Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti


O‘quvchilarni so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

 O‘quvchilarni so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish. 

O‘quvchilar  ko‘p  ma’noli  so‘zlarning  bir  ma’nosi  tushunsa,  boshqa  ma’nosini 

bilmasliklari  mumkin.  Bolalar  so‘zlarning  hamma  ma’nolarini  birdaniga  o‘zlashtirib 

ololmaydilar. Ularning ma’nosini o‘zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 1-

2-sinfda ko‘p ma’noli so‘zning bir-ikki ma’nosi bilan tanishsa, 3-4-sinflarda yana boshqa 

ma’nolarini  bilib  oladi.  Tilning  barcha  satxlarini:  fonetika,  leksika,  so‘z  tarkibi, 

morfologiya,  sintaksis  (boshlang‘ich  sinfda  bu  bo‘limlar  “Tovushlar  va  harflar”, 

“So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq” deb nomlanadi) ni o‘rganish jarayonida tasviriy ifodalar, 

iboralar, ma’nodosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning ma’nolari turli ish 

turlari asosida tushuntirib boriladi. 1- sinf ona tili darsligida fikri buzuq ko‘chma ma’noli 

ibora  berilgan,  uni  soat  buzuq  birikmasi  bilan  taqqoslang.  Qaysi  biri  o‘z  ma’nosida 

qo‘llanyapti?  (soat  buzuq)  Qaysi  birikma  boshqa  ma’noda  qo‘llanyapti?  (fikri 

buzuk). Fikri buzuq birikmasi qanday ma’noni ifodalayapti? Bolalar o‘ylab, niyati yomon 

kishilarni  fikri  buzuq  deyishadi  deb  izoh  beradilar.  Ko‘rinadiki,  taqqoslash  usuli  so‘z 

ma’nolarini izohlashda samarali usul sanaladi. Quloch ochib, tanbeh yedi, ko‘zi o‘ynar, 

qalbi olov, til topishdi, rohatini totdi iboralarining ma’nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi. 

Adabiy tilga oid ba’zi so‘zlar o‘quvchilar nutqida kam qo‘llanadi. Bu so‘zning ma’nosini 

o‘quvchi yetarli darajada  tushunmaydi. Uning o‘rnida oddiy so‘zlashuvga doir, eskirgan 

yoki shevaga oid so‘zlarni qo‘llaydi. O‘qituvchi ularni kitobiy so‘zlar bilan almashtirish 

uchun  nutqda  qo‘llashga  majbur  etadigan  vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirishi 

zarur, Masalan, jim - tinch - osuda -osoyishta, yurakdan - dildan, soat strelkasi - soat 

millari,  garmdori  -  qalampir,  minut  -  daqiqa,  rayon  -tuman  kabi  so‘zlarning 

qo‘llanishini  faollashtirish  uchun  yozma  ishlar  o‘tkazilayotganda  ham  o‘quvchilar 

e’tibornni ayrim so‘zlari boshqasi bilan almashtirishlari ta’kidlanadi. Masalan, 1-sinfda 

rasmlar asosida og‘zaki hikoya tuzayotgan o‘quvchilarning nutq elementlari biri-biridan 

farqli  bo‘lishi,  biri  ikkinchisining  so‘zini  qaytarmasligi  talab  qilinadi.  Masalan, 

shirinsuhan so‘zi o‘rnida shirin so‘z, nasim - tonggi yel (shamol), tanbeh berdi - dashnom 

berdi, zilol suv - tiniq suv, kichik mo‘jaz, tik - adl, nafis - nozik, ishbilarmon - ishning 

ko‘zini  biladigan  kabi...yozma  bayon  yozishga  tayyorlanish  jarayonida  ham  (2-sinf) 

so‘zlarni  boshqasi  bilan  almashtirishga,  kitobiy  so‘zlar  tanlashga  e’tibor  berish  lozim. 

Darsliklarda  bola  hissiyotiga  ta’sir  qiluvchi  ko‘chma  ma’nodagi badiiy ifodalar ko‘p 

qo‘llangan.  Ular  ustida  maqsadga  muofiq  ishlash  o‘quvchi  nutqini  jozibador  qiladi, 

ularning nutqiy adabiy tilga yaqinlashtiradi. 



 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish