X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, G. Mamatova, H. Boqiyeva, A. Sobirova


Hattotlik maktablari haqida ma’lumot



Download 321,89 Kb.
bet6/36
Sana10.09.2022
Hajmi321,89 Kb.
#848553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Husnixat va uni o\'qitish metodikasi (H.G\'ulomova va b.)

Hattotlik maktablari haqida ma’lumot. Xattot va madaniy hayot. Sharq xalqlari, shu jumladan, O’rta Osiyo xalqlarining madaniy tarix i eng qadimiy va ko’p sohalarda yuksak taraqqiyot bosqichiga erishilganligi bu kunda butun dunyo ilm-fan ahli tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. O’rta Osiyo xalqlari o’z o’tmishida bir necha dafa iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot davrini boshidan kechirgan.
Arablar istilosidan so’ng 1 X-Xl asrlarda O’rta Osiyoda, ayoniqsa,
Xorazmda
madaniy va ilmiy tafakkur beqiyos barq urib gulladi. Jahonga tanilgan al- Farobiy, lbn Sino, al-Beruniy singari ulug‘ mutafakkir olimlar dahosidan xozirgacha bashariyat bahramand bo‘lib kelmoqda. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu porloq davr arab istilosining mahsuli emas, aksincha, arab istilosiga qadar o’rta Osiyoda mavjud bo’1gan xorazmiylar va so’g’diylarning uzoq asrlik boy madaniyatining qonuniy taraqqiyotidan iborat bo’lgan. Arab istilosiga qadar O’rta
Osiyo xalqlari, shu jumladan, turk iy xalqlar (ayniqsa, uyg’urlar) yaratgan madaniy obidalar fikrimizning isbotidir. A yniqsa, 1965 yi li Samarqandda ochilgan Afrosiyob arxeologik yodgorlik lari arablarga qadar O’rta Osiyo xalqlarining mislsiz taraqqiyot darajasida ekanini yana bir marta tasdiqlaydi.
XlIl-XI V asrlarda mo’g’ullar O’rta Osiyoni vayron qilib, obod shaharlarni xarobaga aylantiradilar. Madaniy yodgorliklar parchalanib, ilm-fan xazinasi bo’lgan minglab qo‘lyozma kitoblar gulxanlarda kuydiriladi. Mo’g’ul bosqinchilari qancha barbod qilınasinlar, ijodkor xalq o’z madaniy merosini ardoqlaydi, eng og’ir va mashaqqatli hollarda madaniy hayot olg’a tomon boraveradi.
XI V-XV asrlarda Temuriylar davrida O’rta Osiyo feodalizm jamiyatida qisqa muddatli bo‘1sa ham markazlashgan feodal davlati joriy qilinib, mamlakat hayotida iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalish ro’y berdi. Ayniqsa, XV asr daHirotda, Samarqandda o’rta Osiyo xadlqlari madaniyati o’zining eng porloq davrini boshidan kechirdi. Mirzo Ulugbek, A lisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xondamir, Behzod, Sulton Ali va Mirzo Bobir bu davming aql egalaridan bo’lganlar.
XVI asrning boshidan safaviy lar va shayboniy lar hokimiyat tepasiga kelishi bilan iqtisodiy va madaniy hayot asta-sekin inqirozga yuz tuta boshlaydi.
XIX asrga kelganda, ayniqsa, o*rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari kuchaya borgan sari madaniy hayotda yana kotarilish roy bcra boshladi.
Shunday qilib, IX asrdan to XX asrgacha, taxminan 1000 yillik tarixida O’rta Osiyo xalqlarining ilm-fan va ma’naviy madaniyat sohasida yaratib qoldirgan buyuk merosi biming davrimizgacha, asosan, qo’lyoma kitoblar shaklida yetib kelgandir.
Arab yozuvida kitobat qilingan ming yillik madaniy meros nasldan-naslga qo‘lyozma shaklida o’tib kelgan. Shu qolyozma kitoblar tufayligina O’rta Osiyo xalqlari ota-bobolari yaratib qoldirgan madaniy merosdan bahramand bo’lganIar. Shu qo’lyozma tufayli O’rta Osiyodagi har bir xalq, har bir millat o’z tarixiga ega bo’lgan. Nihoyat, shu qo’lyozmalar tufayli o’rta Osiyo xalqlari jahon madaniyat tarixi taraqqiyotiga o’z hissasini qo’sha olgan.
Bu qo’lyozma kitoblarning muallif tomonidan parcha-parcha qog’oz1arga yozilib ijod etilgandan so’ng, uni oqqa ko’chirib, kitob tusiga kirituvchi g’oyat murakkab, mashaqqatli, ayni vaqtda sharafii vazifani bajaruvchi shaxs kotib bo’lgan. Kotiblik da’fatan qaraganda kishiga bir texnik vazifaga o’xshab ko’rinadi. Kitob go’yo muallifrıing yaratgan asarini harfma-harf ko’chinıvchi kishidek bo‘lib tuyuladi. Haqiqatda esa bunday emas.
O’rta asr tarixida va u davrdagi madaniy hayotda kitobatlik hunari eng sharafli va muqaddas vazifa hisoblangan. Avvalombor, kotibning savodli bo’lishining o’zi feodalizm sharoitida ko’p vaqt hokimlar, amirlar savodsiz bo’lgan bir paytda uni (kotibni) yuqori mavqega olib chiqadi. Ikkinchidan, kotib kitobat qilish munosabati bilan har bir ko’chirgan kitobning mazmunini o’zlashtira boradi. Shuning natijasida haqiqiy kotib o’z zamonasining o’qimishli ilm-ma’rifat egalari qatoridan joy oladi. Demak, o’rta asr Sharq mamlakatlarida kitob ko’chirish bilan shug’ullangan xanotlarni biz oddiy ko’chiruvchilik vazifasini bajaruvchi shaxs deb emas, balki har bir xattotni o’z zamonasining o*qimishli ma’rifatparvar, iIg‘or ziyolisi va yirik madaniyat arbobi deb tushunishimiz kerak.
Arab yozuvi O’rta Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan. Shu sababli amb mamlakatlaridagi va shuningdek, O’rıa Osiyodagi bir guruh xattotlar Qur’on hamda diniy kitoblari ko’chirish bilan shug’ullanganlar. O’z zamonasida nihoyatda muqaddas hisoblangan «kalomi sharif», din, shariat haqidagi kitoblami kochirish vazifasi har kimning qo‘lidan kelavermagan.
Bulardan tashqari tarixdan yana shu narsa ma’lumki, o’rta asrlarda yashagan bir qancha olim, shoir va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san’atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Bunday ulug’ zotlar faqat o’z asarlarinigina kitobat qilmasdan, balki boshqa mualliflar asarini ham ko’chirganlar. Masalan, Hofiz Sheroziy Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»sini ko’chirgan. Temuriy bolalaridan bir nechalari (Boysunqor Mirzo, G’olib Mirzo, Badiuzzamon) kitobat bilan shugullanganlar. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma’lum. Mirzo Bobir arab grafikasining turkiy xalqlarga moslab isloh qilingan yengil yozuv «Xatti Boburiy»ni ijod etgan. Munis

13
Xorazmiy xattotlik san’ati haqida «Savodi ta’lim» nomli risola yozgan va Alisher Navoiyning «Xamsa»sini nihoyatda go’zal xat bilan ko’chirgan. Nihoyat, Buxoro xattotlik maktabining so’ngi vakillaridan XIX asming buyuk olimi, ensiklopedik aql egasi Ahmad Donish o’ndan ortiq zebo qo’lyozma1ar ko’chirib qoldirgan.


Ibn Vahhobning xat san’ati haqidagi risolasidagi asosiy g’oyalar keyinchalik juda ko’p risolalarda taraqqiy ettiriladi va yangi amaliy maslahatlar, nazariy fikrlar bilan boyitiladi.
Biroq Ibn Vahhob ixtiro etgan xat namunalari haqida XVI asrgacha, deyarli, hech qanday aniq ma’lumot yo’q. Faqat XV asming II yarmida yashab 908/1502- 03 yilda vafot etgan arab xattotlaridan Muhammad bin Hasan al-Tibiy o'zining risolasida Ibn Vahhob tomonidan 17 xil xat ixtiro etilganligini to’1a ravishda bayon qiladi hamda bu 17 xil xatni Ibn Vahhob yozgan mo’tabar nusxalardan ko’chirib, ularning nomlarini birma-bir ko’rsatadi. Muxammad bin Xasan al- Tibbiy risolasini arab olimlaridan doktor Salohiddin al-Munajjid 908/1502-03 yilda ko’chirilgan nusxasini 1962 yilda faksimal shaklida nashr qildirgan va unga katta so’z boshi yozgan.
Mazkur risola orqali biz Ibn Vahhobga nisbat berilgan xat namunalari bilan tanishish imkoniga egamiz.
Arab xatining husnixatdagi eng muhim qoidalari va turlarini mashhur ixtirochi lbn Vahhob 36 tur xatdan tubandagi 16 turini Ibn Muqladan keyin ixtiro qilganligi va takomillashtirganini XVI asr (15 19- yil)da yashagan ulug’ xattot Muhammad binni Hasan alTibiy o’zining «Jome’i mahosini kitobat ul-kuttab» nomli asarida Ibn Vahhob usulidan suratlarini yozib ko’rsatgan.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida mavjud minglab kitoblar va kitobat san’ati, husnixat to’g’risidagi qator risolalarda berilgan ma’1umotlardan kelib chiqib, husnixat san’ati O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyat tarixida yetakchi rol o’ynagan san’atlardan bo’lgan degan xulosa chiqarish mumkin.
O’rta Osiyoda xattotlik san’atinining keng taraqqiyoti Temur va Temuriylar davridan boshlanadi. Husnixat san’ati dastlab Xuroson poytaxti Hirotda rivojlanib, u erda Sulton Ali Mashhadiy boshliq yirik xattotlik maktabi tashkil topadi. Maktabning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu yerda, asosan, XI V asrda Mir Ali Tabriziy yaratgan nasta’liq xat uslubi Sulton Ali tomonidan takomillashtiriladi. Bu uslub yirik va mayda nasta’1iq kitobat ishlarida keng qollanib, badiiy va tarixiy asarlar faqat nasta’liq xatida kitobat qilingan. Diniy va ba’zi ilmiy asarlar esa nasx xatida ko’thirilgan. Kofiy, riqo’. suls va nasx xatlari esa ko’proq me’morchilik, naqqoshlik san’atida va Sharq epigrafiyasida ishlatilgan.

Download 321,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish