Shartnoma – bu tomonlar o„rtasida o„rnatilgan yoki to„xtatilgan
(bekor qilingan) huquq va majburiyatlar to„g„risidagi kelishuv, yo bitim.
Tomonlar barcha muhim bandlar bo„yicha kelishgan holdagina (qonun
talab etgan tarzda) shartnoma qabul qilingan hisoblanadi. Xalqimizda:
«Sochganda so„zlashmasang, xirmonda bo„zlashasan» degan maqol bor.
Dehqonlar hayotidan olingan ushbu hikmatning to„g„ri ma‟nosi
shuki, biror kishi bilan sheriklashib dehqonchilik qiladigan bo„lsang, u
bilan ekin ekilayotganidayoq kelishib ol, agar boshida shartlashmasang,
hosil pishib, xirmon ko„tarilgach, uni bo„lib olishda sheriging bilan
gaping bir joydan chiqmay qolishi mumkin.
Maqolning majoziy ma‟nosiga kelsak, har bir ishni, birov bilan biror
narsa xususida kelishuv, bitishuv asosida puxta qilmoq kerak ekanligi
anglashiladi.
Bu esa har qanday shartnomaviy hujjatning birlamchi shartidir.
Shartnomaviylik esa jahon iqtisodiy taraqqiyotida sinovdan o„tgan, erkin
bozor munosabatlari yo„lini tanlagan mamlakatlarda rivojlanishning
muhim omili, sharti va garovidir. Qolaversa, u iste‟mol bozorini to„l-
dirish, aholi farovonligi va dasturxon to„kinligi kafolati. Shartnoma-
viylik o„zining erkinligi va mustaqil belgilanishi bilan demokratik
381
tamoyillarga mosdir.
Shunday qilib, shartnoma xo„jalik yurituvchi subyekt deb ataluvchi
ikki yoki bir nechta jismoniy va yuridik shaxsning, barcha mulk
shaklidagi korxona, tadbirkor, tayyorlovchi va xizmat ko„rsatuvchi, fer-
mer va dehqon xo„jaliklari, pudratchi va xususiy tadbirkor, xullas bar-
chaning o„zaro iqtisodiy munosabatlarini o„rnatuvchi hujjat hisoblanadi.
U taraflar o„rtasida majburiyatlar kelib chiqishiga asos bo„ladi, unga
kirishuvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatini rejalashtirishga xizmat
qilib, inqirozga yuz tutishdan asraydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning
sifati va iste‟molchiga yetkazilishi ta‟minlanishini kafolatlaydi. Tabiiyki,
bu ish umumiqtisodiyotimizga muhim, samarali ta‟sir ko„rsatadi.
[237]. Bugungi kunda Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, xo„jalik
ishlarini yuritish qonunlari majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxona
to„g„risidagi
qonunlar, boshqa me‟yoriy hujjatlar shartnoma
munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi.
Bular qatoriga O„zbekiston Respublikasining 1998-yil 29 – avgustdagi
«Xo„jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy
bazasi to„g„risida»gi Qonun ham kiradi. Ushbu qonunning 10-
moddasida shartnomada quyidagi bandlarning bo„lishi shartligi
ta‟kidlanadi:
shartnoma predmeti;
yetkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori,
sifati, assortimenti va bahosi;
shartnomaning bajarilish muddatlari;
hisob-kitob qilish tartibi;
taraflarning majburiyatlari;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada
bajarilmaganda taraflarning javobgarligi;
nizolarni hal etish tartibi;
shartnoma tuzilgan sana va joy.
Bulardan tashqari, bunday turdagi shartnomalar uchun qonun
hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko„ra o„zaro
kelishuviga erishish zarur bo„lgan boshqa muhim shartlar belgilanishi
lozim.
Ushbu shartlarning xo„jalik shartnomalariga to„liq kiritilmasligi
shartnomalarni ijro etish jarayonida salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin.
[238]. Xo„jalik yuritish sohasidagi shartnoma munosabatlarining
382
asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
xo„jalik shartnomalari tuzishning erkinligi;
taraflarning o„zaro manfaatdorligi;
shartnoma intizomiga rioya qilish;
taraflarning o„zaro mulkiy javobgarligi.
Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida
taklif) yo„llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilish)
orqali tuziladi. Ya‟ni, shartnoma tomonlarning o„zaro kelishuvlari aso-
sida tuziladi. Taraflar o„zaro tenglik tamoyiliga bo„ysunadilar. Shuning
uchun shartnomani tuzishda fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat erkin
harakat qilib fuqarolik huquqiy munosabatlarining ishtirokchilari
bo„ladilar.
Shartnomani bajarishda har ikkala taraf o„zaro javobgar hisoblana-
dilar. Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim
darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf:
boshqa tarafga yetkazilgan zararni to„laydi;
yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga)
kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida penya to„laydi, biroq
bunda penyaning umumiy summasi tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki
ko„rsatilmagan xizmat bahosining 50 foizidan oshib ketmaydi.
Penyani to„lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni
yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to„liq yetkazib
bermaslik yoki xizmatlarni ko„rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni
qoplashdan ozod etmaydi.
To„lov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman
rad etganlik, shuningdek, hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar
(ishlar, xizmatlar) haqini to„lashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga
to„lov shartnomasini taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi
(buyurtmachi) mahsulot yetkazib beruvchiga o„zi to„lashni rad etgan
yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima to„laydi.
Yetkazib berilgan tovarlar haqini o„z vaqtida to„lanmaganlik uchun
sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib yuborilgan har bir kun uchun
kechiktirilgan to„lov summasining 0,4 foizi miqdorida penya to„laydi
(qarang: «Xo„jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnoma-
huquqiy bazasi to„g„risida» gi Qonunning 27-34 moddalari).
Prezidentimiz I.Karimov: «Hech bir shartnomadan xo„jalik zarar
ko„rmasligi, balki o„zi uchun manfaat topishi, bundan buyog„iga ishlab
chiqaruvchilar bilan munosabatni qizitish, rag„batlantirish, ularga
383
erkinlik berish asosida qurish lozim», – deb juda o„rinli ta‟kidlaydi.
[241]. Bugun biz markaziy rejalashtirish tizimidan voz kechib,
bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritmoqdamiz. Bu tizimda
shartnomalar – turli mulk shaklidagi korxonalar, shuningdek, tadbir-
korlar hamda boshqaruv organlari o„rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni
tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi. Hozir kontrakta-
tsiya, fyuchers, xizmat ko„rsatish, oldi-sotdi kabi shartnoma turlari
yetakchi o„rin egallamoqda (50-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |