3.2. Epik asarlar syujeti, obrazlar tizimi va g‘oyaviy-badiiy talqinlari.
Semantik va struktural sathida o‘rganish tajribalari.
Xalq og‘zaki ijodining yetakchi xususiyatlari sanalmish og‘zakilik,
variantlilik, kollektivlik, ononimlik, badihago‘ylik va an'anaviylik folklor asarlari
ijrosi va yashashining asosini tashkil etadi. Folklor ijrochilari ayni paytda
ijodkorlari hamdir. Folklor asarlarining og‘zaki yashash jarayonida epik bilim va
epik qoliplarning o‘rni muhim. Epik bilim va qoliplar folklorning mazmun va
mundarijasini belgilaydi.
Agarda qo’shiqchi shaxsan yozish va o’qishni o’rganmasa, ularga nisbatan
bevosita ta’siri yoq albatta. Ammo biror qo’shiqchiga qo’shiqni yozma manbadan
o’qib bergan holatda bevosita ta’siri bo’lishi mumkin. Qo’shiqchi shu yo’l bilan
o’ziga noma’lum epic qo’shiqni yuzaga olib chiqish ehtimoli ham mavjud.
Jamiyatda yozma adabiyotning tobora keng ko’lamda yoyilib borishi hamda
insonlarning savodxonlik darajasi oshib borishi bilan bir qatorda og’zaki ijod
na’munlari o’z nufuzni biroz yo’qotishi mumkin. Albatta bunday holat epic
qo’shiqchiga tezda savodxon bo’lib olishdek ma’suliyatli bosim o’tkazmay
qolmaydi. Agar jamiyat o’z o’rnida zamonaviy madaniyat shakllari bilan bir
qatorda an’anaviy madaniyat durdonalari to’g’risida ham qayg’urib boradigan
bo’lsa bu og’zaki adabiyot durdonalari kundalik hayotimizda davom etaveradi.
14
Xalq og‘zaki ijodi janrlarining mundarijasini ularda ifodalangan barcha
ma'no qatlamlari tashkil etadi, mazmuni esa ma'lum bir vaziyatda kuylangan va
mundarijaga bevosita bog‘lanib turuvchi xususiy talqin hosilasi sifatida yuzaga
chiqadi, voqea bo‘ladi. Shu ma'noda mazmun xususiy, mundarija esa umumiylik
kasb etadi. Folklor asarlari mazmuni turli sathalarda ifodalangan ijtimoiy-hayotiy,
ezoterik-falsafiy qatlamlarning an'anaviy ramziy va timsoliy ma'nolarlari orqali
ochiladi. Ushbu mavzuda ana shu yo‘nalishdagi izlanishlar mohiyati qiyosiy
o‘rganiladi. Folklor namunalarining genezisi va tadrijiy rivojlanish
bosqichlaridagi mifologik tafakkurdan – mifopoetik va badiiy estetik taraqqiyyot
bosqichlari yetakchi dostonlar, ertaklar, ulardagi syujet tiplari, yetakchi motivlar,
obrazlar va tasviriy vositalar ko‘lamida yoritilayotgani bevosita misollar
yordamida tahlil etiladi. Yetakchi dostonchilar, dostonchilik maktablari va
folklorning boshqa ijrochilari hayoti, ijodi misolida bu muhim masalarning
folklorshunosligimizdagi yangicha talqinlariga alohida to‘xtalinadi.
Mening bilishimcha ba’zi O’rta Osiyo ana’nalarida tug’ilish va uylanish bilan
bog’liq alohida hikoyalar mavjud hamda ular uzundan uzun epik dostondan
mustaqil ravishda ham talqin etiladi. Bu masala bo’yicha Qirg’iz epik dostoniga
nisbatan T. Hatto ancha mulohazali fikr yuritadi.
14
Albert Bates Lord. Epic Singers and Oral tradition. New York: Cornell University, Press, 1991 of Talts.P.22
39
Uning yozishicha Turkiyadan tortib Xitoygacha bo’lgan hududlarda kuylanadigan
qo’shiqlar qaxramonning tug’ilishidan boshlanishi va saodatga etishishi haqidagi
biografik namunalar qirg’iz ana’nalaridagi faqat bir yoki ikkita qaxramonningina
emas balki butun bir gurux qaxramonlarning yoshlik davriga oid voqea
hodisalarning bayon qilishiga teskaridir. Haqiqatdan ham Radlov ta’kidlashichia
uning yozib olgan “Manasning tug’ilishi” uning talabiga binoan badiha usulida
bayon qilingan. Manasning og’li va nabirasi Semetey va Seytekning tug’ilishi ikki
“Semetey” dostonlarida hikoya qilinishi bu ikki dostonning boshlanishi ham emas
va bu ikki qaxramonning hayot tarzi bu ikki doston bilan to’laligicha yoritilmaydi.
Har ikkala Bolqon va O’rta Osiyo ana’nalarida alohida tug’ilish va uylanish bilan
bog’liq mustaqil qo’shiqlarning mavjudligi savol keltirib chiqarish nazdida biz
bilamizki ana’naviy dostonchilik vakillarining kuylash uslublariga ko’ra ham
“Alpomish”, “Kulrang otli Bamsi Beyrek” dostonlarinign birinchi qismi
haqiqatdan ham bir yoki bir nechta alohida qo’shiqlar to’plamidan tuzilgan. Balki
“Kulrang otliq Bamsi Beyrek” dostoni uning “Qo’rqut” dostonidagi holatiga ko’ra
boshqa toifaga kiritalar, lekin meni ajablantirgan tomoni shundan iboratki,
“Alpomish” dostoni finland dostoni “Kalevala” dostoni qay tarzda vujudga
kelishiga mos tarzda ya’ni alohida-alohida bo’lgan og’zaki-ana’naviy qo’shiqlarni
bir biriga bog’lash orqali vujudga kelgandir.
O’rta Osiyo dostonlarining uylanish qo’shig’idan iborat bo’lgan ikkinchi qismi
hamda Janubiy Slavyan dostonlarining birinchi qismi haqidagi mulohazalarimiz
quyidagilardan iborat:
1. Qaxramon o’z do’sti yoki do’stlari tomonidan uylanish vaqtida yoki to’ydan
so’ng tutib olinadi. Bunga faqatgina “Marko va Kosturlik Mina” mustasno
bo’la oladi, chunki bunda Marko qancha vaqt turmush qurganligi haqida
hech narsa aytilmagan hamda Markoning to’ydan so’ng tutib olinishi haqida
ham hech narsa aytilmagan.
2. Qaxramon uzoq vaqt tutqunlikda bo’ladi va o’lgan deb taxmin qilinadi
3. Qaxramon xotinining qayta turmush qurayotganligi haqida xabar oladi.
4. Qaxramonni tutqunlikda ushlab turgan kimsaning qizi unga tutqunlikdan
qochishiga yordam beradi.
5. Qaxramon o’z uyiga etguncha turli odamlarga duch keladi.
6. Qaxramon o’z uyida yoki to’y bazmida yana o’zining eski eshik og’asini,
onasini, opasini, otini, xotinini va og’irlab kelingan kelin-kuyov hamda
uning bazm mehmonlari bilan uchrashadi.
7. Qaytib kelgan qaxramon esa uni tanib olguniga qadar bazmdagi mehmonlar
bilan aralashib ketadi va turli o’yinlarda ishtirok etadi.
8. Davogar esa qaxramonning singlisini qayliq tarzida qabul qiladi yoki
haqiqat qaror topadi.
40
9. Qaxramon o’zi tutqun bo’lgan joyga qaytib boradi va hanuz tutqunlikdagi
do’stlarini halos etadi va bu shaxarni yakson qiladi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |