Bugungi axborot texnologiyalarining rivoji shiddati boshqa sohalar kabi ta’lim
texnologiyalari ta’limning ajralmas bir qismiga aylanib borayotgan bir davrda ta’lim
80
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
sifatini oshirish, shuning berilayotgan bilimlarning sifatini baholash ham muhim
masalalardan biridir.
Jamiyat misli ko‘rilmagan darajada o‘zgardi, sanoat rivojlandi, turli texnologiyalar
kirib keldi, aynan bu o‘zgarishlar sababli o‘quvchilar ham ancha ilgarilab ketdi. Misol
uchun, bekatdami, bozordami, maktabdami biror kishidan mobil telefoningizda qanday
programmalar mavjud deyilgan savolga, albatta, o‘g‘lim yoki qizim “yaxshi tushunadi”-
degan javobni eshitishingiz tabiiy. Darhaqiqat, qaysi sohaga murojaat qilmaylik, AKT
asrimiz taraqqiyotining eng asosiy, ilgari yetaklovchi kuch sifatida qaralmoqda.
Jumladan, ta’lim sohasida ham bugungi texnika davrida biror kasbni ongli tanlay
oladigan, hayotda uchraydigan turli (kundalik va kasbiy) muammolarni tahlil qila
oladigan, raqamli iqtisodiyot, avtomatlashtirilgan tizimda (savdo, tarbirkorlik, texnika)
faol harakat qila oladigan, o‘z-o‘zini baholash malakalarini o‘zlashtirgan komil insonlarni
tarbiyalash talablari belgilangan. Sir emaski, bu boradagi ba’zi muammolarimiz ham
mavjud, albatta. Ta’lim infratuzilma (maktab markazida mavjud bo‘lgan uskuna va
ulanish tizimlari), moddiy ta’minoti, AKTdan foydalanish savodxonlik darajasi, AKT va
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish marketing metodlari kabi masalalarda fundamental,
kompleks yondoshish ishlari tizimli yuritilmagan.
Birgina matematika fanini oladigan bo‘lsak, bu fandan Xalqaro miqyosda
qanchadan-qancha tadbir va konkurslar bo‘lib o‘tmoqda. Allomalar yurtida bu konkursda
ishtirok etuvchilarni talaygina topish mumkin. Ammo bunday iqtidorli o‘quvchilarni
bilimni sinovdan o‘tkazib tayyorlab borish yagona mexanizm yo‘q, statistik ma’lumotlar
bazasi shakllantirilmagan, tumanlarda konsultatsiya xonalar tashkil etilmagan, test
nazoratini markazlashtirish ishlari bir tizimga keltirilmagan.
Bu muammolarni bartaraf etish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari
asosida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan yangi mexanizm joriy etish — ta’lim
tizimini avtomatlashtirish, o‘quv jarayonini masofadan boshqarish, diadaktik
materiallarning DTSlari talablariga mosligini avtomatik tarzda aniqlash (baholash) va
onlayn o‘zlashtirish tizimlarini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Ya’ni yoshlarning (bitiruvchi) matematik savodxonligini aniqlash va ularni baholash
bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish platformasini yaratish lozim. Bunda, asosan:
✓ o‘quvchilarning matematik savodxonligini baholash bo‘yicha davlat ta’lim
standartlarini isloh qilish;
✓ avtomatlashtirilgan test tizimini joriy etish mexanizmini yaratish;
✓ matematika fanini baholash bo‘yicha talab qilingan sharoitlarga ega regional
markazlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
✓ umumta’lim muassasalarida matematika fani bo‘yicha ta’lim berayotgan
o‘qituvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish;
✓ milliy testologlar maktabini tashkil etishga zamin yaratish ishlarini qamrab
olinishi lozim.