Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
205
Taassufki, ba’zi ota-onalar o‘z farzandining tarbiyasida qo‘pollik yoki ularga nisbatan zulmkorlik bilan 
munosabatda bo‘lishi ularning ong-u tafakkuriga, albbatta, salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Boz ustiga, 
agar ota oilada o‘zini tutishni bilmasa, odob-axloq bobida farzandlariga o‘rnak bo‘lish o‘rniga qo‘pol xulqini 
namoyon etsa, bu holat, tabiiyki, bola ma’naviy olamining shakllanishiga, vaqti-soati kelib, uning xarakterida 
inson degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, oiladagi ma’naviy 
muhitning nosog‘lomligi oilada kriminogen vaziyatlarning kelib chiqishida muhim rol o‘ynaydi.
Huquqshunos B.A.Saidovning fikricha, oilaning sog‘lomligi undagi muhit, ota-onaning totuvligi, bir-
birini tushunishi, qo‘llab-quvvatlashi, ularning o‘zaro izzat-hurmati bilan belgilanadi
130

Oilada nosog‘lom ijtimoiy muhitning mavjudligi oilada turli nizolarning kelib chiqishiga, oila a’zolarining 
bir-biriga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishiga, ota-onaning farzandlar tarbiyasiga e’tiborsizlik 
bilan qarashiga, ularga shafqatsiz munosabatda bo‘lishiga olib keladi. Bu borada o‘tkazilgan ayrim xorijiy 
tadqiqotlarda qayd etilishicha, bir guruh amerikalik psixiatrlar tomonidan 76 ta zolim ota-onalar shaxsi 
o‘rganilib chiqilganida, ularning faqat 7 %i ruhiy sog‘lom bo‘lib qolganlari, ya’ni 25 %i ichkilikbozlar, 68 
%i esa jamiyatga zid turmush tarzi yurituvchi shaxslar ekanligi aniqlangan
131

Tahlillarga asoslanib aytish mumkinki, oiladagi nosog‘lom muhit, 
birinchidan, 
oilada turli nizo 
va kelishmovchiliklarning kelib chiqishiga, 
ikkinchidan,
shaxs tarbiyasining buzilishi yoki uning izdan 
chiqishiga, 
uchinchidan,
shaxsda salbiy xususiyatlarning shakllanishiga, 
to‘rtinchidan, 
oilada oila a’zolari 
va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning buzilishi yoki yomonlashishiga
beshinchidan,
oilalarning barbod bo‘lishiga, ota-onaning farzandga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishiga olib keladi.
Ikkinchi yo‘nalish 

 
oilada ma’naviy-axloqiy tarbiyaning zaifligi yoki sustligi.
Shaxsning ma’naviyati 
uning axloqiy fazilatlari bilan belgilanadi. Tahlil qilinganida, oilada nizo keltirib chiqargan shaxslarning 
aksariyatida ma’naviyati va axloqiy fazilatlari yuqori darajada emasligi ma’lum bo‘ldi. 
Oilaviy janjallar nizolar va salbiy emotsional reaksiyalarni keltirib chiqaradi va oiladagi psixologik 
muhitni buzadi. Oiladagi nizolar insonning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, u yеrdagi muhit va tarbiyaning 
buzilishiga olib keladi. 
Oilani ajratuvchi nizolar janjallarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan muammo va yеchim, er-xotindan 
birining manfaatiga qaratilgan bo‘ladi. Bunday nizolarda bir tomon manfaatining hal etilishi ko‘pincha 
ikkinchi tomon manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi
132
.
Oilaviy munosabalardagi nizo va kelishmovchiliklar, jismoniy zaiflik, ruhiy qiyinchiliklar ham shaxsda 
g‘ayriaxloqiy xulq-atvor shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi
133
. Shaxsda bunday g‘ayriaxloqiy xulq-atvorning 
shakllanishiga oiladagi ma’naviy-axloqiy tarbiyaning zaifligi yoki sustligi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Darhaqiqat, inson xulq-atvorining shakllanishi, ko‘p jihatdan oilada ota-ona yoki oila a’zolarining 
o‘rtasidagi munosabatga bog‘liq bo‘lib, bolalarning kattalarga taqlid qilishi ana shular asosida rivojlanib 
boradi. Bunday zo‘ravonliklar voyaga yеtmaganlarda ruhiy rivojlanishning yomonlashuvi, uzoq muddatli aqliy 
nosozlik va nosog‘lomlik kabilardan iborat bo‘lishi mumkin bo‘lib, o‘z navbatida, jismoniy nosog‘lomlikka 
olib kelishi ham mumkin
134

Modomiki, shunday omillar mavjud bo‘lgan oilalarga jamiyat tomonidan yеtarlicha yordam berilmasa 
unda yashayotgan bolalarning zo‘ravonlikdan jabr ko‘rish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi. Qarindosh-urug‘lar 
tomonidan ko‘mak berilmasligi ham mavjud muammoni yanada og‘irlashtirishi tabiiydir. 
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p huquqbuzarliklar, jinoyatlarning sodir etilishiga shaxsdagi salbiy xulq-
atvor turtki bergan. Oiladagi noto‘g‘ri tarbiya shaxs ma’naviy shakllanishining asosiy manbalaridan biri 
hisoblanadi. Bunday oilalarda ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshi emasligi ko‘pincha 
nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi
135

130
Ислом Каримов баркамол авлод ҳақида / Тузувчи: юрид. фан. номз., доц., Б.А.Саидов. – Тошкент: Ўзбекистон 
Республикаси ИИВ Академияси, 2015. – Б. 16.
131
Клевцова Н.А.Убийства детей, совершаемые в семье. // Российский следователь, 2009. №13. – С. 16-17. 
132
Шомуродов Ғ., Расулова З. Оила энциклопедияси. – Тошкент, 2016. –Б. 251.
133
Тахиров Ф. Ўзбекистон Республикаси қонуни бўйича жинсий жиноятлар учун жавобгарлик муаммолари: юрид. 
фан. докт. дис. – Тошкент, 2007. – Б. 276.
134
Болаларга нисбатан зўравонлик бўйича бутунжаҳон ҳисоботи. – Тошкент, 2009. – Б. 174.
135
Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси фаолияти психологияси: Дарслик / И. Исмаилов, Ў.Х. Мухамедов
М. З. Зиёдуллаев, Ё. Фарфиев ва бошқ.; масъул муҳаррир Ш. Т. Икрамов. – Тошкент, 2015. – Б. 236. 



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish