V. M. Karimovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent


 Shaxsning ichki (o’zi bilan o’zi) ruhiy konflikti



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/410
Sana11.01.2022
Hajmi2,51 Mb.
#350893
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   410
Bog'liq
Psixologiya

16.4. Shaxsning ichki (o’zi bilan o’zi) ruhiy konflikti 
 
Amerikalik psixolog Jeffri Yang odamovi, kamgap va yakkalikni yoqtiradigan shaxslarning 
hissiyoti,  hulq-atvori  va  kognitiv  (bilimga  intilish)
4
  holatlarining  12  ta  belgilar  majmuasini 
(sindromlarini) farqlaydi. 
1.
 
Yakkalikdan qo’rquvchilar
. Bundaylar yakka qolib, o’zini yo’qotib qo’yadi, nima 
qilishni bilmaydi, zerikadi. 
2.
 
O’ziga  o’ta  past  baho  berish  natijasida  kelib  chiqadigan  ichki  ruhiy  konflikt

Bundan yosh yoki katta kishining nazarida “uni hyech kim hurmat qilmaydi”, “u o’ta qobiliyatsiz 
(omadsiz,  zerikarli  va hokozolar) shaxs”. Shuning uchun ham u odamlar bilan muloqotdan 
qochadi.  Bunday  holat  ba’zan  qobiliyatli  kishilarda  ham  bo’lishi  mumkin,  bunday  shaxslar 
atrofdagi kishilar uning fikrini, holatini tushunmasliklarini his etgan holda kulgi bo’lishdan yoki 
“zerikarli odam” deb nom chiqarishdan qo’rqib, odamlarga ham aralashadilar. 
3.
 
Hadiksirash, o’ziga ishonchsizlik, uyatchanlik, atrofdagilardan yomonlik kutish 
yoki  ularning  o’zini  mazax  qiladilar
,  deb  o’ylaydi.  Uning  fikricha,  atrofdagilarga  kulgi 
bo’lgandan, yaxshisi yakka yurgani yaxshiroq. 
4.
 
Muloqot malaka va ko’nikmasining sustligi (yoki yo’qligi)
. Murakkab shaxslararo 
munosabatlarda  o’zini  to’g’ri  tutish  tajribasining  kamligi  (konfliktli  vaziyatlarda,  tanishuv  va 
boshqa hollarda). 
5.
 
Atrofdagi odamlar uning tasavvurida hammasi ablah, egoist, yaxshilik qilishga 
arzimaydigan odamlar
. Atrofdagilar haqida bunday fikrdagi shaxs odamlardan faqat qochibgina 
qolmasdan, balki ulardan nafratlanadi (ba’zan qo’rqadi). 
6.
 
Ichki  yopiqlik,  ruhiy  karlik
,  bunday  shaxslarning  his-tuyg’usi,  fikri  shunchalik 
                                                 
4
Kon I.S. Psixologiya ranney yunosti. – M.: 1989. – B. 180-181. 


 
263 
ichkariga “yashiringanki”, ularning o’zi ham ba’zan o’zining asl qiyofasini tanimasdan qoladi. 
Ular doimo boshqa birovlarning roli bajarib, boshqalarga o’xshashga harakat qilib yurishadi. 
7.
 
O’ziga  sherik topishga qiynaluvchilar
, bundaylar “haqiqiy do’st, haqiqiy sevgili, 
haqiqiy  sherik”  topa  olmaydilar.  Ular  “u  yaxshi  kishi-yu,  ammo  menga  yoqmaydi”,  u  ajoyib 
inson, ammo qiliqlari yoqimsiz va hakozolar bilan o’zlarini oqlaydilar. 
Bunday  holatning  yuzaga  kelishiga  asosiy  sabab,  shaxsning  atrofdagilar  bilan  yaqin, 
intim  munosabat  o’rnatishni  istamasligi  yoki  shunday tajribaning yo’qligi. Ammo, shundaylar 
ham borki, tinmasdan sherik axtarardilar, ammo u topilmaydi. Natijada shaxs o’zini baxtsiz va 
qobiliyatsiz, deb hisoblaydi. 
8.
 
O’quv faoliyatida, shaxsiy hayotdagi muvaffaqiyatsizlik
 natijasida paydo bo’lgan 
salbiy  tajribaning  o’smir  va  yoshlarning  keyingi  faoliyatiga  ta’siri.  Ko’p  yillik  kuzatishlarimiz 
natijasida  fikrimizcha,  bunday  o’z  kuchiga  ishonchsizlikni  keltirib  chiqaradigan  bir  nechta 
omillar bor: 
a) Talabada o’zining bilim va tajribasiga ichki tuyg’u (intilish, qiziqish va irodaning sustligi) 
natijasida kelib chiqadigan o’ziga past baho berish va ishonchsizlik. 
b)  Ko’pchilik  talabalarga  xos  (ayniqsa,  o’g’il  bolalarga)  erinchoqlik,  ishyoqmaslik 
natijasida  shakllangan  iroda  sustligidan  kelib  chiqadigan  o’ziga  past  baho  berish  va 
ishonchsizlik. 
v) Oilada ota-ona va boshqa kattalarning “sening qo’lingdan hyech narsa kelmaydi”, “sen 
hyech narsaga yaramaysan” va shunga o’xshash shaxsda o’ziga ishonchsizlik tug’diradigan 
gaplarning  doimo  takrorlanib  turishi  natijasida  shakllanadigan  o’ziga  past  baho  berish  va 
ishonchsizlik. 
g)  Maktabda  o’qituvchilar  va  tengdoshlari  tomonidan  doimo  salbiy  fikr  bildirilib  turishi 
natijasida  (masalan,  “ikkidan”  boshing  chiqmaydi, “sen o’qib kim bo’larding?” va hokazolar) 
bolada paydo bo’ladigan o’zining kuchi, imkoniyatlari haqidagi turg’un salbiy fikr. 
Yuqorida keltirilgan omillarning o’smir va yoshlar uchun yana bir xavfli tomoni mavjudki, u 
ham bo’lsa bolalikda va yoshlikda o’zi haqida doimo salbiy fikr eshitish bilan uning ong ostida 
bu  olingan  axborot  doimiy ravishda shasxning faoliyatiga, hulqiga, xatti-harakatlariga doimo 
ta’sir etuvchi mustahkam markaz paydo bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu esa o’smir va 
yoshlar faoliyatining hamma sohasiga, hatto kelajakdagi hayotiga ham o’zining salbiy ta’sirini 
ko’rsatishi mumkin. 
9.
 

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish