Lizing kompaniyalari nimaning hisobidan daromad oladi?
Birinchidan, ijara haqi. Ikkinchidan, ijara muddati tugagandan so„ng
uskunalarni qoldiq qiymati bo„yicha sotadi. Ijara haqi uskuna haqi bilan
xizmatlar qiymatini (bank foiz stavkalariga tenglashtiriladi) qoplashi
kerak. Uchinchidan, uskunalarni sotib olish qiymati bilan ijara haqi
o„rtasidagi farq. Lizing kompaniyasi uskunalarni doimiy xaridor sifatida
katta turkumlarda (partiyalarda) sotib olayotgani uchun ishlab
chiqaruvchilar ularga qandaydir imtiyozlar beradilar. Bundan tashqari,
mol-mulkka soliq qoldiq qiymatiga ko„ra to„lanadi, ijara haqi esa xizmat
muddatiga qarab oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |