2. 1-4-sinflar uchun matematikadan metodik qo‘llanmalar. - T.: O‘qituvchi, 1989-91.
243
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
3.www.ziyocom.uz
4.www.pedagog.uz
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA EKOLOGIK
TA’LIM- TARBIYA BERISH
Meliboyeva Yoqutxon Mashrabovna,
Farg‘ona viloyati Furqat tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi
Tirik mavjudotlarning barcha moddiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy
manba bu –tabiatdir. Atrof-muhitning muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish
muammosi yer yuzida istiqomat qiluvchi har bir insonga, shubhasiz, biror darajada
taaluqlidir, ammo bu boradagi erishiladigan muvaffaqiyat muhitning maqbul holatda
saqlanishi uchun odamlarning ma’suliyatini nechog‘lik his qilishiga bog‘liq. Ekologik
tarbiya – bu insonning tabiatga qadam qo‘ygan dastlabki vaqtidan boshlab, butun hayoti
davomidaa tabiatdan ongli ravishda foydalanishga psixologik odob-ahloq yuzasidan
yaxshi urf-odatlarni tarbiyalash uning qalbida tabiiy boyliklarni ko‘paytirish xislatini
uyg‘otishdan iborat.
Chunki tabiatga ongli va ongsiz ravishda yetkazilgan jarohatlar ko‘p hollarda
ularda tabiat to‘g‘risida elementar muruvvatining yo‘qligidan sodir bo‘ladi.
Xullas, bugungi ekologik vaziyat ekologik ta’limotli yoshlarni tarbiyalab berishni
talab etmoqda. Ekologik muammo yetarlicha o‘rganib chiqilmaganligi bois bugungi
yoshlarimiz tabiatga e’tiborsizdek, nazarimda. Bu muammoni bola tarbiyasining
poydevori bo‘lgan oiladan boshlashimiz ya’ni bolaning yoshligidan ular ongiga singdirib
borishdan boshlasak ko‘zlagan maqsadga erishish osonroq kechadi. Shubhasiz, ularning
yoshligidanoq olgan tushunchasi o‘z natijasini beradi. Oilada bola tarbiya topar ekan,
avvalo unga go‘dakligidayoq nima yaxshi-yu, nima yomonligi haqida dastlabki
ma’lumotlarni bera boshlaymiz.
Dastlabki tushinchalarni berish asosida biz ularning nimaga? degan savoliga asosli
javob bera olamiz. Ular qushlarni boqish mobaynida ularning chiroyliligidan zavq oladi,
beozorligiga havas uyg‘onadi. Gullar parvarishi orqali ularni ushlab, hidlab ko‘radi va
boshqalarning sindirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tozalikni saqlash bilan birga ozodalikdan
ko‘ngli ravshanlashadi, shunga ko‘nikib boradi. Shu borada tabiat asoschisi Ibn Sino
bobomizning “Agar chang bo‘lmaganda edi, inson ming yil umr ko‘rgan bular edi,”-
degan iborasidan foydalanish g‘oyat samarali natija berishiga shubha yo‘q. Jonzotlarni
parvarish qilish orqali ularga mehr qo‘yishadi va bu ajoyib xislatning atrofdagilarga ham
ta’siri bo‘ladi. Ularni vaqti bilan tomorqa ishlariga avval kuzatish uchun so‘ngra qo‘lidan
keladigan ishlari bilan jalb qilinadi. Mevalarni terib yeyishda albatta avval yuvish