Bekobod shahar 16-umum ta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Usmonova Dildoraning
“Maktabim-ikkinchi uyim”
mavzusida 1-soatlik
ochiq dars ishlanmasi
D arsning maq sadi : ta'limiy :O'quvchilarni yaxshilikka o'rgatish va ma'naviy yetuklik ruhida tarbiyalash.
O’quvchilarni mehr oqibatlilikka o’rgatish
Tarbiyaviy :O’quvchilarga maktabni sevishga o’rgatish .O’quvchilarni ravon va ifodali o’qishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi:mustaqil fikrlashga o’rgatish .
Darsning turi : maktab ikkinchi uyimiz mavzusi haqida o’quvchilarga yangi bilim ko’nikma va malakalarini shakillantirish.
Dars meto’di: Interfaol tarmoqlash, aqliy hujum , ifodali o’qish , savol-javob , ro’llarga bo’lib o’qish.
Dars jihozi: darslik, slayd, ko’rgazmalar.
Darsning borishi
Tashkiliy qism
Salomlashish
Bugun oddiy dars emas
Balki sinov darsidir
O’tib olsak sinovdan
Bu hammaga yaxshidir
Qani ayting bolalar
Kim navbatchi bo’ladi
Ushbu kunni hisobin
Menga aytib beradi
Navbatchi axborot beradi : Hozir darsimiz o’qish va ona tili savadxonlik darsi
O’quvchi:
Bugungi darsimizning shiori ,,Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas, Qo’lingdan kelguncha yig’a olsang bas’’.
Maqsadimiz:
O ’qib-o’rganamiz , ijod qilamiz .
Shu ozod Vatanni obod qilamiz
Dars mobaynida oltin qoidalarga amal qilamiz
O’quvchilarni 3 guruhga bo’lib olamiz
Bilimdonlar
Zukkolar
Donolar.
3 O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
Sizga uyga vazifa ,,Katta bo’lsam nobel mukofotini olaman’’ hikoyasi berilgan edi. Siz uyda o’qigan bo’lsangiz kerak. Men hozir sizga matnni qismlarga bo’lingan holatda beraman, siz ,,Arra metodi’’ orqali joylaysiz. Qaysi guruh birinchi bo’lsa rag’batlantiriladi. Shu mavzu yuzasidan ,,Xozonchinak’’ o’yin orqaliy mustahkamlanadi.
1.Nobel mukofoti qaysi sohalar bo’yich beriladi?
2. Ilk nobel mukofoti kimga topshirilgan?
3.Alfred Nobel nechtadan ortiq harbiy qurollar ixtiro qildi?
Qaysi guruh savollarga to’g’ri javob bersa rag’batlantiriladi.
Yangi mavzu: Maktabim ikkinchi uyim .
Maktab tushunchasi ,,Klaster metodi’’ orqaliy o’quvchilarga tushuncha beriladi.
Kitobingizdagi rasmlarni kuzating.
R asmda berilgan narsalarni birini tanlang.
U bilan bog’liq biror qiziqarli voqeani so’zlab bering.
So’zlab beradigan voqeangiz hech kimnikiga o’xshamasligi ajoyib bo’lish kerak.
Har bir guruh og’zaki so’zlab beradilar.
3ta guruhdan 1tadan o’quvchi chiqib jadvalni xattatada to’ldiradilar.
1-guruh: o’quv qurollari
2-guruh: maktab va sinf jihozlari
3-guruh: maktabda kimlar ishlashi va o’qishini yozadilar.
To’g’ri va chiroyli yozgan o’quvchilar rag’batlantiradi.
Aziz o’quvchilar ,,Maktab’’ haqida audiomatinni tinglang.
Savol-javob
Maktabda qanday bilimlar o’rgatiladi?
Maktabda olinadigan bilimlar nima uchun kerak?
Maktabda o’qish majburiy ekanlig qaysi hujjatda yozib qo’yilgan?
Qadimda maktab qanday nomlangan?
Tarixda ta’limning maktabning keyingi bosqichi nima dab atalgan?
Zamonaviy ko’rinishdagi ilk maktablarni kimlar ochgan?
Hozir yurtimizda qancha maktab bor?
Berilgan qaysi so’zlarga partadosh so’zidagi –dosh qo’shimchasini qo’shish mumkin. Aniqlab yozing.
Berilgan so’zlarga ta’rif berib gaplar tuzing.
( Vatandosh,mahalladosh ,sinfdosh)
Yangi mavzuni mustahkamlash
Berilgan so’zlardan mosini qo’yib , matnni to’ldiring.
(Sinfxona ,universitet, sanash , o’qish , madrasa, yurtimiz ,maktabxona ,yozish ,dorixona.
___________ da qadim zamonlardan beri maktablar bo`lgan .
Tarixda maktablar __________,______________deb atalgan .Bunday maktablarda bolalar faqat_____ va______ni o’rganishgan .Ta’limning yuqori bosqichi esa __________larda davom etgan .
5.Baholash
6.Uyga vazifa .Maktabni chiroyli so’zlar bilan ta’riflab yozish .
Do'stlaringiz bilan baham: |