13-mavzu. ZARARLANISH 0 ‘CH0QLAR1DA BIRINCHI
TIBBIY VA SHIFOKOR YORDAMINI TASHKIL QILISH
Birinchi tibbiy yordam ko'rsatishning asosiy tamoyillari.
Har bir kishi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishm, tibbiyot xodimi
esa malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishi zarur.
Birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishda quyidagi tamoyillarga
amal qilinishi lozim:
1. Avvalo shikastlanib qolgan kishi tushgan sharoitga baho berish
va shikastlantiruvchi omiilar ta’sirini to‘xtatish choralarini ko'rish.
2. Shikastlangan kishini ko‘zdan kechirish davomida birinchi
tibbiy yordam hajmi va uni nimadan boshlash kerakligini aniqlash.
3. FMTX boshlig'i aniq sharoitlar, mavjud holatlar va imkonyat
asoslangan holda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishi uchun qanday
vositalar zarurligini aniqlashi va ular bilan ta’minlashi kerak.
4. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va shikastlanganlarni
transportirovkaga tayyorlash.
5. FMTX boshlig'i shikastlanganlarni davolash muassasiga
yuborish uchun transportirovkani tashkillashtirish! lozim.
6. Davolash muassasasiga yuborishga qadar shikastlanganlarni
bir o‘zini qarovsiz qoldirish mumkin emas.
7. Birinchi tibbiy yordam faqat hodisa ro‘y bergan joyda emas,
balki davolash muassasasiga olib borguncha yo‘lda ham davom
ettirilish lozim.
Zararlanish o ‘chog‘i vujudga kelishi bilan tuman FMTX boshlig‘i
tuzilmalar ishini tashkillashtiradi.
FMTX boshlig‘ining faoliyati zararlanish o‘chog‘ini to‘g‘ri
baholash bilan chambarchas bog‘langan. Baholab qayd etilgandan
keyin, dalilga asoslangan qaror qabul qilish mumkin.
Tibbiy vaziyatni, taktik, muhandis, yonish, radiatsion, kimyoviy
va boshqa FMTX faoliyatiga ta’sir etuvchi omillami hisobga olgan
185
holda bahoiash lozim. Bundan tashqari FMTX ning boshlig‘i
zararlanish o‘chog‘ining tibbiy-taktik tavsifini yaxshi bilishi kerak.
FMTX bosh!ig‘i dushmanning ommaviy qirgin qurolidan keyingi
tibbiy vaziyatni saviyaii baholashi uchun, o‘z navbatida o‘zining
ishini tashkil etishi va quyidagi maiumotlariga ega bo‘ lishi kerak:
~ aholi sonini ularning joylashgan o‘rnini, himoya inshootlari va
shaxsiy himoya vositalari bilan ta’m'mlanish darajasini;
- FMTX kuch va vositalarining borligini va joylashgan o‘rnini.
Zararlanish o‘chog‘idagi tibbiy sharoitini baholashda bajariladi:
1. Xalq xo‘jaligi obyektlaridagi va tuman (shahar)dagi sanitar
yo‘qotishlar hisoboti.
Shahar rejasiga oldindan ko‘rsatilgan obyektlar FMTX boshlig1 iga
zudtik bilan, shahar buzilgan zonalarning qaysi birida ekanligini
aniqlashga imkon yaratadi.
FMTX rahbari har bir obyektda b o iib obyektlardagi ishchi-
xizmatchilar soni, ularning himoyalanish darajasi (panajoylar soni,
sigim i va sinfi) to‘g‘risidagi ma’lumotga ega boiib, himoyalangan
va himoyalanmagan aholi orasidagi yo‘qotishlar hisobotini jadval
yordamida topib, yo‘qotishlami hisoblab, ularni qo‘shib umumiy
yo‘qotishni bilish imkoniyatiga ega boiadi (shu jumladan sanitar
yo‘ qotish to‘ g‘risida).
2. FMTX ning birinchi tibbiy va birinchi shifokor yordamini
ko‘rsatuvchi kuch va vositalarining borligini va qancha kerakligini
aniqlash. Birinchi tibbiy va birinchi shifokor yordamini ko‘rsatishga
kerakli kuchlar sonini aniqlash uchun, FMTX ning boshligi bilishi
kerak: SD va BTYOning imkoniyatini, birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatish vaqtini va qutqarish ishlarini olib borish uchun smena
sonini. Kerakli SD va BTYO soni asosan sanitar yo‘qotish va shu
tuzilmalar qobiliyatiga qarab aniqlanadi.
3. FMTX kuch va vositalarining yo'qotishini bahoiash.
4. Kuchlami kirgizish yo‘nalishini va zararlanganlami ko‘chirishni
186
bajarish, Buning uchun FMTX boshligi radiatsion, muhandis va
yonish vaziyati to‘g‘risida ma’iumotga ega bo‘lishi kerak.
5.
Zararlanganlarni ko‘chirish uchun transport vositalariga talabni
aniqlash, shunda ularning imkonjyatini va foydalanish navbatini
baholash o‘tkaziladi. Sharoit baholanganidan so‘ng FMTX rahbari
fuqaro muhofazasi boshligi zararlanish o‘chog‘ida aholiga tibbiy
ta’minotni tashkillashtirish to‘g‘risida tavsiyanoma tayyorlaydi.
Kimyoviy zararlanish o‘chog‘i vujudga kelganda FMTX rahbari
tibbiyot sharoitini baholashda oldindan yana ma’iumotga ega
boiishi kerak: aholi soni (ishchi va xizmatchilar), ularning himoya
inshootlari bilan ta’minlanishi (yashirmish joylari), shaxsiy himoya
vositalari, FMTX kuch va vositalarining soni, joylanishi, yo‘1
borligi uning holati, hammom va dush soni, sanitariya o‘tkazgich,
dushman kimyoviy qurol qoilanganda zaharlovchi moddalar turi va
qoilanilgan joyi, zaharlovchi moddalar bilan zararlanish maydoni,
shamol tezligi, vo‘nalishi va boshqalar.
FMTX rahbari boshlangich maiumotga asosan KJU da aholi
orasida sanitar yo‘qotish!arni hisoblashda erishishi mumkin. Shuni
hisobga olish lozimki, sanitar yo‘qotish qiymatiga aholini o‘z vaqtida
dushman tomonidan zaharlovchi moddalar qo‘ llanilganligi to‘g‘risida
xabardor qilish, aholi tomonidan yashirinish joylaridan shaxsiy
himoya va tibbiy vositalaridan o‘z vaqtida va to‘g‘ri foydalanganligi
ham ta’sir ko‘rsatadi.
FMTX rahbari KJU da aholi orasida sanitar yo‘qotishni nisbatan
hisoblab, birinchi tibbiy va birinchi shifokor yordamini ko‘rsatish
uchun FMTX kuch va vositalami, zararlanish o‘chogiga SD kiritish
tartibini va BTYO joylashish hududini, zararlanganlarni BTYOga
keyin shahar chetiga ko‘chirish uchun zaruriy transport sonini
aniqlaydi.
Shu
ishlar bajarilgandan keyin FMTX rahbari fuqaro
muhofazasi rahbariga KJUdagi zararlangan aholiga tibbiy yordamni
tashkil lashtirsh to‘g‘risidagi tavsiyanomani tayyorlaydi.
187
Do'stlaringiz bilan baham: |