320
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Bugungi kunda barcha sohalarda tub islohotlar davr talabi nuqtai nazaridan amalga
oshmoqda. Albatta, ta’lim sohasi ham bundan mustasno emas. Prezidentimiz 2020- yilni
“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilganliklarining
zamirida, ulkan o‘zgarishlar, islohotlar, iqtisodiyot va davlatning turli sohalariga raqamli
texnologiyalarning olib kirilishi orqali, ish samarodorligini oshirish, qisqa vaqt ichida
yuqori natijalarga erishish kabi muhim masalalar yotadi. Ayniqsa, hozirgi butun dunyo
koronovirus pandemiyasi o‘chog‘iga aylangan bir paytda, masofadan turib ishlash
tizimini yo‘lga qo‘yish, ta’lim jarayoniga AKT texnologiyalarini olib kirilishini yanada
rivojlantirish bugunning kechiktirib bo‘lmas muhim va dolzarb masalalaridan biridir.
Chunki qachon va qanday sharoitda bo‘lmasin, biz birinchi o‘rinda yosh avlodning
ta’lim- tarbiya, yuqori bilim olishi uchun har doim sharoit yaratib berishimiz kerak. Agar
ana shu bilim boshlang‘ich sinflardanoq o‘quvchilarga yuqori saviyada, jahonning ta’lim
sohasida misli ko‘rilmagan darajada rivojlanishga erishgan davlatlari tajribasi va milliy
mentalitetimizning uyg‘unligi bilan birga mos ravishda berilsa, albatta, bu kelajakda o‘z
samarasini beradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tili fani bilan bir qatorda ularga chet tili
fanining o‘qitilishi ularning chet tillariga bo‘lgan qiziqishlarining ortishiga olib
keladi.Bugungi kunda chet tillarini o‘rganish yanada taraqqiy etib, rivojlanib borayotgan
jamiyatimizda muhim o‘rin egallab bormoqda. Shu sababli ham davlatimizning birinchi
prezidenti I.A. Karimovning 2012-yil, 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini
yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 1875- sonli qaroriga asosan,
chet tilini o‘quvchi yoshlarga boshlang‘ich sinfdan o‘rgatila boshlandi va bunda eng
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanilmoqda.
Yurtimizda o‘quvchilarga chet tillarini o‘qitish yuqorida aytilganidek,
boshlang‘ich sinflardanoq ya’ni 1- sinfdan o‘rganilmoqda. Dars jarayonlarini turli xil
multimedia, AKT vositalarini joriy etish asosida olib borilayotganligi o‘quvchilarning
boshqa tilni o‘rganish jarayonida hech qanday muammolarga duch kelmay, tez va oson
o‘rganishlariga yordam bermoqda, bu esa, ta’lim samaradorligining oshishiga olib
kelmoqda. Shuningdek, chet tilini o‘rganishlar uchun o‘quvchilar 4 ta malaka ko‘nikmaga
ega bo‘lishlari kerak. Bular: gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozish. Bu to‘rt malaka
toifasiga ega bo‘lishlari uchun o‘quvchilarimiz, avvalo, chet tillaridagi eng ko‘p
ishlatiladigan kamida 5000 ta so‘zni bilishlari kerak va o‘qituvchi dars jarayonining
o‘quvchilarga yanada tushunarli va o‘zlashtirishlari oson va samarali bo‘lishi uchun yangi
innovatsiyalarni, pedagogik texnologiyalarni, turli xildagi didaktik o‘yinlarni, metodlarni
qo‘llagan holda tashkil etishi kerak. Xalq ta’limi tizimi tomonidan biz bilamizki, chet tili
fanini boshlang‘ich sinflardanoq o‘qitilishi uchun maxsus video, audio, elektron
darsliklar, multimedia vositalari berilgan. Ana shularning o‘zini mahoratli pedagog dars
bosqichlarida to‘g‘ri foydalana olsa, o‘quvchilarning chet tillarini o‘rganishi oson