X. E. Rustamova, M. D. Maxsumov, U. A. Tuymachev fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati


Kimyoga  qarshi  shaxsiy  paketiar



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/157
Sana25.06.2021
Hajmi9,44 Mb.
#101133
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   157
Bog'liq
Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati. Rustamova X.E, Maxsumov M.D

Kimyoga  qarshi  shaxsiy  paketiar  -   terming  oehiq  joylariga 
tushgan  zaharlovchi  moddalami  degazatsiya  qilish  va  terinig  ochiq 
joyiga  tegib  turadigan  (bo‘yin,  yuz,  qo‘llar)  kiyim-kechak  yengini, 
yoqasini  hamda  gazniqobning  yuz  qismini  degazatsiya  qilish  uchun 
mo‘ljallangan.  Bundan  tashqari  ushbu  paketiar jangovar  holatlarda 
zaruriyat  tug‘ilganda  shaxsiy  qurol  va  texnikaning  ayrim  qismlarini 
degazatsiya  qilish  uchun  qo‘llani!adi.  Kimyoga qarshi  shaxsiy  paket 
(IPP-8)  kavsharlangan  polietilen  xaltadan  iborat  bo‘lib,  uning  ichiga 
degazatsiya qiluvchi  160 ml suyuqlik solingan shisha flakon va to‘rtta 
paxta-dokali tampon solingan.
Kimyoga  qarshi  shaxsiy  paketiar  IPP-9,  IPP-10,  IPP-12  metall 
ballondan  iborat  bo‘lib,  ichida  degazatsiya  qiluvchi  suyuqlik  bor. 
Zaharlovchi  moddalar  teriga  tushgan  vaqtda  tezlik  bilan  shaxsiy 
paketiar chap qo‘lga olinadi.  IPP-8  paketining  shisha idishi qopqog‘i 
ochiladi.  IPP-9  IPP-10  metall  balonlarining  yuqori  qismi  maxsus 
teshuvchi  moslama  yordamida  teshiladi.  Teridagi  suyuq-tomchi 
holidagi zaharlovchi moddalar  asta-sekinlik  bilan quruq paxta-dokali 
tamponga  shimdirib  olinadi.  Paxta-dokali  tomponning  ikkinchisi 
olinadi  va  degazatsiya  qiluvchi  suyuqlikka  ho‘llanib,  zaharlovchi 
moddalar  tushgan joylar va  gazniqobning  yuz  qismi  sinchiklab  artib 
chiqiladi  (odamning  yuz  qismi  artilayotgan  vaqtda  ko‘zga  suyuqlik 
tushmasligiga harakat qilish kerak, chunki tarkibida natriy ishqori bor).
Shaxsiy  bog‘lov  paketi  (SHBP).  Ommaviy  shikastlanishlarda 
dala sharoitida birlamchi bog‘lam sifatida shaxsiy bog‘Iov paketi keng 
qo‘llaniladi.
Paket  ikkita  17x32  sm  steril  paxta  dokali  yostiqchalardan 
iborat  bo‘Iib,  eni  10  sm,  uzunligi  7  m  boigan  bintga  bog‘langan.
107


Yostiqchalaming  biri  bintga  tikilgan,  ikkinchisi  esa  qo‘zg‘aluvchan 
bo‘lib, uni kerak bo‘lgan joyga surish mumkin. Yostiqchaning bir tarafi 
rangli ip bilan tikilgan, bog‘lov qo‘yadigan vaqtda shu tarafdan ushlash 
kerak. Bog‘lov materiali qog‘ozga o‘rab qo‘yilgan va ustidan rezinali 
materialdan  tayyorlangan  qobiq  bilan  germetik  qilib  berkitilgan. 
Qog‘oz  ichiga  bint  oxirini  mahkamlash  uchun  to‘g‘nog‘ich  solib 
qo'yilgan.  Paket  steril  holatda  ishlab  chiqiladi.  Shaxsiy  bogiama 
paketidan foydalanish qoidalari:
-  rezinali-material qobiq yirtib ochiladi;
-  qog‘oz qobiq ichidan to‘g‘nog‘ich chiqarib olinadi;
-  chap qo‘l bilan bint o‘rami ushlanib katta ochiladi;
-   yostiqcha  rangli  ip  bilan  tikilgan  tomonidan  ushlanib,  kerakli 
joyga qo‘yiladi;
-  yostiqchalar bintlanib,  bint  uchi  to‘g‘nog‘ich  bilan  mahkamlab 
qo‘yiladi.
Shaxsiy  universal  bog‘lov  paketi  (SHUBP)  shaxsiy  tarkibga 
shaxsiy bog‘lov paketi o‘miga berilishi mumkin. Buning farqli tomoni
-  yostiqchaning  bir tomoniga  metallangan  material  qo‘yilgan  bo‘lib, 
bu  material  yaradan  chiqayotgan  suyuqlikni  o‘ziga  shimib  olish 
xususiyatiga ega va yaraga yopishib qolmaydi.
Tibbiy yoping‘ichi (TYO) -  kishilarni  sovuq vaqtlarda sovqotish- 
dan, issiq vaqtlarda esa qizib ketishdan himoya qiiishga mo‘ljallangan. 
Yopingichdan foydalanish qoidasi:
-   sovuq  vaqtlarda  tibbiy  yoping‘ichning  metallangan  qavati 
ichkariga qilib solinadi va unga jarohatlangan kishi qo‘yiladi;
-  yoping‘ichning chekka qismlari qaytarilib oyoqlari va tana o‘rab 
chiqiladi;
-   havo  sovuq  vaqtlarda  (namgarchilik,  yog‘ingarchilik)  kishining 
boshi ham yopib qo'yilishi mumkin;
-   yoping‘ich  ochilib  ketmasSigi  uchun  bir  necha  joyidan  bint 
yordamida mahkamlanadi.
108


Issiq  vaqtlarda  o‘ta  qizib  ketmaslik  uchun  yoping‘ichning 
metallangan  qavati  tashqariga  qaratilib,  jarohatlangan  kishi  uning 
ostiga yotqiziiadi, bunda kishi yoping‘ichga o'ralmaydi.
Suvdondagi  suvni  zararsizlantirish  uchun  shaxsiy  tarkibga 
akvasept yoki pantotsid bcriladi va 0,75 litr hajmii suvdondagi suvni 
zararsizlantirish  uchun  unga  bitta  tabletka  pantotsid  yoki  akvasept 
solinadi.  Suvdonni  yopib,  2-3  marta  silkitiladi.  Yoz vaqtida  30-40 
daqiqadan so‘rig, sovuq vaqtlarda esa  1  soatdan so‘ng ichsa bo'ladi. 
Agar suv  loyqalangan  bo‘Isa,  unda  suvdonga  ikkita  pantotsid  yoki 
akvasept  tabletkasi  solinadi.  Ichiladigan  suvdan  xlor  hidi  kelib 
turadi. Shuni esda tutish lozimki pantotsid yoki akvasept tabletkalari 
bakterial  vositalardan  zararlangan  suvlami  zararsiz  holga  keltira 
olmaydi.
Ishlamaydigan  aholi  uchun  himoya  vositalarini  saqlash  turar 
joylarda  tashkil  etiladi.  Odatda  quyidagi  saqlash  muddatlari 
belgilangan:
-  bolalar gazniqobi uchun -  10 yil;
-  IP-4, IP-5 va fuqaro gazniqob (GP-5)lari uchun -  5 yil;
-  rezinadan tayyorlangan terini himoyalovchi vositalar va respira- 
torlar uchun -  3 yil;
-  shaxsiy aptechkalar uchun -  4 yil.
Kafolat  vaqti  bitgandan  so‘ng  foydalanish  mumkinligi  har  yili 
laboratoriya nazorati orqali aniqlanadi.
Tinchlik  davrida  gazniqoblar  qismlarga  ajratilgan  holatda 
saqlanadi: filtrlovchi quti rezina tiqin (probka) bilan talab qilinadi va 
yashikning  pastki qismida joylashtiriladi,  ustiga gazniqob  xaltasi va 
uning ustiga esa rezinali yuz qismi joylashtiriladi.
Ta’minlash quyidagi tartibda amalga oshirladi:
1) gazniqoblar bilan hamma yirik shaharlardagi va alohida turuvchi 
obyektlardagi  katta  yoshli  aholi,  qolgan  shaharlar  aholisi,  qishloq 
joyidagi aholi;
2)  respiratorlar  bilan  tuzilmalar  tarkibiga  kirmagan  kichik
109


shahardagi va qishloq joyidagi jami aholi va gazniqobga qo‘shimcha 
tarzda -  tuzilmalaming hamma shaxsiy tarkibi;
3) 
bolalar  gazniqobi  bilan  birinchi  navbatda  yirik  shaharlarda 
yashovchi va shu shahar atrofidagi  qishloqlarda va alohida turuvchi 
zaruriy obyektlardagi ishchilar bolalari.
X abar signallari.  Fuqoro  muhofazasi,  FM  tuzilmallari  va  aholi 
quyidagi xabar signallarini bilishlari va ularga rioya etishlari  lozim:

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish