jargonlar
deyiladi. Masalan, oftobi olam (podsho),
husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe‘ qiling (bildiring), mal huz emas
(mulohaza qilingan emas), ne‘mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu‘ aylang (umid
bilan kuting), tanzil (foyda).
O`g`rilar, qimorbozlar orasida qo`llanadigan so`zlar argolar deb yuritiladi; loy
(pul), xit (militsioner), bedana (to`pponcha), xitola (o`g`irla), zamri (jim tur),
atamri (gapir), atanda (qoch) kabi.
Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo`lgan: yakan (pul), joyi
(yo`q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz
(ming so`m), saru nimsar (bir ming besh yuz so`m), kapara(olti ming so`m).
Tarixiy jihatdan o`zbek tili leksikasi
. Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning
barcha bo`limlarida, jumladan, leksikasida ham o`zgarishlar yuz beradi. Bunda
14
tildagi ba‘zi so`zlar eskirib, iste‘moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi
tushunchalarni nomlovchi so`zlar paydo bo`ladi. Bu hodisalar tilning leksik
tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqazo etadi:
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).
2. Eskirgan qatlam.
3.Yangi qatlam.
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o`zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo`lib, uni
umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid
so`zlar, shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so`zlar tashkil etadi. Bu
qatlamdagi so`zlar yangilik bo`yog`iga ham, eskilik bo`yog`iga ham ega
bo`lmaydi.
Zamonaviy qatlamda so`zlarning nutqda ko`p yoki kam ishlatilishi, barcha
kishilarning ishlatishi yoki ma‘lum guruh kishilari nutqidagina ishlatilishi asosga
olinmaydi.
Demak, yangilik va eskilik bo`yog`iga ega bo`lmagan so`zlar eskirgan
qatlam. So`z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo`qolishi, yoki
ularning ma‘nosini ifodalaydigan boshqa so`zlarning paydo bo`lishi munosabati
bilan ayrim so`zlar asta-sekin qo`llanilmay unutila boradi. Ular nutqda kam
qo`llanadi. Ularning ba‘zilarini tushunish mumkin, ayrimlarini ko`pchilik
tushunmaydi, ular badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo`llansa, izoh talab etadi. Eskilik
bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga
ajratiladi:
1. Tarixiy so`zlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik so`zlar yoki arxaizmlar.
Tarixiy so`zlar o`tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo`lgan, ammo hozir
eskirib qolgan so`zlar tarixiy so`zlar deyiladi. Tarixiy so`zlar jamiyatda yo`q bo`lib
ketgan narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo`llaniladi. Hozirgi tilda ularning
sinonimii yo`q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim
(1 km), tosh (8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25
g.), miri (5 tiyin).
Ba‘zi so`zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo`lib
qoladi. Bunday so`zlarning bir ma‘nosi eskirsa, ikkinchi xil ma‘nosi zamonaviy
qatlamda ishlatiladi.
Masalan:
boy
so`zining ma‘nosini qiyoslang:
Boy Yo`lchini zimdan kuzatdi
(Oybek). Sen boy bo`laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo`ldi?
Arxaik so`zlar. Hozir mavjud bo`lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari
arxaik so`zlar deyiladi. Arxaik so`zlar yig`indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm –
grekcha so`z bo`lib, archaios – «qadimgi» degan ma‘noni bildiradi.
Eskirgan so`z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo`lgani
uchun uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so`z
mavjud bo`ladi. Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo`lsa, ulardan til
taraqqiyoti qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera
olmaydigani eskilik bo`yog`iga ega bo`lib, ishlatilmay qolib ketadi. Masalan,
sekretar – kotib, mirzo, kotiba. Ular ichidan kotib so`zi hozirgi kunda kishilar
15
tomonidan keng ko`lamda qo`llanilyapti. Sekretar so`zi eskirib, arxaiklashib
qolgan. Arxaik so`zlar so`zlovchining ko`z oldida iste‘moldan chiqib ketayotgan
so`zlardir revolyutsiya (inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast), baynalmilal
(internotsional).
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o`miz (ko`krak) kabi.
So`zlar butun holda arxaiklashishi yoki uning biror ma‘nosi arxaiklashishi
mumkin. SHunga ko`ra ular: a) leksik arxaizmlar; b) semantik arxaizmlar tarzida
ikki xil bo`ladi.
Leksik arxaizmda so`z eskiradi: gulgun, siymo (obraz).
Semantik arxaizmda ma‘no eskiradi: chechak – «gul» ma‘nosida eskirgan, bekat –
karvonlar to`xtaydigan joy ma‘nosida eskirgan, bag`ir – «jigar» ma‘nosida
eskirgan, davlat – «boylik» ma‘nosida eskirgan.
Arxaiklashish iboralarda ham, grammatik hodisalar doirasida ham yuz
beradi. Iboralarning arxaiklashishi holati ko`p, lekin grammatik hodisalarning
arxaiklashishi ham uchraydi: dasti alif –lom qilib, gardonini ham qilib, yoqasini
chop etmoq (iboralar); sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon, -
ibon shakllari, -dur – kesimlikni ko`rsatuvchi bog`lama eskirgan grammatik
shakllardir.
Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo`lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq kabi
(sovun,
qovoq).
Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi angi narsalarni, ularning belgilarini,
yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan
yuzaga kelgan so`zlar yoki yangi ma‘noda qo`llangan eski so`zlar neologizmlar
deyiladi. Neologizm grekcha so`z bo`lib, neos – «yangi» degan ma‘noni bildiradi.
Neologizm yangilik bo`yog`iga ega bo`lgan so`zlardir. Masalan: bakalavr,
magistratura, kompьyuter, kompьyuter texnologiyasi, marketing, supermarket
kabi. Neologizmlar yangi paydo bo`lgan paytda, ishlatilish doirasiga ko`ra
chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmni ma‘nosi tushunarlilik kasb etsa, xalq
orasida ommalashib ketishi mumkin. Bunda u yangilik bo`yog`ini yo`qotadi va
umumxalq so`ziga aylanadi. Masalan: brigada, televizor, traktor, kosmos,
kosmonavt va hokazo.
Ba‘zi neologizmlar yangiligicha qolib ketishi, ishlatilish doirasi chegaralangan
leksikadan o`rin olib qolishi mumkin. Demak, neologizm – nisbiy tushuncha.
CHunki har bir davr o`z neologizmiga ega bo`ladi.
So`z yoki so`zning ma‘nosi neologizm bo`lishi mumkin.
So`z neologizm bo`lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker, ...
Leksik neologizmlar tamomila yangi, hali o`zlashib ketmagan so`zlardir. Bunday
so`zlar: 1) o`zbek tilida avvaldan mavjud bo`lgan so`z va yasovchi qo`shimchalar
bilan yasalgan yangi so`zlardir: etti yillik; 2) boshqa tildan kirgan hali umumxalq
tiliga singib o`zlashib ketmagan yangi so`zlardir: magistr, bakalavr.
Leksik ma‘nolardan biri yangi bo`lsa, semantik neologizm deb yuritiladi. Masalan:
Yo`ldosh (er yo`ldoshi), payvandchi (metallni ulovchi).
16
Do'stlaringiz bilan baham: |