarida bolalami tarbiyalash uchun yoshlar uylari paydo bo’lib, ularda urug’ oqsoqollari bola- larga tarbiya berganlar. Quldorlik davrida esa quldorlaming bola- lari uchun maxsus maktablar tashkil etilgan. Qadimgi Yunonis- tonda bolalaiga bilim beradigan kishini «didaskal» («o‘qitaman», «o‘rgataman» so’zidan olingan) deb ataganlar. Bolalami maktabga tarbiyachilardan bin boshlab borgan yoki sayrlarga olib chiqqan, bunday tarbiyachi «pedagog» («раупе» - bola, «agogeyn» - yetak- lamoq so’zidan olingan) deb atalgan. Bu tushunchalar hozirda ham o’qituvchiga nisbatan ishlatiladi, lekin uning mohiyati boshqacha ahamiyat kasb etadi.
Har bir jamiyatda ham pedagog, o’qituvchi, tarbiyachilarga yoshlar murabbiysi sifatida katta hurmat bilan qarab kelingan. Ayniqsa, bizning mustaqil yurtimizda o’qituvchiga hurmat-e’tibor va unga quyilgan mas’uliyat ham nihoyatda oshib bormoqda. Bu
16
o‘rinda respublikamizda 1 oktyabmi «Ustoz va murabbiylar kuni» deb e’lon qilinganligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Ma’lumki, "shaxs va davr" yoki "davr va shaxs" munosabati muammolari tahlilida uchta holat bo'lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |