241
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Yetti aka – ukaning
Bittadan singlisi bor
Ularning hammasi nechta? ( 8 ta )
Bir va yuz o‘rtasida
O‘rnim bilib turaman
Birdan keyin tushib nol
Yuksaklikka yuraman. ( 10 rasmi )
Topishmoqlarning javobi olinishi bilan o‘qituvchi topishmoqda ishlatigan sonlar
bilan alohida ish olib boradi. Masalan, birdan o‘ngacha bo‘lgan sonlarning doskada
qanday yozilishini ko‘rsatadi, o‘quvchilarga bu sonlarni harf kassasidan olib ko‘rsatishni
taklif qiladi. Kesma raqamlar yordamida og‘zaki va yozma misol, masalalar yechiladi.
Birinchi va ikkinchi sinf o‘quvchilariga sodda, yengil, uchinchi va to‘rtinchi sinf
o‘quvchilariga esa murakkabroq topishmoqlar beriladi. Agar topishmoqning javobini
topishda o‘quvchilar qiynalib qolishsa, o‘qituvchi javobini aytishga shoshilmasligi, uning
o‘rniga topishmoqlarning uy – ro‘zg‘or buyumlari, parrandalar, uy hayvonlari, yil fasllari
yoki tabiat hodisalari haqida ekanligini eslatishi kifoya.
O‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakalarini oshirishda turli didaktik
o‘yinlardan foydalanish ham katta samara berishi tajribada ko‘p bor sinalgan.
O‘quvchilar o‘yin faoliyatida bir-birlari bilan munosabatga kirishadilar, hamda ma’lum
predmetlar bo‘yicha tushuncha hosil qiladilar. Didaktik o‘yin dars mazmuniga muvofiq,
o‘quvchilarning aqliy taraqqiyotini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. “O‘yin
boshqa hamma usullardan ustunlik qiladi, chunki u xuddi bolalarning butun hayotini,
shaxsiy faolligini, mustaqilligini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi” - deb yozgan edi taniqli
uslubshunos A. Usova. “O‘yin – bu ijodiyot, o‘yin – bu mehnatdir “ – degan edi M.
Gorkiy. Birinchi sinf matematika darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma hisoblash
malakalarini oshirishda “O‘rningni top”, “Narvoncha”, “Sonni top “, “Zanjir”, “Bog‘bon
bola”, o‘yinlari katta yordam beradi.
O‘qituvchi dars va darsdan tashqari ishlar uchun o‘yinlarni tanlab, ularni uslubiy
tahlil qilib boradi. O‘yinlar yo‘sinida quyidagi asosiy masalalarni ko‘rsatish mumkin:
1.O‘yindan kutilgan maqsad. 2.O‘ynovchilar soni. 3.O‘yinlarni boshqarish qoidasi.
O‘qituvchi o‘yinlarni tanlash va o‘tkazish bilan chegaralanmasdan balki, uning
o‘tishini kuzatadi. Bu o‘yinda sinfdagi hamma o‘quvchilarni qatnashishiga ahamiyat
beradi. O‘qituvchi o‘yinlarga yakun yasab, eng yaxshi qatnashchilarni rag‘batlantiradi.
Masalan:
O‘yinning nomi: “ Asalarilar va gullar “
Darsning maqsadi: o‘quvchilar ongiga “oz”, “ko‘p”, “qancha bo‘lsa shuncha”
tushunchalarini singdirish, ularning fikrlash qobiliyatini o‘stirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |