Zamonaviy moliya


Kd = (ABdo - ABb + PD) : ABb



Download 199,88 Kb.
bet26/41
Sana18.02.2022
Hajmi199,88 Kb.
#450513
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
Moliya 1

Kd = (ABdo - ABb + PD) : ABb
Bu yerda: Kd – bir yillik qo‘yilgan kapital daromadliligi;
ABdo – davr oxiridagi aksiya bahosi;
ABb – aksiyaning boshlang‘ich narxi;
PD – pulli dividentlar.
Ushbu misolda biz quyidagi daromadlilikka ega bo‘lamiz:
Kd = (10,5 ming so‘m - 10,0 ming so‘m + 0,5 ming so‘m) : 10,0 ming
so‘m = 0,10 = 10%

  1. Bozor indekslari va indekslash strategiyasi

Qimmatli qog‘ozlar kursini umumlashtirib ko‘rsatishga imkon beruvchi
mezonning mavjudligi qo‘l keladigan ko‘plab holatlar mavjud. Misol uchun,
aksiyadorlarga investitsiyalarining joriy narxini baholab beradigan indikator yoki
o‘z investitsiyalari rentabelligini baholash imkoniyatini beradigan qandaydir
etaloniy kriteriy kerak bo‘ladi. 7.2-jadvalda eng muhim milliy fond birjalarida
muomalada bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar uchun foydalaniladigan, odatda moliyaviy
nashrlarda birinchi navbatda e’lon qilinadigan asosiy fond indekslari ro‘yxati
keltirilgan.
Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini ma’lum bir birja
(fond) indeksiga bog‘lash maqsadiga asoslangan investitsiya strate-giyasiga
indeksatsiyalash deyiladi. Uning asosida quyidagi oddiy haqiqat yotadi:
birgalashib o‘z kapitalini qimmatli qog‘ozlarga qo‘ygan barcha inve-storlar butun
fond birjasi daromadliligidan ko‘proq rentabellikka erisha olmaydilar.
Indeksatsiyalash strategiyasini qo‘llagan holda, menejer o‘z investitsiya
fondida investitsiya tarkibiy tuzilmasini qayta tashkil etishga urinadi. Bu tarkibiy
tuzilma asosida mo‘ljal sifatida tanlangan indeks olinadi. U o‘z fondining
aksiyalari paket54iga barcha qimmatli qog‘ozlarni mazkur indeks hisoblanadigan
narxlar asosida, mazkur indekslar bazasi juda yuqori bo‘lganda esa, faqat
reprezentativ tanlab olinganlarinigina qo‘shadi. Bunday hollarda, pul mablag‘larini
“aktiv” boshqarish usulini ishlatishga yoxud indeks-mo‘ljaldan “o‘zib ketish”ga
intilib, alohida qimmatli qog‘ozlarga yoki iqtisodiyot sohalariga umid qilishga
urinishlar qilin-maydi. Shunga ko‘ra, indeksatsiyalash – bu keng diversifikatsiyaga
va qimmatli qog‘ozlar portfeli sust savdo aktivligiga tayangan passiv55 investitsiya
strategiyasidir.
Albatta, indeksatsiyalash strategiyasi bilan boshqariladigan fondlar-nikiga
qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega aktiv boshqariladigan fondlar har doim
mavjud bo‘ladi. Bu ehtimol, masalan, omad kelish natijasi bo‘lishi ham mumkin.
Ayrim investitsiya portfelini boshqa-ruvchilar shunchaki tasodif tufayli qo‘ygan
kapitalidan faqat yuqori foydani va hattoki, davomli “omad kelishi” davrida
investitsiyaning yuqori rentabelligini ta’minlashga erishadilar. Bundan tashqari,
shunday menejerlar borki, ular mislsiz qobiliyat va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, shu
tufayli investitsiya qilingan kapitallar ma’lum vaqt mobaynida yuqori foyda
keltiradi.
Investorning rahbarligi aktiv boshqarish strategiyasiga asoslangan fondlarni
tanlashdagi muammo shundaki, ulardan qay biri uzoq vaqt davomida yetakchi
bo‘lib qolishini oldindan aniqlab bo‘lmaydi

  1. Inflyatsiya va real foiz stavkalari

Umum qabul qilingan tartibga ko‘ra, turli davrdagi iqtisodiy ko‘rsat-kichlarni
solishtirish uchun tovarlar, xizmatlar va aktivlar narx (baho)lari inflyatsiya
darajasini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki o‘zgartirilishi (korrektirovka
qilinishi) lozim. Shu bois, iqtisodchilar nominal57 narx (baho) (nominal prices)
nomini, ya’ni tovar va xizmatlarning Price listda ko‘rsatilgan narxi (bahosi)ni va
pulning sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi real narx (baho) (real prices)larni
alohida farqlashadi (ajratishadi).
Real va nominal narx (baho)lar farqlangani kabi, real va nominal foiz
stavkalari ham farqlanadi. Obligatsiya bo‘yicha nominal foiz stavkasi (nominal
interest rate) qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va Siz bergan pulingiz evaziga
olinadigan summadir. Real daromadlilik stavkasi (real rate of return) – bu
kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi
hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki o‘zgar-tirilgan (korrektirovka qilingan)
nominal foiz stavkasidir. Misol uchun, agar hisoblangan nominal foiz stavkasi
yillik 8%ni tashkil etsa-yu, inflyatsiya darajasi ham 8%ga teng bo‘lsa, bu holda
daromadlilikning real stavkasi nolga teng bo‘ladi.
Daromadlilikning real stavkasini hisoblash uchun mablag‘ sifatida ma’lum
standart58lashtirilgan iste’mol savati ishlatiladi. Shunga ko‘ra, daromadlilikning
real stavkasi ushbu savatning tarkibiga bog‘liqdir. Milliy iste’mol narxlari indeksi
(INI)ni (CPI — consumer price index) hisoblashda taqqoslanishi mumkin bo‘lgan
iste’mol tovarlari savati ishlatiladi.
Agar nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa, iste’mol narx (baho)lari
indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflyatsiya darajasi esa yillik
5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Ichki hissiyotga
suyangan holda, daromadlilikning real stavkasi bu – nominal foiz stavkasi va
inflyatsiya o‘rtasidagi farq deb taxmin qilishimiz mumkin bo‘lib, bizning
misolimizda bu ko‘rsatkich 3%ga teng bo‘lar edi. Umuman olganda, bu ham
to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, bu yerda ayrim holatlarni inobatga olmoq
lozim.
Keling, bunga amin bo‘lish uchun daromadlilikning real stavkasini aniq
hisoblab chiqamiz. Yuqoridagi misolga ko‘ra, Siz tomondan kiritilgan har 100
so‘mga bir yildan so‘ng 108 so‘m olasiz. Biroq bir yil avval 100 so‘mni tashkil
etgan iste’mol korzinasi bu davr mobaynida 105 so‘m ga teng bo‘ldi. Joriy davrda
sotib olish mumkin bo‘lgan iste’mol savati tovar-lariga qo‘llagan holda Sizning
108 so‘mingiz qanday real qiymatga ega bo‘ladi? Bu savolga javob berish uchun,
108 so‘mni kelgusidagi iste’mol savati narxiga bo‘lish kerak bo‘ladi, ya’ni 108
so‘m : 105 so‘m = 1,02857 so‘m. Shunday qilib, xarid qilinmagan har bir iste’mol
savati o‘rniga o‘zingiz investitsiya qilgan kapitalingiz uchun bir yildan so‘ng
1,02857 ekvi-valentdagi savatni olasiz. Shunga ko‘ra, daromadlilikning real
stavkasi yillik 2,857% (bugungi bir savatga to‘g‘ri keluvchi kelgusidagi savatlar
soni)ni tashkil etadi.
Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va inflyatsiya
darajasining nisbati aks etgan umumiy formula quyidagi ko‘rinishga ega:

Download 199,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish