25
ma’naviy-axloqiy mezonlar orqali tarixiy davomiylik, tarixiy vorislik va kelajak
oldida mas’ullik qadriyati hamdir. Tarixiy tafakkur orqaligina inson o’tmish va
kelajak o’rtasida vositachi, bog’lovchi, ko’prik vazifasini o’taydi. Ana shu
ijtimoiy voqelik bevosita insonning kishilik jamiyati
tadrijiy taraqqiyotiga
bog’liq hodisa sifatida o’zini namoyon etadi. Insonning ijtimoiy tafakkurida
bevosita u yashab turgan davr mohiyati o’tmish va kelajak to’qnashuvida ochiladi
va to’laqonli moxiyat kasb etadi. Har bir davr tarixiy voqealarning moxiyatini
tushunishda, unga mos ijtimoiy sharoitni vujudga keltirishda ana shu tarixiy ong,
madaniy-ma’naviy saviya, axloqiy va ruxiy mezonlar aloxida ahamiyat kasb
etadi.
Ijtimoiy ongning barcha ko’rinishlarida insonning ijtimoiy xarakteri, fe’l-
atvori, xatti-harakati u yoki bu shaklda aks etadi. Boshqacha qilib aytganda,
insonda uning biologik mavjudlikdan tashqarida bo’lgan qalb, ruh,
ong va
tafakkur bilan bog’liq bo’lgan, faqat insongagina xos bo’lgan qadriyatlar tizimi
ustuvorlik qiladi. Ana shu ustuvorlik insonning tarixiy, ijtimoiy tafakkuriga asos
bo’ladi.
Mavjud tarixiy sharoitda yuzaga kelgan ijtimoiy madaniyat tarixdan ajralgan
muallaq voqelik emas. Aksincha, u o’zidan oddingi davrlar va bir necha ming
yillik evolyutsion taraqqiyotning hosilasi sifatida yuzaga keladi. Demak, jamiyat
inson orqali ma’naviy madaniyat
qiyofasini egallar ekan, u tarixiy tajriba va
ijtimo-iy amaliyotning o’ziga xos sinteziga aylanadi.
Ayni ana shu hodisa insonning paydo bo’lishi, uning genezisi orqali mavjud
shakllangan tarixiy ong, uning mahsuli bo’lgan kishilik jamiyatining yutug’iga
aylanadi. Ayni paytda bu tarixiy-madaniy vorislikning mustaxkam va qat’iy
rivojlanish dinamikasidan dalolat beradi.
Hayvonot olami hech qachon his-tuyg’u, fikrlash va munosabat bildirish,
so’zlash imkoniyatlariga ega bo’lmaganidek, o’z xususiyatlarini bir joyga jamlay
ololmaydi. Garchi qaysidir intuitiv aloqalar orqali turdoshlari o’rtasidagi
yaqinlik, onalik va bolalik hissi, otalik mas’uliyati, bolani boqish va asrash
imkoniyatlariga ega bo’lsa-da, o’zining boshqa
jiddiy manfaatlari atrofida
jamoaga aylana olmaydi. Buni idrok ham etolmaydi.
Inson esa xuddi ana shu fazilati bilan ulardan farq qiladi. Uning tabiatida
xilma-xil faoliyat, xilma-xil munosabat, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va
yovuzlik, manfaatlar ustuvorligi uchun munosabatlar to’qnashuvi yuzaga keladiki,
bu odamlarning o’zaro bir-birini tushunishiga, hamjihat bo’lib yashashiga, inson
hayotining
ijtimoiy mohiyat kasb etib, kishilik jamiyatining shakllanishiga olib
keladi.
Inson aql-zakovati, intellektual imkoniyatlari ayni bir insonga xos
bo’libgina qolmay, u ijtimoiy moxiyat kasb etib, jamoa yutug’i sifatida dunyoga
keladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday intellektual imkoniyat tashqi ta’sir,
jamoatchilik fikr-mulohazalari, boshqalarning salbiy yo ijobiy ta’siri,
kimlarningdir yo’l-yo’riqlari orqali rivojlanadi va
oxir-oqibatda umuminsoniyat
yutug’iga aylanadi.
26
Ayni ana shu holatdan kelib chiqib, kuchlarni birlashtirish, qobiliyatlar va
iste’dodlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali yalpi ijtimoiy hayot va
tarixiy taraqqiyotning o’ziga xos modellari ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy faollik insonning jamiyat ijtimoiy-tarixiy jarayonlariga ishtirokini
ta’minlaydi. Tarixiy xotira rivoji, ma’lum bir individ tomonidan kollektiv
tajribaning o’zlashtirilishi oqibatida yangi tajribaning yangi qirralari vujudga
keladiki, bu bevosita alohida individ
doirasidan chiqib ketib, yalpi ijtimoiy
tafakkur moxiyatiga ega bo’ladi.
Tarixiy taraqqiyot bosqichlarida avloddan-avlodga o’tib boradigan
vorisiylik, ulkan madaniyat va boshqa qadriyatlarga merosxo’rlik tarixiy nuqtai
nazardan etakchi va ta’sirchan tarbiyaviy mexanizmga aylanadi va aytish
mumkinki, har qanday madaniy yutuq ayni o’sha davr yutug’igina emas, balki
ungacha to’plangan tajribalar va avlodlar shajarasi orqali
etib kelgan qadriyatlar
natijasi yoki tarixiy bilimlar ifodasidir.
Har qanday inson alohida individ sifatvda to’plangan tajriba, tarixiy xotira,
tarixiy merosning o’ziga xos davomchisi. Faqat ayni ana shu tajriba va merosga
kim qanday shaklda, qanday maqsadni oldiga qo’yib yondashganligi bilan farq
qiladi. Bu o’z-o’zidan tarixiy merosga yondashishda uslub muammosini keltirib
chikeradi.
Demak, har bir kishi aloxida shaxs, alohida dunyo, o’ziga xos fe’l-atvor,
munosabatlar, muammolar mezonlariga ega ekan, tarixiy
tajribaga munosabatda
ham o’z dunyoqarashi, o’z munosabati va uslubi orqali yondashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: