84
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
ishlashi, matematik amallarni bilishi, ularni kundalik hayotda qo‘llay olishi, mantiqiy va
erkin fikrlashi, o‘z-o‘zini boshqarishi, jamoada o‘zini tuta bilishi, yozma, og‘zaki
muloqat madaniyat qoidalarini egallashi, chet tillarini puxta o‘rganishi ta’lim poydevorini
mustahkamlashdagi omildir.
Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘quvchilarning kreativ fikrlashini shakllantirish
usulini qo‘llash, undan unumli foydalanish ta’lim oluvchining bilim, malaka, ko‘nikma
o‘zlashtirish jarayonini qulaylashtiradi. Bu tajribalarni karantin davrida qo‘llab onlayn
tarzda o‘tdim. O‘quvchilarimning ota-onalari bilan farzandining onlayn darslarga
qatnashishi, uy vazifalarini bajarishi haqidagi telefon orqali muloqat yaxshi natija berdi.
Kulol loyga ishlov berganda uning ishi go‘zallashib,sayqal topib borganida uning
yasagan mahsuloti ochiladi. Xuddi kuloldek boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ham o‘zining
bor mahorati, qobiliyati, faniga qiziqishi, izlanuvchanligi,erk bilan hamnafas bo‘lib
qadam tashlab ilg‘or tajribalarni qo‘llay olishi kerak.
Bu borada mamlakatimizning ta'lim tizimida ishlashi,o‘qishi uchun o‘quvchi,
o‘qituvchilarga keng imkoniyatlar yaratilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanib, fanga oid mustaqil axborotni topishi, mavzuga oid ijobiy, salbiy fikr bildira
olishi,musiqa, annimatsiya yaratish yordamida estetik, emotsional muhit yarata olish
imkonini beradi. Boshlang‘ich ta’lim jarayoniga yangiliklarni tez-tez joriy etish, bir xil
dars o‘tishdan qochish, malakali o‘qituvchining ish tajribasini o‘z pedagogik faoliyatida
qo‘llay bilishi kerak.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limning asosiy maqsadi bolani o‘qishga bo‘lgan
ijodiy munosabati, o‘qish savodxonligi, turli ma’lumotlar bilan ishlashi, matematik
amallarni bilishi, ularni kundalik hayotda qo‘llay olishi, mantiqiy va erkin fikrlashi, o‘z-
o‘zini boshqarishi, jamoada o‘zini tuta bilishi, yozma, og‘zaki muloqat madaniyat
qoidalarini egallashi, chet tillarini puxta o‘rganishi ta’lim poydevorini
mustahkamlashdagi omildir. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘quvchilarning kreativ
fikrlashini shakllantirish usullarini qo‘llash, ulardan unumli foydalanish ta’lim
oluvchining bilim, malaka, ko‘nikma o‘zlashtirish jarayonini qulaylashtiradi.
Atrofga boqsak, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli, aql,
idroki, fikrlashi, tasavvur qilishi orqali yaratilgan namunalarga duch kelamiz. Har bir
sohada ijodiy fikrlovchi, yangilik yaratuvchanlik qobiliyati bor insonlarga talab katta. Bu
jarayonlarga beg‘ubor qalb egalarida qiziqish, ularga intilish hissi tez uyg‘onadi. Shunday
ekan, o‘z-o‘zidan savol tug‘ilishi tabiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |