[111]. Tijorat banklarining balansi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga
oladi (28-jadval).
[112]. Balansdan tashqari schyotlar quyidagi bo‘limlarga guruh-
lashtirilgan:
1. Markaziy bank pul birliklarining rezerv fondlarini hisobga
oluvchi schyotlar kiritilgan. Ushbu bo‘lim schyotlarida Markaziy Bank
omborlariga davlat tamg‘alash tashkilotidan boshqa banklar fondidan,
shuningdek, aylanma kassasidan rezerv fondlariga shu singari yaroqsiz
pul birliklari kelib tushadigan bank, g‘azna chiptalari hamda metall
tangalari hisobga olinadi.
180
28-jadval.
Tijorat banki balansi bo‘limlarining guruhlanishi
№
Bo‘limlar nomi
I Z O H
I
II
Bank fondlari
Pul mablag‘lari
Bu bo‘lim tarkibiga ustav, aksionerlik, kapital,
rezerv, maxsus va iqtisodiy rag‘batlantirish fond-
lari, shuningdek, asosiy vositalarning emirilishi,
amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar kiriti-
ladi. Fondlardagi mablag‘lar bank asosiy ishini
amalga oshirish, shuningdek, hisoblash texnikasi,
transport, inventar uskunalar sotib olish, sog‘lom-
lashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun foyda-
laniladi.
Bank kassalaridagi va yo‘ldagi pullar, shuningdek,
bankning xo‘jalik hisobidagi va xo‘jalik hisobida
bo‘lmagan korxona va tashkilotlarning kapital
qo‘yilmalari mablag‘larini hisobga olish schyotlari
kiradi.
Shuningdek, bu “aksionerlar sotib olgan xususiy
aksiyalar” schyoti aks ettiriladi.
III
Xorijiy valuta va
xorijiy ope-
ratsiyalar bo‘yicha
hisob-kitoblar
Tijorat, kooperativ banklar bu bo‘limning faqat
ikki schyotidan foydalanishi mumkin:
passiv – chet el valutasi saqlangan joriy
schyotlar
aktiv – xorijiy banklardagi schyotlar
IV
Davlat budjeti va
budjet muassasalari
bilan hisob-kitoblar
Tijorat banklari ikkita birinchi tartibli
schyotlaridan foydalanishi mumkin, ya’ni:
mahalliy budjet mablag‘lari;
joriy schyotlar va depozitlar.
Bundan tashqari, ayrim ikkinchi tartibli
schyotlardan foydalanishlari mumkin.
V
Kredit muassasalari
bilan hisob-kitoblar
hisob-kitob-kassa markazlari o‘rtasidagi tijorat
banklari operatsiyalari, shuningdek, ularning xusu-
siy operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar filiallar-
aro aylanma schyotlari orqali amalga oshiriladi.
VI
Kapital qo‘yil-
malarni moliya-
lashtirish
Bu passiv kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish
mablag‘laridir. Ushbu schyotning ikkinchi tartibli
schyotlari yuqoridagi maqsadlar uchun mo‘ljal-
langan bankning o‘z mablag‘larni ham markaz-
lashtirilgan va markazlashtirilmagan manbalarda
qarzga olingan mablag‘larni ham hisobga olishda
qo‘llaniladi.
181
Aktiv – “kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish”
schyotning ikkinchi tartibli schyotlari aytib
o‘tilgan manbalar hisobiga kapital qo‘yilmalarni
moliyalashtirish uchun sarf qilingan pul
mablag‘larini schyotga olish uchun mo‘ljallangan.
VII
Qimmatbaho
qog‘ozlar bo‘yicha
operatsiyalar
Bu bo‘limning schyotlarida qimmatbaho qog‘oz-
lar, aksiyalar, veksellar, qarz majburiyatlari bilan
qilinadigan operatsiyalar hisobga olinadi.
VIII
Kredit va hisob-
kitob operatsiya-
lari
Ushbu bo‘limga korxonalar, birlashmalar, tash-
kilotlar, ijarachilarga berilgan qisqa muddatli
kreditlar bo‘yicha hisob-kitob passiv va ssuda
hamda aktiv schyotlari kiritilgan.
IX
Jamoat tashkilot-
larining mablag‘-
lari va operatsiya-
lari
Bu bo‘limda passiv «Kasaba uyushmalari tash-
kilotlarining joriy schyotlari» birinchi tartibli
schyotga ijtimoiy sug‘urta va ta’minot bo‘yicha
mablag‘lar va operatsiyalarni hisobga olish uchun
ikkinchi tartibli schyotlar ochilgan.
X
Fuqarolarning
schyotlari, qo‘yil-
malari, depozit-lari
bo‘yicha
operatsiyalar
Ushbu bo‘limda schyotga fuqarolarning turli
qo‘yilmalari uchun ikkinchi tartibli passiv
schyotlar fuqarolar iste’moli maqsadlari uchun
berilgan kreditlar bo‘yicha aktiv schyot olingan.
XI
Uzoq muddatli
qo‘yilmalar
Bu bo‘limga uzoq muddatli kreditlash uchun
mo‘ljallangan mablag‘lar, resurslar, korxona va
tashkilotlarga beriladigan uzoq muddatli kredit-
larni hisobga olish schyotlari kiritilgan.
XII
Banklar va boshqa
mablag‘lar bilan
hisob-kitoblar
Bu bo‘limga maxsus berilgan mablag‘lar, shu
singari maxsus fondlar, shuningdek, ushbu mab-
lag‘lar hisobidan berilgan kreditlarni hisobga
oluvchi schyotlar kiritilgan. Bo‘limning kiritilgan
yangi schyotlarida O‘zbekiston Respublikasi nafa-
qa fondi va nafaqa xarajatlari hisobga olinadi.
XIII
O‘zaro filiallararo
hisob-kitoblar
Ushbu bo‘lim schyotlari O‘zbekiston Respublikasi
barcha bank muassasalari o‘rtasida boshqa shahar-
dagi korxonalar, tashkilotlar orasidagi hisob-
kitoblarni amalga oshirish jarayonida vujudga
keladigan hisob-kitoblarni rasmiy-lashtirish uchun
mo‘ljallangan.
XIV
Debitorlar va
kreditorlar
Bu yerda quyidagi schyotlar guruhlanadi:
bank debitorlari va kreditorlari;
xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlariga
beriladigan aylanma mablag‘lari;
bankning xo‘jalik hisobida bo‘lmagan tashki-
lotlariga debitor va kreditlari;
182
faktoring operatsiyalari bo‘yicha bank hisob-
kitoblari.
XV
Asosiy vositalar va
xo‘jalik xarajatlari
Bu bo‘lim birinchi tartibli bankning asosiy vosi-
talari, bankning kapital qo‘yilmalar bo‘yicha hi-
sob-kitoblari, kelgusi davr xarajatlari schyotlarini
o‘z ichiga oladi.
XVI
Bino va inshootlar,
xo‘jalik inventari,
ijaraga beriladigan
asosiy vositalar
Bu bo‘limga lizing, bank ijaraga olgan binolar
bo‘yicha kapital xarajatlar, korxona va tashkilotlar
bilan asosiy vositalar bo‘yicha hisob-kitoblarni
alohida hisobga olib borish uchun ikkinchi tartibli
schyotlar ochiladi.
XVII
Bankning daro-
madlari va
xarajatlari
Ushbu bo‘lim uchta birinchi tartibli schyotlar:
passiv – bank daromadlari;
aktiv – bank xarajatlari;
aktiv-passiv – foyda va zararlar schyotlari
kiritilgan.
2. Ta’minot. Ushbu bo‘limning balansdan tashqari schyotlarida
tijorat banklari xo‘jalik tashkilotlari va boshqa qarz oluvchilarning qisqa
muddatli ssudalar 1 yilgacha bo‘lgan muddati bo‘yicha majburiyatlari,
bank tomonidan ssuda bo‘yicha qabul qilingan zayom obligatsiyalari
nominal qiymatida hisobga olinadi.
3. Lizing operatsiyalarini birlashtirish hozirgi vaqtda o‘ziga xos
qulaylik beruvchi lizing operatsiyalari keng tarqalmoqda. Bular lizing
shartnomasining harakat muddati tugagunga qadar lizing tashkiloti
tasarrufida bo‘ladigan mulkdan uzoq muddat foydalanish huquqini
beruvchi operatsiyalardir.
4. Hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar. Bu bo‘limda hisob-
kitob operatsiyalarining barcha hujjatlarini hisobga olish schyotlari
mavjud. Alohida schyotlarda hujjatlar quyidagicha hisobga olinadi:
akseptlanishini kutayotgan hujjatlar mablag‘ yo‘qligi yoki moli-
yaviy nazorat sababli muddatida to‘lanmayotgan hujjatlar;
yetkazib beruvchining joylardagi akkreditiv to‘lovlari va
boshqalar.
5. Xorijiy operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar va boyliklar bo‘limida in-
kasso jo‘natilgan, qabul qilingan hujjatlar, xorij valutasidagi to‘lov
hujjatlari, xorij valutasidagi tovar hujjatlari, xorij valutasidagi akkreditiv
kiritiladi.
6. Uzoq muddatli kreditlar. Barcha hujjatlar schyotlarida uzoq mud-
datli ssudalar bo‘yicha qarz oluvchilarning majburiyatlari hisobga
olinadi.
183
7. Turli boyliklar va hujjatlar. Bu bo‘limda pulli posilkalar, markalar,
davlat bojlari, qat’iy hisobot blankalari, jo‘natilgan va javobgar shaxslarga
berilgan turli boyliklar haqida hujjatlar, hisobga oluvchi schyotlar mavjud.
Shuningdek, blankalarning boshqaruvchi tashkilotga hissali qatnashuv
tartibida berilgan mablag‘lari hisobga olinadi.
8. Zararga o‘tkazilgan qarzlar. Bu bo‘limda qarzlar barcha zararga
o‘tkazilgan mablag‘larni hisobga olib boruvchi schyotlar kiritilgan.
Ushbu mablag‘lar bank boshqaruvining qaroriga binoan mazkur bo‘lim
schyotlariga qarzdor mulk holati o‘zgarganda undirib olish imkoniyati
paydo bo‘lishini kuzatish uchun o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |