18. Ўзбекистонда миллий давлат бошқаруви тизимининг яратилиши. Ижро ҳокимиятини мустаҳкамлаш ва либераллаштириш.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi – Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o’zgartirildi. 1990- yil 24- martda O’zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o’zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o’zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O’zbekiston Prezidentining “O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida” farmoni chiqdi. Unga muvofiq O’zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo’ldi. Respublikada Vitse- Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992- yil 4- yanvarda Vitse-Prezident lavozimi tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O’zbekistonda davlat Ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo’ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binоаn O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati bo’lib, Ijro etuvchi hokimiyatdir. Uning vazifalari:
. davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi; . Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;
. yagona moliya, kredit va рul siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
. madaniyat, fаn, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
. mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
. qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
. iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’nayiy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi;
. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |