Birinchidan, ishlatiladigan ko'rsatmali qurollar u yoki bu sinf o‘quvchilarining yoshi va o‘ziga xos xarakter xususiyatlari, umu- miy tayyorgarligi - saviyasiga mos keladigan boiishi lozim.
Ikfcinchidan, foydalaniladigan ko'rsatmali qurollar o'tilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishga yordam beradigan materiallar bo'lishi lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko'rsatmali materiallardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo'l- gan ta’Iim usullari to'g'ri tanlangan bo'lishi lozim.
Ta’lim jarayonida muvaffaqiyatlarga faqat bilim berishda o'quvchi talabaning o'ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olganda erishish mumkin. Shuning uchun o'qituvchilarda bolalar psixologiyasiga oid bilimlar etarli bo'lishi lozim. Sinf o'quvchilar jamoasiga xos umumiy xususiyatlar va har qaysi o'quvchiga tegishli xususiyatlar ta’limning har bir bosqichida e’tiborga olinishi kerak. Bunga erishish uchun o'qituvchi o'quvchilami kuzatishi va ular- ning ruhiy olamini o'lganishi lozim. Faqat shundagina o'quvchi- dagi kamchiliklaming kelib chiqish sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim qoidalari umuminsoniy tarbiya- ning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o'qish va o'qitish jarayonlarining yo'nalishi, o'quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o'zlashtirilishi, bilim va ko'nikmalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalari yig'indisi bo'lib, ular bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar Ta’lim prinsiplarining ahamiyati nimada?
Ta’lim prinsiplari tizimiga nimalar kiradi? Ta’limning ilmiy bo'lishi prinsipi mohiyatini qanday tushundingiz?
Ta’limda nazariya bilan amaliyotning bog'liq bo'lishi prin- sipini mutaxassisligingizga bog'lab tushuntira olasizmi?
Ta’limda onglilik va faol harakatda bo'lish prinsipi o'quvchiga nima beradi?