Markaziy Osiyo hamkorligi (MOH, dastlab MOIH) tashkilotiga Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston, Rossiya (2004-yildan) a’zo bo’lib kirgan. Hamjamiyatning tashkil etilishi MDH ning ta’sirli siyosiy-iqtisodiy blok shakllantirish imkoniyatiga ega emasligini aks ettirdi. Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorligi tashkiloti Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligining birinchi mintaqaviy tashkilotiga aylandi. MOH tashkilotini ta’sis etish to’g’risidagi Shartnoma davlat boshliqlari tomonidan 2002-yil 28-fevralda Alma-Atada imzolandi. Biroq, MOIH erkin savdo zonasini tashkil eta olmadi va tashkilot ishidagi qoniqarsiz natijalari sababli cheklandi, uning bazasida esa MOH tashkil etildi. Bildirilgan maqsadlar – siyosiy, iqtisodiy, ilmiy texnikaviy, tabiatni asrash, madaniy-gumanitar sohalarda birgalikda harakat qilish, mustaqillik va suverenitetlikka tahdidlarni bartaraf etish masalasida o’zaro yordam ko’rsatish, MOH ga a’zo davlatlarning hududiy yaxlitligi, chegara va bojxona nazorati sohasida o’zaro manfaatli siyosat olib borish, yagona iqtisodiy makonning bosqichma-bosqish shakllanishida muvofiqlashgan kuchlarni amaliyotga tatbiq etish. 2004-yil 18-oktabrda MOH ga Rossiya qo’shildi98.
Do'stlaringiz bilan baham: |