Zararni qoplash fuqarolik-huquqiy javobgarlik shakli sifatida


Fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan ozod qilish



Download 14,59 Kb.
bet2/3
Sana24.02.2022
Hajmi14,59 Kb.
#248130
1   2   3
Bog'liq
Zararni qoplash (1)

Fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan ozod qilish
Umumiy qoida boʻyicha fuqarolik javobgarlikdan ozod qilish
asoslaridan biri sifatida yengib boʻlmaydigan kuch va favqulodda
vaziyatlar ya’ni fors-major holatlari e’tirof etiladi. Fors-major holatlari
shartnomaviy majburiyatlari boʻyicha ham (FKning 333-moddasi 3-qismva muayyan holatlar boʻyicha delikt majburiyatlar boʻyicha ham (999-
moddaning 1-qismi) javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida qoʻllaniladi.
Fors-major holatlari roʻy bergan deb hisoblash uchun ushbu holatlar
quyidagi ikki belgiga ega boʻlishlari lozim.
Birinchidan, fuqarolik huquqiy munosabatning tegishli ishtirokchisi
insofli va jonkuyarlik bilan harakat qilganda ham ushbu holatni oldini
olishga, uni oqibatlarini bartaraf qilishga imkoniyati boʻlmasligi shart.
Boshqacha aytganda fuqarolik huquqi munosabatlari subyekti uchun u
yengib boʻlmaydigan, qarshi turib boʻlmaydigan kuch hisoblanadi. Ba’zi
holatlarda esa ushbu kuch ta’sirida roʻy bergan vaziyat hisoblanadi.
Toʻgʻri, muayyan holatlarda subyekt bunday kuchga qarshi turishi,
oqibatlarini bartaraf etishi mumkin boʻladi. Biroq, bu inson hayotini
qurbon berish yoxud juda katta moddiy talafotlar yoki xarajatlar evaziga
amalga oshirishi mumkin. Ham ahloqiy, ham huquqiy nuqtai nazardan
olganda kuchni bartaraf etish say-harakatlari va xarajatlari hajmi bilan
buning evaziga erishiladigan natija (majburiyatni ijro etilishi) oʻrtasida
juda kuchli nomutanosiblik roʻy berishi mumkin. Shu sababli ham
subyektni bunday holatda yengib boʻlmas kuchga qarshi turishi maqsadga
nomuvofiq hisoblanadi.
Ikkinchidan, bunday holat kutilmaganda, toʻsatdan roʻy beradi.
Fuqarolik munosabat ishtirokchilari bunday holat roʻy berishini oldindan
koʻra bilmagan, hisobga olmagan boʻladilar.


O‘zbekistonda biznes «fors-major» rejimiga o‘tmoqda


Dunyodagi epidemiologik vaziyat va O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishi tufayli hukumat shartnomalar bajarilmagan taqdirda biznes uchun «fors-major» rejimini joriy etishga qaror qildi.


Koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish uchun Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga tadbirkorlik sub’yektlarining talablariga binoan yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish topshirildi. Sertifikatni bir kun ichida olish mumkin (agar fors-major holati koronavirus bilan bog‘liq bo‘lsa).


Umuman olganda, shartnoma tomonlaridan birida fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar o‘zaro manfaatli shartlar bilan kelishib olishga harakat qilishlari mumkin (masalan, shartnoma majburiyatlarini o‘zgartirish orqali majburiyatlarni bajarish muddatini uzaytirish).


Agar tomonlardan biri kelishuvga erisha olmasa, yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatini tasdiqlaydigan sertifikatni olish uchun Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilishi mumkin.
Kundalik turmushda tavakkalchilik xavf-xatari bilan fors-major
holatlari oʻrtasida tafovutlar har doim ham hisobga olinavermaydi. Forsmajor holatlari har doim umumiy normal holat doirasidan tashqarida
boʻladi. Tavakkalchilki xavf-hatari esa umumiy normal holat doirasida
boʻladi.
Biroq shuni ta’kidlash oʻrinliki, fors-major holatlari FK 333-modda
mazmuniga koʻra javobgarlikdan ozod qilishning dispozitiv asosi
hisoblanadi. Qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan holdagina forsmajor holati qoʻllanilishi mumkin. Taraflar shartnoma asosida oʻz
majburiyatlarini belgilashganda taraflardan biriga tavakkalchilki burchini
kengaytirgan holda fors-major holatlari oqibatlari uchun mas’ul sifatida
belgilashlari mumkin. Masalan, eksport-import kontrakti tuzilganda
muayyan taraf uni davlat roʻyxatidan oʻtkazdirish, bojxona taomillari va
shu kabi masalalar boʻyicha tavakkalchilik burchini oʻz zimmasiga olishi
mumkin. Bunday holatda kontrakt davlat roʻyxatidan oʻtkazdirmaslik,
tovarni bojxonada ushlab qolish, garchi ular davlat hokimiyati
idoralarining harakatlari orqali roʻy bergan boʻlsa ham fors-major holatlari hisoblanmaydi. Odatda investorda, kreditorda mustahkam ishonch
uygʻotish uchun muayyan holatlarda shartnomalarda fors-major
oqibatlarini manfaatdor taraf oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Xalqaro tajriba boʻyicha fors-major holatlari sifatida quyidagilar tan
olinadi:
- xarbiy harakatlar shu jumladan e’lon qilingan va e’lon qilinmagan
urushlar, fuqarolar urushlari, va shu kabilar natijasida majburiyatni ijro
etilmasligi;
- tabiiy ofatlar shu jumladan, zilzila, suv toshqini, sunami, koʻchkilar,
qurgʻoqchilik, doʻl urushi va shu kabilar. Bu oʻrinda shuni unutmaslik
lozimki, ba’zi tabiiy ofatlar hozirgi zamon fan-texnikasi yutuqlari asosida
bashorat qilinishi, qarshi turilishi mumkin. Yoxud bir holat muayyan
vaziyatda fors-major holati, boshqa vaziyatda esa qarzdorni
mas’uliyatsizligi sifatida qaralishi mumkin.
Masalan har bir korxonaning koʻchmas mulkida yashin qaytargichlar
oʻrnatilgan boʻlishi shart. Biroq qishloq xoʻjaligiga tegishli ekin
maydonlari, bogʻlarda yashin qaytargichlar oʻrnatilishi talab etilmaydi.
Binobarin korxonani yashin urib vayron qilishi fors-major holati
hisoblanmaydi, biroq bogʻni yashin urib yonib ketishi fors-major holatlari
hisoblanadi.
Jumladan:
-ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi nizolar, shu jumladan ish
tashlashlar, lokautlar, ishlab chiqarishni sekinlashtirishlar va shu kabilar
oqibatida majburiyatni bajarilmasligi;
-davlat hokimiyati va idora organlarini qonuniy yoki gʻayriqonuniy
harakatlari sababli majburiyatni ijro etilmasligi (agarda taraflardan biri
ushbu holatlar boʻyicha oʻziga tegishli majburiyat yoki tavakkalchilik
burchini zimmasiga olmagan boʻlsa).
Mamlakatimizda fors-major holatlarini qoʻllash boʻyicha muayyan
amaliyot vujudga kelgan. Masalan. Qishloq xoʻjalik ekinlarini qurgʻoqchilik, doʻl
urushi yoki suv toshqini oqibatida majburiyatni bajarmasligi tegishli mahalliy
meteokuzatuv stansiyalari ma’lumotlari asosida tasdiqlanadi.
Tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshlangan yengib boʻlmaydigan
kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi mavjud. Mazkur tartib
nizom asosida ya’ni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2005 yil 15 fevraldagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan “Yengib
boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi
toʻgʻrisida”gi Nizom asosida tartibga solinaMazkur nizomga koʻra yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major)
holatlari - bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan
tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar) yoki
ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini
koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan
sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini
bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan
holatlardir.
Yengib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida shartnoma tomoni
majburiyatlarni bajarishi uchun imkoniyat boʻlmaganda shartnoma
tomoni yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari tasdigʻini
olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligiga murojaat qilishi mumkin.
Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash manfaatdor
tomonning yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari koʻrsatilgan yozma
arizasi asosida vazirlik tomonidan tegishli sertifikat berish yoʻli bilan
amalga oshiriladi.
Fors-major holatlari roʻy berganda qarzdor darhol kreditorni bu
haqda xabardor qilishi va taraflar fors-major holatlari oqibatlarini
yumshatish boʻyicha hamkorlik qilishlari shart. Fors-major holatlari
oqibatida roʻy bergan moddiy zararlarga nisbatan status-kvo (qanday
boʻlsa shunday qolsin) holati joriy etiladi, ya’ni kreditor qarzdordan
majburiyatni ijro etilmasligi oqibatida yetkazilgan zararni qoplanishini
talab eta olmaydi.
Majburiyatni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish (zarar
yetkazganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish) asoslaridan biri boʻlib
kreditorni (jabrlanuvchi)ning aybini mavjudligi hisoblanadi. Ularni
qoʻllash asoslari ushbu darslikning keyingi qismlarida batafsil koʻrib
chiqilgan.
Mantiqan olganda majburiyatlarni ijro etilmasdan bekor boʻlish
asoslari FKning 346, 348, 349, 350, 351, 352-moddalarida nazarda tutilgan
boʻlib, ular shuningdek tadbirkorlik subyektining bankrotligi va
belgilangan tartibda umidsiz qarz majburiyatlar boʻyicha ham
javobgarlikdan ozod qilish holatlari mavjud. Bu haqda batafsil keyingi
paragraflarda bayon etiladi.

.Savol: 17 yoshli qizni talonchilik qilib, tilla ziragini majburlab olishgan. Buning ustiga o’sha talonchi yigit qizni zo’rlashga uringan. Qizning baxtiga amalga oshirolmagan.


Qiz ruhan o’zini yo’qotib, qo’rqib ketgan. Qonun tarafidan zirak puli undirildi, ammo jabrlanuvchiga yetkazilgan ruhiy zarar haqida gap bo’lmadi. Balog’atga yetmagan jabrlanuvchi stress oqibatida qiynalib yuribdi. Jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy zararni talab qilsa bo’ladimi va u qancha miqdorda bo’ladi? Yigitning bu jinoyati uchun qanday jazo bor?


Javob: Savolda tushuntirilgan holat yuzasidan jabrlanuvchi ayblanuvchidan ma’naviy zarar undirishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi Qaroriga ko’ra, Jinoyat protsessual kodeksining 57-moddasiga muvofiq, jabrlanuvchi, ya’ni jinoyat tufayli ma’naviy zarar ko‘rgan shaxs, jinoyat ishi yuritilishi jarayonida ma’naviy zararni qoplash haqida fuqarolik da’vosini qo‘zg‘ash huquqiga ega.


Agar jinoyat ishi ko‘rilayotganda ma’naviy zararni qoplash haqidagi da’vo arz qilinmagan yoki hal etilmagan bo‘lsa, FPKning 245-moddasiga muvofiq bunday da’vo fuqarolik ishi yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin.


Ma’naviy zararni qoplash nomoddiy boyliklarni va nomulkiy huquqlarni himoya qilishning birdan-bir manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra FKning 163-moddasi 1-qismiga muvofiq ma’naviy zararni undirish haqidagi talablarga da’vo muddati joriy qilinmaydi.


Ma’naviy va jismoniy azoblarni qoplash haqidagi da’vo arizalarini qabul qilish va ishlarni ko‘rishda, ma’naviy zarar pul bilan qoplansa-da, nomulkiy zarar ekanligini hisobga olish lozim. Shuni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori 1-moddasining “d” bandiga binoan mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalaridan davlat boji undiriladi.


Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori 1-moddasining “d” bandiga ko’ra, mulkka oid bo‘lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan — eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.Fuqarolik kodeksining 1022-moddasiga ko’ra, ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi.



Download 14,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish