Tushunchalar tahlili metodi – yangi mavzuni o‘tishdan oldin ta’lim oluvchilarning birlamchi bilimlarini aniqlash va faollashtirish maqsadida, yoki asosiy qismdan keyin o‘tilgan mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganini aniqlash maqsadida ishlatiladi.
Metodning amalga oshirishi: Ta’lim oluvchilarga kartochkalar tarqatiladi. Kartochkaning bir tomonida o‘rganilishi lozim bo‘lgan tushunchalar va ikkinchi tomonida tushunchalar mazmuni. Ushbu metoddan yakka tartibda, kichik guruhlarda amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |