Quyi oziqa muhitida mikroorgonizmlarni kultivirlash
Ushbu uslub ozuqa muhitini yuqori qismida mikroorgonizmlarni o’stirib
ferment preparatlari olishning uslublariga qaraganda bir muncha ustunliklarga ega
hisoblanadi. Bular jarayonning avtomatlashtirilishini onsonligi, uzluksiz ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshirilishi, og’ir qo’l ishiga ega bo’lmasligi, ishlab
chiqarish maydonining ko’p egallamasligi va yuqori aktivlikka, past ifloslanish
darajasiga ega bo’lgan ferment preparatlari olinishi bilan samarali hisoblanadi.
Mikroorgonizmlarni quyi ozuqa muhitida o’stirib, ferment preparatlari olish
jarayoni vertical sig’imli fermentyorlarda olib boriladi. Fermentatorga asosiy
qo’yiladigan talablardan biri fermentator aerasiyalar usqurmalari bilan jihozlangan
bo’lishidadir. Kutivirlash jarayonida ozuqa muhitining 3 ta suyuq, qattiq va gaz
fazalarida jarayon boradi. Bunday sistemada massa almashinish jarayonlari qiyin
borib, butun fermentyor bo’ylab jarayonlarning borishini nazorat qilish qiyinlashadi.
Barcha mavjud fermentatorlarni aralashtirish va aerasiya qilish amallariga
ko’ra 3 guruhga bo’lishimiz mumkin. Kombinirlangan yani mexanik
aralashtirgichli; barbataj aerasiyali; enjeksion aerasiyalovchilarga, bunda gaz fazaga
energiya sarflab, barbotajlab aralashtiriladi. Ferment ishlab chiqarish sanoati uchun
birinchi turdagi fermentyorning aseptic jarayonlar uchun qo’llanilishi muhim
sanaladi. Ushbu turdagi fermentyorlar o’ziga hos silindr shaklda bo’lib, aralshtirish,
cho’ktirish, issiqlik almashinish qurilmasining germetikligi afzalliklari bilan boshqa
fermentyorlardan ajralib turadi. Fermentatorning aralashtirgichlari, ko’pik
pasaytiruvchi qurilmalari bilan birgalikdagi maksimal xajmi 2000 m
3
ni tashkil
qiladi. “Xemap” firmasi o’zining 360-400 m
3
xajmli innovasion fermentyorlari bilan
jihozlangan. Xozirgi kunda Rossiyada ishlab chiqarilgan germetik, mexanik
aralashtirgichlariga ega bo’lgan 50-100 m
3
sig’imli fermentatorlar ferment ishlab
chiqarish korxonalarida keng tarqalgan. Bundan tashqari GDR da ishlab chiqarilgan
63 m
3
sig’imli fermentyorlar ham sanoat miqiyosida ferment ishlab chiqarish
korxonalarida ishlatilayapdi.
Ushbu uskunalar uchun ishchi bosim 0,25 MPa ni, sterilizasiya harorati esa 120-140
0
C
ni tashkil qiladi. Kulturalarning infeksiyalardan saqlash maqsadida aralashtirgich
vallari germetik berkitilgan va sterillanish imkoniyatiga egadir.
Kultivirlash jarayonida sterillikni ta’minlash uchun fermentatorning boshqa
uskunalar bilan biriktirlgan joylarini sterillanishining ta’minlanishi infeksiyalardan
saqlagan holda jarayonni borishini ta’minlaydi.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki uskunaning montaj sxemalari mahsus
elementlardan yasalgan. Buni 3 va 5 termik zatvorlar orasidagi “sedla-klapan”
lardan ham bilish mumkin. Bunday uskunalarning joylanishi fermentasiya
jarayonida tashqaridan infeksiyalar tushishini oldini oladi.
Montaj sxemalari shunday qilinishi kerakki, fermentator uskunasining
xamma elementlariga sterillanishi uchun bir hil haroratdagi bug’ kirishi talab etiladi.
Shunday bo’lsada amalda ish jaraynida ayrim qismlar to’liq sterillanishdan holi
bo’lib qolayapdi. Bu qismlarga kichik shtuserlar kiradi. Bundan tashqari namuna
olgich 4, qayta ishlangan havoni chiqarish quvuri 2 larni ham misol keltirish
mumkin. Ochiq quvurlar bosim ostida sterillash jarayonlarini olib boorish
imkoniyatlaridan cheklangan hisoblanadi. Namuna olish idishlari, suyuqlik quyish
idishlari ham sterillash jarayonlarida qiyinchiliklar tug’diradi.
Ochiq quvur shtuserlariga shuningdek sterillangan ozuqa muhiti
haydalishidan oldin uzoq muddat sterillanishi kerak.
Kultivirlash jarayonida asosan ko’pik ajralishiga, ferment ajralishiga,
biomassadagi produsentlarning holatiga, pH muhitiga, ozuqa muhitini ayrim tashkil
qiluvchi komponentlari va boshqalar nazorat qilinib, turiladi. Kultivirlash jarayoni
tugagandan keyin eritma kerakli spirt ishlab chiqarish sanoati, pivo ishlab chiqarish
sanoati, glyukoza ishlab chiqarish sanoati kabi sanoatlarga yuboriladi yoki ferment
ishlab chiqarish uchun tozalash jarayonlariga beriladi. Biomassalar esa qayta
tozalanib regenerasiyalanib, kultivirlash jarayonlariga qayta beriladi.
Ushbu amallar mikroorgonizmlarni oziqa muhitining quyi va yuqori
uslublarida umumiy texnologiyalar asosida olib boriladi. Bular quyidagilar: o’sish
materialini tayyorlash, ozuqa muxitini tayyorlash, uni sterillash, sovutish, ekish va
o’stirish. Biroq kultivirlash uslublarining turli tuman bo’lishiga qarab, har hil
texnologik sxemalardan foydalaniladi.
Mikroorgonizmlarni quyi va yuqori ozuqa muhitlarida o’stirish
texnologiyasi deyarli bir-biridan farq qilmaydi, faqat aero va anaerob
mikroorgonizmlardan ferment preparatlari olishda biroz farq bo’ladi. Anaerob
mikroorgonizmlar o’stirilganda havo tozalash jarayoni bo’lmaydi va
aralashtirgichsiz fermentyorlardan foydalaniladi.
Siklon 1 dan quvurli konveyyer 2 orqali 3 bukkerga beriladi, ulardan
quvurkonveyyer 4 orqali 5 tarozilarga beriladi. Agar tarkibiga tuz yoki boshqa
komponentlasr kamroq miqdorda solinishi talab etilsa, shnek 6 ga boradi,
xarakatlanuvchi sochiluvchan materiallar 7 noriyaga boradi. Noriya orqali
homashyolardan ozuqa muhiti tayyorlash uchun aralashtirgich 8 ga beriladi. Bu
yerga qo’shimcha ravishda suv va suyuq komponentlar o’lchanilgan holda
dozatorlar orqali yuboriladi.
Tuzlar erishi va kraxmal kleystrlanishi uchun ozuqa muhiti qizdiriladi.
Qizdirilgan ozuqa muhiti 30 nasos orqali sistemali sterilizator 22 ga, so’ngra 140 C
haroratda bir hil ushlab turish uchun issiqlik almashinish uskunasi 23 ga beriladi.
Steril ozuqa muhiti issiqlik almashinish uskunasi 24 ga beriladi va toza steril
fermentator 25 ga yuboriladi. Fermentator fermentasiya jarayonida ko’pik hosil
qilsh hususiyatidan kelib chiqqan holda umuiy hajmning 65-75% to’ldiriladi.
Achitqilar achitqi tayyorlash sexida tayyorlanib, buning uchun alohida
sig’im 9 ajratiladi. Qizdirish orqali 9 nasos bilanekish uchun 16sig’imga haydaladi
va 19 sovutgich orqali sovutilib, 25 fermentatorga beriladi. Kutivirlash jarayonida
payti-payti bilan ko’pikdan halos qilinadi. Ko’pik tindirgich 12 uskuna orqali
sterillanadi, so’ngra sovutilib, 14 o’lchagichdan o’tqazilgan
holda
fermentatorga yuboriladi. Fermentasiya jarayonida suyuqlik tozalangan havo
yordamida aerasiyalanadi, 80-22
o
C da qayta ishlangan havo compressor orqali 11
shisha paxta bilan to’ldirilgan filtrdan o’tadi. So’ngra tozalangan havo sovutilib 13,
15, 17, 20, 26 mayin filtrlardan o’tqaziladi va ekish uchun 16, 19 uskunalari orqali
25 fermentatorga keladi. Ishlatilgan havo yana 18, 21, 27 filtrlar orqali filtrlanib,
atmosfera xavosiga chiqarib yuboriladi. Tayyor ekilgan suyuqlik 30 nasos yoki o’z
oqimi orqali aralashtirilgan holda 28 issiqlik almashinish uskunasiga berilib
sovutilgan holda 29 sig’imga beriladi. Sovutish jarayoning ahamiyati shundaki
butun suyuqlik massasini birdaniga qayta ishlab bo’lmaydi, sovutish jarayoni esa
suyuqlikning uzoq muddat saqlanishini ta’minlaydi. 29sig’im orqali asta sekin
sovutilgan suyuqlik filtrlash jarayoniga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |