X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

254


ANNOTATSIYA
Mamlakatimiz  o‘z  mustaqilligiga  erishgan  birinchi  yillardanoq 
eng  dolzarb  masalalar  qatorida  fuqarolami  turli  xil  tabiiy  va 
texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish vazifasiga katta 
e’tibor qaratildi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi davri insoniyat va uni o‘rab turgan 
tabiiy  muhit  o‘rtasidagi  qarama-qarshiliklar  hamda  favqulodda 
vaziyatlar  (FV)  o‘sib  borishi  bilan  ajralib  turadi.  Asrlar  davomida 
texnogen halokatlar (katastrofalar) soni ham o‘sib bormoqda. Ularning 
eng ko‘p miqdori va oqibatlari ham XX asrga, ayniqsa uning ikkinchi 
yarmiga to‘g‘ri keladi. Qator mamalakatlarda sanoat va harbiy yadroviy 
komplekslarda,  kimyo  sanoati  korxonalarida,  kosmik  obyektlarda 
yirik avariyalar kuzatildi,  bunda misli ko‘rilmagan iqtisodiy talafotlar 
ko'rildi,  minglab  insonlar  halok  boidi,  millionlab  kishilar  tan 
jarohatlari olishdi.  Fan, texnika va ishlab chiqarish to‘xtovsiz rivojlanib 
borayotgan  bugungi  asrimizda  “Tabiat-Jamiyat-Inson”  tizimidagi 
o‘zaro  ta’sirlar natijasida yuzaga kelishi mumkin  boigan turli xildagi 
favqulodda  vaziyatlardan  aholini,  hududlami,  moddiy  va  ma’naviy 
boyliklarni muhofaza qilish vazifalari dolzarbligicha qolib kelmoqda.
Mustaqillika  erishishdan  oldin  respublikamiz  hududida  amal 
qilgan  “Fuqaro  mudofaasi”  tizimi  vazifalari  asosan  aholini  va 
hududlarni  harbiy  harakatlar  davrida  yuzaga  kelishi  mumkin 
boigan  favqulodda  vaziyatlardan,  eng  avvalo  ommaviy  qirgin 
qurollari  ta’siridan  himoya  qilishni  o‘z  ichiga  olgan  edi.  Lekin 
insoniyat  hayotiga  nafaqat  ommaviy  qirgin  qurollari  va  qurolli 
to'qnashuvlarda  qoilaniladigan  boshqa  vositalar,  balki  tabiiy 
ofatlar,  ekologik  muammolar,  ishlab  chiqarish  sohasida,  sanoatda, 
energetikada,  transportda  yuzaga  keladigan  halokatlar,  avariyalar 
va boshqa muammolar to‘xtovsiz tahdid  solib turadi.  Oxirgi  20-30 
yillik oim ishda yer yuzida sodir boigan halokatlar va tabiiy ofatlar
255


natijasida halok  boigan,  sogiigini  yo‘qotgan,  boshpanasiz  qolgan 
odamlar sonini eslashning o‘zigina bunga kifoya.
Shulardan  kelib  chiqqan  holda,  mamlakatimiz  rahbariyati 
tomonidan  fuqaro  muhofazasi  vazifalari  koiam i  faqatgina  harbiy 
davr  chegarasida  qoldirilmasdan,  uning  bosh  vazifalari  qatoriga 
avariya, halokat va tabiiy ofatlaming oldini olish,  oldindan bashorat 
(prognoz) qilish, aholini turli xil tabiiy va texnogen halokatlar davrida 
to‘g‘ri  harakat  qilishga  o‘rgatish  kiritildi.  Bunday  shariotlarda 
fuqarolar  muhofazasining  mukammal  tuzilgan  tashkiliy  strukturasi, 
sohadagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari, xalq xo‘ja!igi 
obyektlarida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining doimiy shayligi katta 
ahamiyatga ega boiadi.
Aholini 
turli 
xususiyatlardagi 
favquiodda 
vaziyatlardan 
muhofazalash, 
barcha 
obyektlar, 
tashkilot 
va 
muassasalar 
rahbarlarining  eng  asosiy vazifalaridan  bo6 lib,  “Aholi va hududlarni 
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favquiodda vaziyatlardan muhofaza 
qilish  to‘g‘risida”gi  Qonunning  11-moddasida  bayon  etilganidek, 
belgilangan  tartibda evakuatsiya  tadbirlarini  o‘tkazish  va  odamlarni 
joylashtirish  maqsadida  oldindan  bazalar  tayyorlab  qo‘yish  lozim. 
Shu sababli’ hozirgi  vaqtda  ham favquiodda vaziyatning  koiamiga 
qarab muhofaza qilishning eng omil usullaridan biri, imkon darajasida 
aholini xavfli joy lardan olib chiqib ketish, ya’ni evakuatsiya tadbirlari 
hisoblanadi.  Aholini  ko‘chirish  va 
ishchi-xizmatchilarni  tarqoq 
holda  joylashtirishning  mohiyati,  ko‘chirish  qoidalari,  turlari  va 
usullari, ko‘chirish  tashkilotlari,  ularning  tizimi va  faoliyat  tartibi 
va  ko‘chirilgan  rayonlarda  jabrlangan  aholi  yashash  sharoitlarini 
ta’minlash  masalalarini  chuqur  o‘zlashtirish  bo'lajak  shifokorlar 
faoliyatida foydadan xoli emas.
Fuqaro  muhofazasining  tibbiyot  xizmati  sogiiqni  saqlash 
sistemasidagi  maxsus  birlashma  bo‘lib  ommaviy jabrlanish  quroli 
hamda tabbiiy ofat, yirik fojia,  falokat ta’sirida jabrlangan aholining 
tibbiy ta’minoti uchun moijallangan.
256


“Fuqaro  muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati” o‘quv 
qo‘llanmasi  tibbiyot  oliy  o‘quv  muassasalari  talabalarini  fuqaro 
muhofazasining asosiy vazifalari tinchlik paytidagi tabiiy va texnogen 
xarakterli  favqulodda  holatlarda  hamda  harbiy  davrda  ommaviy 
jabrlanish  o‘choqlarida  aholiga  tibbiy  xizmatni  tashkillashtirish 
masalalari  bilan  tanishtirish  maqsadida  tayyorlangan.  U  oliy  tibbiy 
taiim   muassasalari  talabalarini  “Fuqaro  muhofazasi  va  fuqaro 
muhofazasi  tibbiyot  xizmati”  fanini  o‘qitish  namunaviy  fan  dasturi 
asosida yaratilgan.
Mazkur o‘quv qoMlanmada hozirgi davrda fuqaro muhofazasining 
roli va vazifasi, favqulodda vaziyatlarda aholini muhofazalash, aholini 
muhofazalashning asosiy tamoyillari, favqulodda vaziyatlar sharoitida 
aholini evakuatsiya qilish tadbirlari, zararlanish  o'choqlarida birinchi 
tibbiy  va  shifokor  yordamini  tashkil  qilish,  fuqaro  muhofazasi 
tibbiyot  xizmatining  tashkiliy  strukturasi,  zararlangan  aholini 
davolash -  ko‘chirish ta’minotining asoslari, malakali va mutaxassis 
tibbiy  yordamini  tashkil  etish,  tabiiy  ofat,  falokat  va  fojia  ta’sirini 
yo'qotishda  aholining  tibbiy  ta’minotini  tashkil  etish,  bakteriologik 
(biologik)  zararlanish  o‘chog‘ida epidemiyaga  qarshi  tadbirlar kabi 
dolzarb masalalar keng yoritib o‘tilgan.
Shuningdek,  o‘quv  qoMlanmaning  ilova  qismida  zamonaviy 
radiatsion,  kimyoviy  va bakteriologik  razvedka jihozlari  to‘g‘risida 
tushuncha  berilgan  boiib,  ularning  tarkibi  va  tavsifi  ham  keltirib 
o‘tilgan.
Muailiflar  mazkur  o‘quv  qo‘llanma  tibbiyot  oliy  o‘quv  yurtlari 
talabalariga  fanni  o‘zlashtirishda  yordam  berishiga  umid  qiladilar. 
0 ‘z  fikr-mulohazalarini  va  istaklarini  bayon  etganlarga  muailiflar 
tashakkur bildiradilar.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish