225
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Fizika faniga ,,Event and Reason”(hodisa va sabab) innovatsion texnologiyasi
Ushbu texnologiya tinglovchiga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrini aniq qisqa
holatda ifodalab tasdiqlovchi va inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. Bu
innovatsion o‘yin biror bobni yoki bo‘limni takrorlashda o‘tkazish ma’qul. Turli hayotiy
misollar bilan hodisani yoki qonunlarni tushuntirishda samaradorligi yuqori. O‘quvchi bu
o‘yinda qatnashib tezkor fikrlashga, fikrlash tezkorligini oshiribgina qolmay, o‘z
xotirasini mustahkamlaydi. O‘yin tezkor savol-javoblar asosida o‘tkaziladi. Masalan
o‘qituvchining ,,tosh yerga tushdi sabab?” degan savoliga o‘quvchi yerning tortishish
kuchini anglab yetadi.
O‘qituvchi savollarni va javoblarni bir marta o‘qib beradi va uni yodlab qolish
orqali xotirasini mustahkamlaydi. Javob berishda ikkilansa, ortiqcha va xato aytilgan
so‘zlar, turli xil to‘xtalishlar uning o‘yinda mag‘lub bo‘lganini bildiradi.
1-jadval
№
Hodisa
Sabab
1
Yuqoriga otilgan tosh yerga tushdi,
sabab?
Chunki, yerning tortish kuchi
2
Koptok dumalab to‘xtadi, sabab?
Chunki, unga ishqalanish ta’sir etadi
3
Paxta suvda cho‘kmaydi, sabab?
Chunki, paxtaning zichligi suvnikidan
kichik
4
Jism energiyasi kamayadi, sabab? Chunki, u ish bajargan
5
Jism impulsi ortadi, sabab?
Chunki, jism massasi yoki tezligi ortgan
6
Kamazning
to‘xtashi
yengil
mashinaga nisbatan qiyin, sabab?
Chunki, massasi katta ya’ni inersiyasi
katta
7
Muz erigan, sabab?
Chunki, muz issiqlik miqdori olgan
8
Radio ovozi eshitilmadi, sabab?
Chunki, bu muhit vakuum
9
Isitgichlar pastga joylashtiriladi,
sabab?
Chunki, sovuq va og‘ir havo pastda
bo‘ladi
10 Kunduz kuni yer isiydi, sabab?
Chunki, quyoshdan yerga issiqlik
nurlanish orqali yerga yetib keladi
Bu innovatsion texnologiyaning afzalliklarini dars jarayonida qo‘llab samaradorligi
sinab ko‘rildi. Bu yo‘l orqali bir vaqtning o‘zida o‘tilgan mavzularni takrorlash, bilimini
va xotirasini mustahkamlash kabilarni bir vaqtning o‘zida olib boradi. O‘qituvchi vaqtdan
yutadi va bir darsning o‘zida sinfda 80-90% o‘quvchi bilan takrorlash va mustahkamlash
ishlarini olib boradi. Mualliflarning fizika va geografiya fanlarida o‘tkazilgan
tadqiqotlarida
(1-jadvaldagiga o‘xshash
tajribalarda) innovatsion texnologiya
effektivligi, fizika fani N.X.Tursunmuratova, U.K.Safayev, F.X.Raximova goegrafiya
fani S.K.Norbekova, fanlarga joriy qilganda o‘rtacha 80-90%ni samaradorlikka
erishilgani ko‘rsatdi. 1-jadvalni har bir fanga, darsga moslashtirish mumkin. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |