227
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Fizik maydon o‘ziga xos xossalarga ega masalan: yorug‘lik zarrasi foton
c=300 000km/soat tezlikda harakatlanishi modda esa hamma vaqt maydon tezligidan
kichik bo‘lgan tezlikda harakatlanishi maydon o‘zaro ta’sirni universial o‘zatish
xossasiga ega ekanligini tajribada namoyish qilib labaratoriya tajribalarida ko‘rsatiladi.
Fizik maydonni o‘zaro ta’sirdan ajratib qarab bo‘lmasligi u o‘zaro ta’sirda namoyon
bo‘lishi aytiladi. Fizik maydonni tushuntirishda quyyidagilar shakllanmog‘i kerak:
1. Fizik maydon materiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib u makroskopik jarayonlarda
moddadan farq qiladi.
2. Fizik maydon modda bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib modda zarra molekula
atom yadro makrojismlar va hakozo orasidagi bog‘lanishlarni ifodalaydi.
3. Fizik maydon – u yoki bu o‘zaro ta’sirlashuvida moddiy tashuvchi bo‘lib xizmat
qiladi.
Elektromagnit maydon elektromagnit o‘zaro ta’sirda moddiy tashuvchi bo‘lishi
bilan materiya ko‘rinishi ekanligini, zaryadlangan jismga ta’siri bilan isbotlanadi.
Elektromagnit maydon ochiq elektr konturda hosil qilinib namoyish etish induktiv
g‘altakda hosil bo‘ladigan magnit maydon kondensatorda plastinkalararo hosil
bo‘ladigan elektr maydondan iboratdir tashkil etuvchilarga ega ekanligi tushuntiriladi
lekin va magnit maydonlarni ajratib bo‘lmasligi ularning birligi fazoda tarqaluvchi
elektromagnit maydonga ko‘rinadi. Statik elektr maydon tajribada tashkil etilib uning
maydon kuchlanganligi fazoning har bir nuqtasida vaqt bo‘yicha o‘zgarmay qolishi
elektromagnit maydonga esa maydon kuchlanganligi fazoning har bir nuqtasida vaqt
o‘tishi bilan o‘zgarishi o‘quvchilarga tushuntiriladi.
Statik maydon bilan harakatdagi elektromagnit maydonning farqi namoyish etilib
ko‘rsatilmog‘i kerak.
Maydonning moddiyligini tushuntirishda namoyish tajribaning roli katta ekanligini
unutmaslik kerak. har bir namoyish tajribada maydonlar ta’siri klassifikatsiyasini jadval
qilib borish uni yuzaga keltiradigan faktlar, kuzatiladigan hodisalar jadvalda ko‘rsatilib
tahlil qilish maqsadga muofiq bo‘lishini ko‘p yillik tajribada ko‘rsatadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan elektr magnit va elektromagnit maydonlar ta’sirlarining
barcha turlari jadval shaklida taqqoslanib ular haqida yagona tasavvur shakllanadi.
Maydonning turlarini fizik hodisalarni tahlil qilishda ko‘rsatish juda katta ilmiy –
metodik ahamiyatga ega bo‘lib o‘quvchilarga maydonni materiyaning ko‘rinishi
ekanligini kengroq tushuntirish imkonini beradi. Masalan o‘tkazgichda elektr tokining
oqishini o‘tkazgichdagi zaryadlangan zarralarning elektr maydon ta’siri ostida
harakatlanib zaryadli zarralar oqimi yuzaga kelishini ifodalash: o‘tkazgichdagi
harakatlanayotgan zaryad bilan magnit maydonning o‘zaro ta’siri natijasida tokli
o‘tkazgichning harakatga kelishini bilish elektromagnit maydonning moddaga ta’siri
elektromagnit maydon bilan priyomnik antenasi o‘zaro ta’sirlashuvida antenna E.Yu.K
Do'stlaringiz bilan baham: |