Ўзбекистон респупликаси


Sinfdan tashqari ishlarning boshqa shakllari



Download 378,5 Kb.
bet45/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

5. Sinfdan tashqari ishlarning boshqa shakllari.
Maktab devoriy gazetasi
Maktab (o‘quv yurti) devoriy gazetasi ma’lum bir sinf, o‘quvchilar jamoasi yoki qaysidir to‘garak nashri bo‘lishi mumkin. Devoriy gazetalar bir nusxadan iborat bo‘lib, o‘quv dargohi (yoki sinf) hayotini yoritib boradi va o‘quvchi-talabalarning adabiy-ijodiy ishlarini taraqqiy ettirish uchun yordam beradi. Asosan oyda bir yoki ikki marta chiqariladi. Devoriy gazeta tahminan quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi: 1) Bosh maqola. 2) Maktab (sinf yoki to‘garak) hayoti. 3) Vatanimizda. 4) Adabiy-ijodiy sahifa. 5) Yumor sahifasi. 6) Sport. 7) Pochta qutisi.
Bosh maqolani ko‘pincha o‘qituvchi yozadi. Shuningdek, yetakchi iqtidorli o‘quvchi-talabalaridan biri ham yozishi mumkin. Qolgan bo‘limlar uchun tayyorlangan maqolalar asosan o‘quvchilarga tegishli bo‘ladi. O‘quvchilar materiallarni yozib keladi, o‘qituvchi ularni tekshirib, kamchiliklarni ko‘rib beradi, yengil tuzatishlar bilan to‘g‘rilanadiganlarini biroz tahrir qilib, nashrga beradi. Adabiy sahifada o‘quv dargohidagi o‘qituvchilar, o‘quvchilar ijod namunalarini berib borish maqsadga muvofiq.


Adabiy ko‘rgazmalar
Adabiy ko‘rgazma sinfdan tashqari ishning muhim turlaridan biridir. Ko‘rgazma maktab talablariga javob beradigan tarzda tuzilishi va o‘quvchilarning bilim saviyasiga javob berishi kerak. Ko‘rgazma tuzganda eng yaxshi kitoblarga va eng yaxshi yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyatiga e’tibor qilish lozim.
Ko‘rgazmani tashkil etish anchagina mas’uliyatli ishdir. Shuning uchun bu vazifani o‘z zimmasiga olgan o‘quvchilar ko‘pgina kitob va matnlarni o‘qigan bo‘lishlari, illyustrasiyalarni ko‘zdan kechirishlari, bibliografik ko‘rsatmalar va boshqa ma’lumotlarni diqqat bilan qarab chiqishlari, muzeylarga maxsus ekskursiya qilishlari lozim.
Ko‘rgazma tayyor bo‘lgach, u ochiq deb e'lon qilinadi, uni ko‘rgani tomoshabinlar keladilar, o‘quvchilar esa kelgan tomoshabinlarga ko‘rgazmadagi materiallarni sodda, ochiq va ravon til bilan tushuntirib berishlari lozim. Shunday qilib, ko‘rgazma o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish uchun ham katta yordam beradi.

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish