Ўзбекистон республикаси олий ва


Muhammad Tarag’ay – Ulug’bek (1394 -1449)



Download 2,43 Mb.
bet26/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

Muhammad Tarag’ay – Ulug’bek (1394 -1449)

Muhammad Tarag’ay – Ulug’bek 1394 yiliing 22 martida Eronning g’arbidagi Sultoniya shahrida (bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida) tavallud topdi. U Shoxruh Mirzoning to’ng’ich o’g’li bo’lib, unga Muhammad Tarag’ay deb ism berildi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan Ulug’bek deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug’bek bo’lib qoladi va u jahonga shu nom bilan shuhrat tarqatadi. Onasi Gavharshodbegim o`z davrining oqila va bilimdon ayollaridan hisoblangan. Ulug’bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlari davriga to’g’ri keladi. Ulug’bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulkxonim shug’ullanib, sevimli nabirasiga o’qish-yozishni o’rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va rivoyatlar so’zlab bergani uning hayotida o’ziga xos maktab bo’ldi. 1405-1411 yillarda, o’sha davrning qonun-qoidalariga binoan amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi bo’lib tayinlangan. Otabegi Ulug’bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o’rgatgan. O’rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblardan ma’lum bo’lishicha, saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan tartib - qoidalar bayon qilingan qo’llanmalar asosida tayyorlangan. Shulardan biri Shahzodalar va Xonzodalar bilishi zarur bo’lgan «Suluk ul-mulk» (Podshohlarga qo’llanma) kitobidir. Ulug’bek ham an’anaga ko’ra mazkur kitobni mukammal o’rganadi va unda ko’rsatilgan davlatni idora qilish san’ati, turli lavozimlar egallash, boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qilish, xayri ehson, sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo’yicha ko’nikmalarni egallaydi. Ulug’bek yoshligidanoq ko’p kitoblarni mutolaa qilgan bo’lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga juda qiziqadi. U bobosining xos munajjimi mavlono Badriddin Tusiy bilan ko’p vaqtini o’tkazar, undan hisob va tavqimdan dars olar, ba’zi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarida yulduzlarning o’rni va harakatini kuzatish bilan mashg’ul bo’lar edi. Ulug’bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy yordamida al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Nasriddin Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom kitoblari bilan hamda Oqsaroy va O’trorda Ziji Malikshoh bilan tanishadi. Fanga bo’lgan zo’r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug’bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor bo’ldi. 1411 yilda 17 yoshli Ulug’bek Mirzo Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida Ulug’bekning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ulug’bek hokim bo’lgach, bobosidan farqli o’laroq harbiy yurishlar bilan qiziqmadi. Aksincha, u o’rta asrlardagi boshqa hokimlardan o’zgacha yo’l tutdi, ko’proq ilm-fanga moyil edi. Lekin, ming afsuski, Ulug’bekning boshlang’ich ma’lumoti hamda murabbiy va ustozlari haqida to’liq ma’lumotga ega emasmiz. Shunday bo’lsada, munajjim Mavlono Ahmad Ulug’bekning dastlabki ustozlaridan biri bo’lsa kerak, deb taxmin qilish mumkin, chunki bu kishi Temur saroyidagi eng yirik olimlardan bo’lib sayyoralarning kelajak ikki yuz yillik taqvimlari jadvallarini tuza olgan edy. Lekin Ulug’bekning o’zi keyinchalik asosiy asari bo’lmish «Ziji»da faqat Qozizoda Rumiyni «ustozim» deb ataydi. Ulug’bek tashabbusi bilan o’lkada ilm-fan, adabiyot, san’at ahllari fanlarning yangi-yangi qirralarini ocha boshladilar. Ulug’bek o’z faoliyatida asosan falakiyotni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi, bu bilan birga, ko’plab iste’dodli shoirlar, ijodkorlarni to’plab, ular faoliyat ko’rsatishlari uchun sharoit yaratadi. Ma’naviy va moddiy jihatdan rag’batlantirib turadi. Masalan uning rahnomoligida me’morchilik ravnaq topdi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda madrasalar, Marvda xayriya muassasalari hamda «Chixl ustun» ("Qirk ustun"), «Bog’i maydon» kabi madsara va bog’lar barpo etiladi. Ulug’bek 1424 yilda Samarqandda Obiraxmat suvi yonida G’iyosiddin Jamshid, Abduvali Birjoniy, Mansur Koshiy, Mirim Chalabiy va boshqa olimlar bilan birgalikda qurgan rasadxonasida sayyoralar sirini o’rganadi. Uning boshchiligida yuzdan ortiq olimlar ilmiy-tadqiqotlar olib boradi, falakiyot va matematika sohasida katta kashfiyotlar qilib jahonga mashhur bo’ldilar. Bu tadqiqotlar jahonga dong’i ketgan Samarqand rasadxonasida amalga oshiriladi. Natijada, Ulug’bek 1018 yuzduzning harakat va holatini aniqlaydi, falaqiyotga doir bir necha asarlar yozadi. Bu asarlarning asosiy mazmunini «Ziji Ko’ragoniy» deb atalmish falakiyot jadvali tashkil etadi. Jadval jahon fani rivojiga muhim hissa bo’lib qo’shiladi. Rasadxona negizida Samarqandda astronomiya maktabi vujudga keladi. Bu maktabda taniqli olimlar dars beradilar. Shunday qilib, Ulug’bekning falakiyot maktabi o’z davrining akademiyasi («Dorul-ilm») bo’lgan va o’rta asrlar musulmon Sharqi falakiyotining rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan.

1449 yili Ulug`bek fojiyali halokatdan so`ng Samarqand olimlari asta sekin Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari bo`ylab tarqalib ketadilar. U Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargohiga aylantiradi. Ulug’bek: «Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» degan shiorni ilgari suradi va uni madrasaning peshtoqiga yozdirib qo’yadi. Madrasada esa ilmning turli sohalarining o’qitilishiga jiddiy e’tibor beriladi. Masalan, Samarqand madrasasida ilohiyot ilmlari: -Qur’on, Hadis, Tafsir, fiqx bilan birga riyoziyot, xandasa ilmi, falakiyot, tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi dunyoviy ilmlar o’rgatilgan. Ulug’bek ilm fani ravnaqi uchun kurashgan, shu maqsad sari harakat qilgan, ta’lim-tarbiya rivojiga hissa qo’shgan fuqarolarni doimo rag’batlantirib, o’qituvchi-ustoz, mudarrisga hurmat ehtirom bilan qarashni targ’ib etgan. Uning ta’killashicha, har bir insonning axloqiy shakllanishi olimlar o’rtasidagi munosabatlarga ham bog’liqdir, ular o’rtasidagi yaxshi hamkorlik talabalarning axloqiy tarbiyasida g’oyat muhimdir. Bunday do’stona va beg’araz hamkorlik mohiyatini biz Ulug’bek faoliyati misolida ko’rishimiz mumkin. Masalan, Ali Qushchi umrining oxirigacha unga sodiq qoldi. Ulug’bek o’zining ko’p yillik mehnati evaziga yaratilgan «Ziji Ko’ragoniy» asarini unga ishonib topshirdi. Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan bir qatorda diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktab - madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo’lib keldi. Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar xaligacha yaqqol ko’zga tashlanadi: «Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir». Shu sababli ham, biz hech ikkilanmay XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg’onish davri bo’lib tarix sahifalaridan o’rin oldi deya olamiz. Shuni ta’kidlash lozimki, bu davrda ta’lim-atrbiyada ancha siljish ro’y berdi. Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar kabi zamonasining mashhur shoirlari tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Tarjima qilish ishlari jonlantirildi. Ulug’bek olimlarga xomiylik qilib, ularni rag’batlantirdi. Uning o’zi ayniqsa astronomiya va matematika fanlari bo’yicha muhim ishlarni amalga oshirdi. Ulug’bek tomonidan rasadxona barpo etildi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid ibn Ma’sudiy, Mansur Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, ulug’ rassom Kamoliddin Bexzod, tarixshunos Xondamir, xattot Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod cho’qqilariga ko’tarildilar. Ulug’bek shogirdi Aloviddin Ali ibn Muhammad qushchi Samarqandiy, ya’ni Ali Qushchi o’sha davrda Movarounnahrning madaniy va ilmiy hayotida katta rol o’ynadi, uning «Risolai dar falaqiyot» deb nomlangan astronomiyaga oid risolasi jahonga mashhur bo’ldi va uni o’z davrining Ptolomeyi deb atay boshladilar. XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi, til, mantiq, falsafa, tarbiyashunoslikka doir o’nlab asarlar yaratildi. Ayniqsa, Mir Sayd Sharif Jurjoniy, Xofizi Abro’ Abdurazzoq Samarqandiy, Xondamir, Davlatshoh Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali Yazdiy va shu kabi o’nlab olimu-fuzalolarning yaratgan asarlari jahon fanida katta o’rin egalladi. Sulton Xusayn Boyqaro hukmronlik qilgan davrga kelib, olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga ko’chib o’tdilar. Hirot ilmiy-madaniy markazga aylantirildi. Alisher Navoiy Hirotda fan, madaniyat, ilm va ma’rifatga homiylik qilishi natijasida bu yerda shoirlar, musavvirlar, hattotlar, olimu-fozillar yetishib chiqib, jahon ilmu fani olamida nom qozondilar.

Mustaqillik shunday avlodlarimiz tarixini o`rganishga yo`l ochib berdi. Mirzo Ulug’bek avvalo, ilmiy farazlar bilan bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod qildi. Minglab yulduzlarni jamlagan mukammal xarita va bugungi eng zamonaviy hisoblardan deyarli farq etmaydigan mukammal astronomik jadvalini yaratdi. Uning hayoti va ijodi o’zbek xalqi ma’naviyati poydevoriga qo’yilgan tamal toshlaridan biri bo’lib, xalqimizning o’rta asrlardafundamental fanga nechog’lik buyuk ahamiyat berganini ko’rsatadi. XIV-XVI asrlarda hattotlik, tilla suv bilan yozish, suratsolish va muqovalash kabi sohalar yanada rivoj topdi. Buborada Kamoliddin Bexzod, Sulton Ali al-Kotib va MahmudMuzaxxib al-Xiraviylarning xizmati katta bo’ldi. Yuqoridagi fikrlarimizdan ko’rinib turibdiki, SohibqironAmir Temur va temuriy hukmdorlar hamda ularning avlodlario’qimishli, fan va madaniyatni egallagan, zukko insonlar bo’lib,ularning bizga qoldirgan ilmiy merosi bugungi kunda hamhayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va MustaqilO’zbekistonning obro’sini oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda.

Yurtboshimiz taklifi bilan va say’i harakatlari tufaylio’tkazilgan Al-Farg’oniy, Amir Temur, Ulug’bek vaboshqa buyuk siymolarning tavalludiga bag’ishlangan tantanalar vaular nomi bilan atalayotganma’rifatmaskanlariningmavjudligi xalqimizning ularga bo’lgan chuqur ehtiromidir.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish