50-jadval.
Shartnoma turlari
№
Shartnoma
turlari
Tushunchalar
1
2
3
1.
Oldi-sotdi
shartnomasi
Bu shartnoma bo„yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni
boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish
majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish
va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni
to„lash majburiyatini oladi (FK, 386-modda).
Chakana oldi-
sotdi shartno-masi
Bu shartnomaga muvofiq tadbirkorlik faoliyati
bilan shug„ullanayotgan sotuvchi sotib oluvchiga
shaxsiy maqsadlarda, ro„zg„orda yoki tadbirkorlik
faoliyati bilan bog„liq bo„lmagan boshqa maqsadlarda
foydalaniladigan tovarni topshirish majburiyatini
oladi.
Chakana oldi-sotdi shartnomasi ommaviy hisob-
lanadi (FK, 425-modda).
Bu degan so„z, sotuvchi sotish uchun taklif etgan
tovarni buning uchun tegishli haqni to„lashga rozi
bo„lgan har qanday shaxs sotib olishga haqli (agarda
qonunga zid bo„lmasa, masalan, spirtli ichimliklar
yosh bolalarga sotilishi mumkin emas).
Mahsulot yetka-
zib berish shart-
nomasi
Bunga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ul-
lanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi – sotuvchi shart-
lashilgan muddatda yoki muddatlarda o„zi ishlab chiqa-
radigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga
tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy,
oilaviy maqsadlarda, ro„zg„orda va shunga o„xshash
boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog„liq bo„lma-
gan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish,
sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning
haqini to„lash majburiyatlarini oladi (FK, 437-modda).
384
Kontraktatsiya
shartnomasi
Unga muvofiq qishloq xo„jaligi mahsulotini qayta
ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid
qiladigan shaxsga – tayyorlovchiga shartlashilgan
muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini
oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish
(qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan
muddatda muayyan bahoda to„lash (to„lab turish)
majburiyatini oladi. (FK, 465-modda).
Energiya ta‟-
minoti shartno-
masi
Unga muvofiq, energiya bilan ta‟minlovchi
tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga
(iste‟molchiga) energiya berib turish majburiyatini
oladi, abonent esa qabul qilingan energiya haqini
to„lash, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan
energiya iste‟mol qilish tartibiga rioya etish,
tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish
xavfsizligini hamda o„zi foydalanadigan energiya
iste‟mol qiluvchi asbob va uskunalarning sozligini
ta‟minlash majburiyatini oladi (FK, 465-modda).
Ko„chmas
mulkni sotish
shartnomasi
Bunga binoan sotuvchi yer uchastkasi, bino, in-
shoot, kvartira yoki boshqa ko„chmas mulkni sotib
oluvchiga mulk qilib topshirishni o„z zimmasiga oladi.
Sotib oluvchi esa buning uchun tegishli haqni to„lashi
lozim. FKning 83-moddasiga binoan ko„chmas mulk
yerosti
boyliklari,
ko„p
yillik
dov-daraxtlar,
shuningdek, binolar va inshootlardan iborat.
Korxonani so-
tish shartnomasi
Unga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun
korxonani
mulkiy
majmua
sifatida
topshirish
majburiyatini oladi sotib oluvchi esa buning uchun
tegishli haqni to„lashi lozim. Korxonani sotib oluvchi
shaxs tadbirkor sifatida davlat ro„yxatidan o„tgan
bo„lishi shart emas.
2.
Ayirboshlash
shartnomasi
Unga ko„ra shartnomada qatnashuvchi har bir taraf
boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish
yo„li bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi
(FK,
497-modda).
Uning
mohiyati
shundaki,
shartnoma predmeti bo„lgan biron bir tovar ikkinchi
tarafga, odatdagidek, mazkur tovar qiymatini umumiy
ekvivalent bo„lgan yoki unga deyarli teng keladigan
boshqa bir tovarga ayirboshlanadi.
Shu sabab ayirboshlash barter deb ham yuritiladi.
3.
Hadya,
xayr-ehson
shartnomasi
Unga ko„ra bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf
(hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi
yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o„ziga
385
yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni
beradi yo berish majburiyatini oladi yoxud uni o„zi
yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan
ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi (FK,
502-modda).
Uning mohiyati shundaki, bunda mulk tekin
topshiriladi, ya‟ni hadya qiluvchining tasarrufida
bo„lgan ashyo hadya oluvchiga mol-mulk qilib
o„tkaziladi.
4.
Renta
shartnomasi
Unga muvofiq, bir taraf (renta oluvchi) ko„chmas
yoki ko„char mol-mulkni boshqa tarafga (renta
to„lovchiga) beradi, renta to„lovchi esa olingan mol-
mulk o„rniga renta oluvchiga vaqt-vaqti bilan
belgilangan pul summasiga yoki uni ta‟minlash uchun
boshqa shaklda mablag„ berish tarzida renta to„lash
majburiyatini oladi.
Renta shartnomasi real xarakterga ega, chunki unga
muvofiq renta to„lovchiga mulk o„tkaziladi. Mulk
o„tkazilgandan so„ng renta oluvchiga shartnoma
bo„yicha hech qanday majburiyat yuklanmaydi, oddiy
qarz shartnomasi kabi faqat haq-huquq qoladi. Demak,
renta bir tomonlama shartnomadir.
5.
Mulk ijarasi
shartnomasi
Bunga binoan bir taraf ijaraga beruvchi, ma‟lum
bir mulkni ikkinchi tarafga - ijaraga oluvchi haq
baravariga vaqtincha foydalanish uchun topshirish
majburiyatini oladi. Ijarachi shartnoma muddati
tugashi bilan ijara mulkini qaytarishga majbur bo„ladi.
Mulk ijarasi shartnomasi arenda yoki prokat deb ham
ataladi.
6.
Lizing
shartnomasi
Unga binoan lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir
taraf, lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi
tarafning topshirig„iga binoan, ishlab chiqaruvchi
(sotuvchi) uchinchi taraf bilan undan o„z mablag„i
hisobiga lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish
haqida kelishish majburiyatini oladi. Lizing oluvchi
esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to„lovlarini
to„lash majburiyatini oladi (FK 587-modda).
Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing
subyektlaridir.
7.
Uy-joy ijarasi
shartnomasi
Unga asosan bir taraf - ijaraga beruvchi ikkinchi
tarafga - ijaraga oluvchiga turar joyni yashash uchun
haq baravariga topshirish majburiyatini oladi.
8.
Pudrat
Unga binoan bir taraf (pudrat) ikkinchi taraf
386
shartnomasi
(buyurtmachi)ning topshirig„iga binoan ma‟lum bir
ishni bajarish va uning natijasida buyurtmachiga
belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi,
buyurtmachi esa ish natijasida qabul qilib olish va
buning uchun haq to„lash majburiyatini oladi (FK,
631-modda).
9.
Topshiriq
shartnomasi
Bunga asosan bir taraf vakil, ikkinchi taraf
topshiriq beruvchining nomidan va uning hisobidan
muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini
oladi. Vakil tuzgan bitim bo„yicha huquq va
majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga
keladi. Agar topshiriqni bajarganlik uchun, qonun
hujjatlarida yoki topshiriq shartnomasida nazarda
tutilgan bo„lsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga
haq to„lashi shart (FK, 818-modda).
10.
Vositachilik
shartnomasi
Bunga asosan bir taraf (vositachi) ikkinchi
tarafning (komitent) topshirig„i bo„yicha o„z nomidan,
biroq komitent hisobidan bir yoki bir necha bitimni
haq evaziga tuzish majburiyatini oladi. U yozma
ravishda tuziladi. Misol uchun, fuqarolar o„zlariga
tegishli bo„lgan hamda fuqarolik muomalasida bo„lgan
iste‟mol qilinadigan va iste‟mol qilinmaydigan
buyumlar bilan vositachilik shartnomasi tuzish orqali
operatsiyalarni amalga oshiradi.
11.
Xo„jalik
shartnomasi
Agar shartnoma tuzayotgan tomonlardan biri
ishlab chiqaruvchi bo„lsa, bunday hujjat xo„jalik
Do'stlaringiz bilan baham: |