Sanoat mulkini chyet yelda patyentlashning maqsadi va vazifasi
Sanoat mulki huquqi sohasida shartnoma tuzganda shuni yodda tutish lozimki, bironta ham, bir-biriga o`xshagan bitim bo`lmaydi. SHartnoma mavzui, tyexnika sohasi, iqtisodiy vaziyat va tomonlar nuqtai nazari muzokaralarda hamisha turlicha bo`ladi, shunga ko`ra muvaffaqiyatli muzokaralar natijasi, ya’ni bitimning kyelishilgan matni har biri alohida holda, o`z qiyofasiga ega bo`ladi. Agar, hatto, namunaviy litsyenziyaviy bitimlar ro`yxati taklif qilinsada, har bir ayrim hol o`ziga xosligini qamrab ololmaydi.
Qissadan hissa qilib aytish mumkinki, taklif etilayotgan bitimlar tuzilishi barcha litsyenziyaviy bitimlar uchun asos qilib olinishni da’vo qilmaydi: majburiy va o`zgarmas emas. Maqsad butunlay boshqa - har qanday litsyenziyaviy bitimni tuzishda albatta yuzaga kyeladigan masalalarga e’tiborni qaratish kyerak.
SHunday qilib, quyidagi byeriladigan bitim namunalari faqat ayrim bandlarning talqinida bahsga sabab bo`luvchi, hadlashuvchi tomonlar o`rtasida sud jarayonini vujudga kyeltiruvchi yoki uchinchi shaxsga nisbatan shunday holat sodir qiluvchi sabablarga muzokara davomida yo`l qo`yilmaganini tyekshirish uchun xizmat qiladi.
Tashqi savdo bo`yicha litsyenziya. Litsyenziyalar turi va litsyenzion shartnomalarning shartlari.
Hozirgi paytda dunyoda yuz byerayotgan iqtisodiy tyexnologik jarayon sharoitlarida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi uchun litsyenziyalar sotish yo`li bilan ilmiy-tyexnikaviy yutuqlarni ayirboshlashni kyengaytirish lozimdir. Litsyenziyalar sotish odatdagi tovarlarni sotishga qaraganda jadalroq sur’atlar bilan bormoqda.
Patyent o`zini xarid qiluvchiga mutlaq litsyenziya sharoitida muayyan monopol huquq byeradi. Sanoat mulklari, patyent bilan muhofazalanganda chyet el firmalari uchun ko`proq qiziqish uyg`otadi, chunki bunday vaziyatda sotib olingan litsyenziya zarur tyexnikaviy ma’lumotdan tashqari firmaga buyum ishlab chiqish va sotishda monopol huquq (litsyenziyaviy shartnoma doirasida) byeradi.
Har qanday holatda ham patyent olingan yoki talabnoma byerilgan ixtirodan foydalanish huquqi litsyenziyaning mavzui bo`lavyermaydi. Qanday hollarda patyentsiz litsyenziya sotish amalga oshiriladi? SHulardan biri — tyexnikaviy yechim atayin patyentlashtirilmaganda yoki tyexnikaviy mohiyat oshkor etilishi tufayli patyentlashtirish imkoni qo`ldan chiqarilganda. SHu bilan bir vaqtda boshqa firma mazkur yyechim ishlab chiqilgan firma tomonidan ko`rsatiladigan tyexnikaviy yordam va uning ishlab chiqarish tajribasisiz mazkur faoliyatni udalay olmaydi. Ba’zan ishlab chiqarish tajribasini umuman patyentlashtirib bo`lmaydi, u patyentga loyiq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |