E vitamini (tokoferol)
Bu vitamin ko‘payish vitamini deb ham yuritiladi, chunki uning tanada yetarli bo‘lishi erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining faoliyat ko‘rsatishida ijobiy ahamiyat kasb etadi. Tokofero so‘zi (“tokos” – avlod, urug‘, “ferro” – qornida olib yurmoq) bola, avlod paydo bo‘lishi, tug‘ulishi ma'nosini anglatadi. E vitamini faqat o‘simliklarda uchraydi, hayvon tanasida u sintezlanmaydi. Hayvonlarni sintetik yo‘li bilan tayyorlangan oziq moddalar bilan boqish natijasida ular o‘sib rivojlansada, nasl qoldirish xususiyatini yo‘qotadi. Ulardagi bu nuqsonni yo‘qotish uchun ishlatiladigan yashil yaproqlar, ayniqsa don murtagi hamda yong‘oqlardan ajratib olingan maxsus omil ye vitamini nomini olgan. Bu vitamin haroratga (170 0C qizdirilsa ham yo‘qolmaydi), kislota ta'siriga ancha chidamli, lekin ultrabinafsha nurlari ta'sirida tez parchalanib ketadi va oson oksidlanadi.
E vitamini pushtsizlik yoki farzandsizlikni davolashda ancha foydali darmondori, shuning uchun ham uzoq vaqtlar u faqat insonning ko‘payishi bilan bog‘liq xastaliklarni davolashda qo‘llaniladi degan fikr ham bo‘lgan. Hozirgi kunda ham xalq orasida ye vitamini jinsiy imkoniyatlarni kuchaytiruvchi vosita degan tushuncha keng tarqalgan. Bu fikrning asosi bor albatta, lekin tokoferol yuqoridagi vazifadan tashqari vujudning yana boshqa faoliyatlarida ham ishtirok etadi. Masalan, bu vitamin qon tomirlarini ivigan qon quyqalaridan tozalaydi, yurak mushaklari faoliyatini yaxshilaydi, nafas qisish va qandli diabet kasalligiga yordam qiladi, hujayra qobig‘i turg‘unligini ta'minlaydi, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarining oldini oladi va hokoza.
E vitaminining yurak qon tomirlari kasalliklarida naf berishini kanadalik olim Vilfred Shute o‘z ustida olib borgan tajribalarida isbotladi. Kundalik ovqatida tokoferolli mahsulotlardan ko‘p ishlatgani uchun 80 yoshida ham u 50 yoshlik odamdek ko‘rinishga va hattixarakatga ega bo‘lgan. ye vitaminining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, ular o‘simlik yog‘larida mavjud bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan oksidlanib hosil bo‘ladigan salomatlik uchun zararli erkin radikallarni zararsinlantirishga xizmat qiladi. Erkin radikallar hujayra qobig‘i orqali uning ichiga kirib biokimyoviy jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Bu holat vujud uchun bir qator xavfli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. E vitaminning manbalari haqidagi ma’lumot 13-jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |