134
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
individual yoki yalpi oʻqitishning nisbati, oʻquv-bilish faoliyatining faollik darajasi,
hamkorlikda tashkil etilgan oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyati va oʻqituvchining
rahbarlik roli, pedagogik faoliyatining me’yorini belgilaydi.
Yesipov B.P. tomonidan chop etilgan “Основы дидактики” kitobida oʻquv
ishlarini tashkil etish shakllari oʻquvchilarning bilish faoliyati turlarining ketma-ketligi,
oʻqituvchining mazkur faoliyatni boshqarish usullari, mashgʻulotlarning mazmuni,
tarkibi va vaqtini belgilaydi deb uqtirilgan. Verzilin N.M., Korsunskaya V.M. ta’rifi
boʻyicha oʻqitish jarayonini tashkil etish shakllari – oʻqituvchi tomonidan tarbiyalovchi
ta’lim jarayonida foydalaniladigan turli sharoit (biologiya oʻquv xonasi, ekskursiya, tirik
tabiat burchagi, tabiat)da oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyatini tashkil etish
tushuniladi.
Oʻquvchilar tomonidan biologiya oʻquv fani dasturlari va DTS bilan me’yorlangan
muayyan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish
jarayoni oʻqitishning turli shakllaridan foydalanishni taqozo etadi. Biologiya oʻqitish
metodikasida oʻqitish jarayonini tashkil etishning turli shakllari belgilangan. Ularga
dastur talablarini amalga oshiradigan oʻqitishning asosiy shakli boʻlgan dars, unga
bogʻliq holda ekskursiyalar, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar va ixtiyoriy ravishda
tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashgʻulotlar kiradi. Mazkur oʻqitish shakllari
birgalikda biologiya oʻqitish shakllari tizimini tashkil etadi.
Ekskursiya – biologiyani oʻqitishning muhim shakli.
Biologik ekskursiyalar – sinf yoki muayyan oʻquvchilar guruhi bilan oʻquv dasturiga
muvofiq, oʻqituvchi tomonidan maktabdan tashqarida tabiiy muhit yoki sun’iy yaratilgan
sharoitda ob’ektlarning yashash muhiti va unga bogʻliq holda oʻziga xos xususiyatlarini
oʻrganish maqsadida oʻtkaziladigan oʻquv-tarbiya jarayonining muhim shakli sanaladi.
Ma’lumki, biologiya oʻquv fani sifatida oʻquvchilarni tabiat, tabiatning anorganik
tarkibiy qismlari, ulardagi oʻzgarishlar va tirik organizmlarning oʻziga xos hayotiy
jarayonlari, yashash muhitiga moslashishi, ekologik jamoalar, ularda modda va energiya
almashinuvining xususiyatlari bilan tanishtiradi.
Oʻqituvchi rahbarligida tabiatdagi mavsumiy oʻzgarishlarlarni kuzatish, tirik
organizmlarning xilma-xilligi, yashash muhitiga moslashishi, ular oʻrtasidagi biotik aloqa
formalarini oʻrganish, oʻquvchilarda olamni yaxlit tasavvur qilish, tabiiy jamoalarning
tarkibiy qismlari oʻrtasidagi aloqadorlik haqidagi bilimlarni shakllantirish, tabiiy muhitda
tirik organizmlarning yashash sharoiti bilan tanishish maqsadida ekskursiyalar tashkil
etiladi.
Ekskursiyaning turlari. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida ekskursiyalar
davomiyligiga koʻra bir soatlik, bir kunlik va koʻp kunlik boʻlishi mumkin. Bir soatga
moʻljallangan ekskursiya – maktab hovlisida yoki oʻquv tajriba yer maydonchasida
oʻtkaziladi. Bir kunga moʻljallangan ekskursiya tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga,
fermer xoʻjaliklariga, hayvonot yoki botanika bogʻiga, baliqchilik yoki parrandachilik
Do'stlaringiz bilan baham: |