Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet21/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Birinchidan, shuni ta’kidlash joizki, ushbu hujjatda huquqiy va siyosiy tafakkuming eng yuksak yutuqlarini, hozirgi zamon kons­titutsiyaviy lik ilmini mujassam etgani, o‘zbek xalqi madaniyati va milliy an’analarining chuqur ildizlariga suyanilganligi ham Konsti- tutsiyaning o‘ziga xos muhim xususiyatidir.
Ikkinchidan, ushbu hujjat, 0‘zbekiston Respublikasidagi av- valgi ijtimoiy-iqtisodiy. davlat siyosiy tizimini amalda boshqa tizim- ga aylanganini, tubdan yangilanish ro‘y berganini konstitutsiyaviy rasmiylashtirish lozim edi. Masalan «sotsialistik» o‘tmishdan, ayni vaqtda sovet namunasidagi tizimdan ham voz kechgan holda ijtimoiy ong «davlatlashib ketgan umumxalq mulkchiligini» ijtimoiy taraqqi- yotiga to‘g‘anoq sifatida inkor etib, xususiy mulkni, iqtisodiy erkin- lik va yakka tartibdagi tadbirkorlami tan oldi. Yangi Konstitutsiya mohiyatining o'ziga xos tomoni ana shu omillar bilan belgilanadi. Demak, 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmunan yangi, prinsipal siyosiy hujjatdir. Unda ijtimoiy-siyosiy xususiya- ti, uni rivojlantirishning asosiy g‘oyalari, respublika ichki va tashqi siyosatining eng muhim yo‘nalishlari belgilab berildi. Konstitutsi­ya jahonning siyosiy xaritasida yangi suveren davlat - 0‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lganligini qonuniy tasdiqlab berdi.
0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yuridik hujjat. Uning qoidalari hamisha hukmronlik, birinchilik, ta’sis kuchiga ega- dir. Boshqa qonunlarning hammasi u yoki bu tarzda Konstitutsiyaviy me’yorlar asosida yaratiladi, uni rivojlantiradi va ro‘yobga chiqara- di. Uning asosida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qudratli axloqiy kuch- ga egadir. Unda awalo insonparvarlik, adolat g‘oyalari mustah- kamlab berilgan. Konstitutsiyaning «insonga qaratilganligi» xusu- siyatini alohida ajratib ko‘rsatish lozim. Konstitutsiya maqsadining cho‘qqisida inson, fuqaro, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari turadi. «Endilikda inson, uning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sa- nalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi», - deb ta’kidladi Respublika Prezidenti I. Karimov Konstitutsiyaning bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisda.
Konstitutsiyaga asos qilib olingan prinsiplar o‘z mohiyatiga ko‘ra huquqiy davlataing eng asosiy talablarini aks ettiradi. To‘g‘ri, bunday prinsiplaming ayrimlari - «suverenitet», «xalq hokimiya­ti», «ijtimoiy adolat», «qonuniylik» awalgi sovet konstitutsiyalarida ham uchraydi. Biroq, yangi 0‘zbekiston Konstitutsiyasida bu prin­siplar tub, asl ma’no kasb etgan.
Davlat suvereniteti prinsipi - respublikada davlat hokimiyati- ni tashkil etishning muhim prinsipidir. Hokimiyat suverenitetining mazmuni shundaki, bunda hokimiyat bir tomondan mamlakat ichida ustunlik va mustaqillikka ega bo‘Isa, ikkinchi tomondan tashqi siyo­sat, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatda o‘zi erkin, mustaqil ish ko‘radi.
Davlat suverenitetining ichki jihatlari mazmuni Konstitutsiya­ning I bobida juda aniq ochib berilgan. Chunonchi, «0‘zbekiston suveren demokratik respublika» ekanligi bayon etilgan, demakki, qonun bilan mustahkamlab berilgan. Davlat o‘z hududi va milliy boyliklariga nisbatan eng oliy huquqqa egadir. «0‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir», (3-modda). 0‘zbekiston Respublikasi mustaqil ravishda o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyatni va boshqaruv organla- rining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi, respublika Konstitutsiyasi o‘z hududida ustunlikka ega bo‘lgan qo­nunlar qabul qiladi.
Davlat suverenitetining beistisno barcha ijtimoiy hokimiyat va- kolatlari faqat konstitutsiyaga binoan tuzilib, amalda bo‘lgan dav­lat institutlaridagiga to‘la va so‘zsiz jamlanishini taqozo qiladi. Ana shu nuqtayi nazardan 10-modda mantiqan juda katta ahamiyatga ega. «0‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Parlamenti ish olib borishi mumkin». 0‘zbekiston Res- publikasida davlat hokimiyati faqatgina 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida berilgan vakolat idoralarda amalga oshirishi ham nazarda tutilgan. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hoki- miyatning yangi tizimlarini yaratish Konstitutsiyaga xilof hisobla­nadi va qonunga binoan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi» (7-modda).
Xalqaro doirada 0‘zbekiston Respublikasining ustunligi va mustahkamligi uning davlatlararo muloqotlaming to‘laqonli va teng huquqli subyekti sifatidagi maqomiga asoslanadi. Konstitutsiyada 0‘zbekiston davlatining alomatlari qayd etilgan bo‘lib, ular davla- timiz xalqaro munosabatlarining teng huquqli subyekti ekanligini .ta’minlaydi.
Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi qoidasi mukammal tarzda o‘rin olgan. Shu bois yangi Konstitutsiya xalq hokimiyati prinsipiga asoslanadi va uni mustah- kamlaydi. Xalq hokimiyati degan ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki ekanligini anglatadi. Xalq hokimiyati o‘z vazifalarini ham bevosita, ham o‘zi saylagan davlat organlari orqali amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir». U xalq manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi.
Asosiy Qonunda xalq hokimiyatining real omillari ko‘rsatib be­rilgan. Xalq saylov yo‘li bilan vakillik hokimiyati organlarini tuzadi, mamlakat Prezidentini saylaydi, umumxalq muhokamasi va referen­dum! orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, qarorlar (qo­nunlar) qabul qilinishida ishtirok etadi (9-modda). Shu tarzda xalq­ning suveren xohish-irodasi, uning o‘z davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish usullari konstitutsiyaviy yo‘l bilan mustahkamlanadi. Yana shuni ham alohida ta’kidlash joizki demokratizm - yangi Konsti­tutsiyaning asosiy prinsipi hisoblanadi. Chunki, xalqning turmush tajribasiga, respublika aholisining milliy va madaniy an’analariga, barcha ijtimoiy guruhlar va qatlamlaming manfaatlariga mos keladi­gan haqiqiy demokratiya prinsiplarini qaror toptirish yangi demok­ratik, adolatli jamiyat qurishda o‘ta muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifadir.
Shu bois ham Konstitutsiyaning muqaddimasida xalqning de­mokratiya g‘oyalariga, inson huquqlari va ijtimoiy adolatga sado- qatli ekanligi rasman e’lon qilingan. «0‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi», - deb bayon etil­gan. 13-moddada «Konstitutsiyada davlat xalqning irodasini ifo- da etishi, uning manfaatlari yo‘lida xizmat qilishi ta’kidlangan. Umumxalq muhokamasi va umumxalq ovoz berishi (referendum) tartibotlari demokratik vositalar hisoblanadi. Xalq qonun chiqa- ruvchi organni shakllantirishda va respublika Prezidenti saylovida bevosita qatnashadi».Shuningdek, Yangi Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, hokimiyatlar taqsim- lanishi prinsipi ham asoslab berilgan. Ya’ni Qonunda qonun chi- qaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatining o‘zaro hamjihatligi va mustaqil ravishda amal qilishining o‘ta maq- bul mexanizmlari mustahkamlab berilgan. Hokimiyatning uchta tarmog‘i o‘rtasida muvozanat saqlashning oqilona tizimi yaratilgan. Chunonchi, qonun chiqaruvchi hokimiyat Oliy Majlis tomonidan, ijroiya hokimiyati esa 0‘zbekiston Repsublikasi Prezidenti va uning rahbarligi ostida Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Sud hokimiyati - Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, ular birgalikda respublikaning yagona tizimini tashkil etadi. Oliy Majlis tarkibida uning normal faoliyatini tartibga soladigan, hal etib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, yoxud u bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qa­bul qilsa, Prezident Konstitutsiyaviy sud bilan kelishgan holda qa­bul qilgan o‘z qarori bilan Oliy Majlisni tarqatib yuborishi mumkin (95-modda). Konstitutsion sud respublika qonunlari va Prezident- ning Farmon lari Konstitutsiyaga qanchalik mos kelishini aniqlaydi. Uning Konstitutsiyada o‘ziga berilgan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari uzil-kesil hisoblanadi va bu qarorlaming ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Konstitutsiyada kuchli va layoqatli ijroiya hokimiyati rivojlanti- rilgan. Bir tizimdan boshqa tizimga o‘tish davrida kuchli ijroiya ho­kimiyati zarurdir. Uni mustahkamlash qonun chiqaruvchi hokimiyat mavqeyini pasaytirish hisobiga yuz berishi kerak emas. Prezidentga awal berilgan vakolatlami aniqlash va to‘ldirish ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘rtasidagi muvozanatga rioya qilingan.
Chunonchi, Konstitutsiyaning 89-moddasiga muvofiq Prezident 0‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig‘i va ijro hokimiyatining boshlig'idir. U ayni bir vaqtda Vazirlar Mahkamasining ham Raisi hisoblanadi. Prezident vakolatlari to‘g‘risidagi modda uning huquq­larini sanab o‘tishda emas, balki uning zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklashdan boshlanadi. Xususan, Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafi- lidir. 0‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hu­quqiy yaxlitligini muhofaza etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi (93-moddaning 1-; 2-qismlari).
Prezident mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda res­publika nomidan ish ko‘radi, muzokaralar olib boradi. Respublika­ning shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika, tomonidan tu- zilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. Prezident davlat boshlig‘i sifatida hokimiyat va davlat boshqaruvi oliy organlarining hamjihatligini ta’minlaydi. U ijroiya hokimiyati devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, vazir- liklami, davlat qo‘mitalarini hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlami Oliy Majlis tasdig‘iga kiritadi. Bosh Vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini lavozimiga tayinlay- di va ulami lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalami Oliy Majlis tasdig‘iga kiritadi (93-moddaning 8-; 9-bandlari).
Prokurorlik nazorati ijroiya hokimiyati strukturasiga kiritildi. Shu vaqtga qadar prokurorlik nazorati go‘yoki «To‘rtinchi hokimi­yat» bo‘lib kelar edi. Endi 0‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari Prezident Farmoni bilan lavozimiga tayinla- nadi va lavozimidan ozod qilinadi, bu masala Oliy Majlis tasdig‘iga kiritiladi. 0‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar respublika hududida qonunlaming aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar (118- modda).
Prezidentning viloyat, tuman, shahar va xo‘jalik sudlari sud- yalarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etishga doir va­kolatlarini o‘ziga xos rag‘batlantiruvchi omil, deb qarash mumkin. Bu esa ularga odil sudlovni, hukm chiqarish va hal qiluvchi qaror- lar qabul qilishni davlat nomidan amalga oshirish imkonini beradi. Eng muhimi shundaki, sudyalar ishini ko‘rishdagi mustaqilligi va erkinligi Prezident nufuzi bilan mustahkamlanadi. Shu bilan birga tasdiqlash kerakki, na Prezident, na davlat boshqaruvining bosh­qa organlari sudlaming harakatdagi faoliyatlariga aralashmaydi. «0‘zbekistonning sud hokimiyati, - deyiladi 106-moddada, - qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi».
Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Basharti, mamlakatga hujum qilingan taqdirda urush holati e’lon qilib, bu qarorini uch kecha-kunduz ichida Oliy Majlis tasdig‘iga kiritadi.
0‘zbekiston Respublikasi faol tashqi siyosat o‘tkazish tarafdo- ri ekanligini bayon etilishi Konstitutsiyaning butunlay yangi prin- siplaridan biridir. Bunda Respublikaning o‘z milliy davlat manfaat- larining ustuvor ekanligini belgilovchi omildir. 0‘zbekiston tashqi siyosat sohasida xalqaro munosabatlaming to‘la huquqli subyekti sifatida Konstitutsiyada belgilab berilgan davlatlaming suveren teng- ligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralar- ning daxlsizligi, nizolami tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlar- ning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalariga va normalariga asoslanadi (17-modda).
Konstitutsiyaning maxsus bobi (XXI-bob) joylardagi davlat ho­kimiyati organlariga bag‘ishlangan. Bu bobda o‘zini o‘zi boshqa­rish prinsiplarini mustahkamlash bilan bir qatorda mahalliy hoki- miyatning boshlig‘i bo‘lgan hokim tartiboti joriy etiladi. Tegishli huquqlardagi mahalliy vakillik hokimiyati - xalq Kengashlariga, shuningdek, ijroiya hokimiyatiga viloyat, tuman, shahar hokimlari boshchilik qiladilar.
Viloyat hokimlari va Toshkent shahrining hokimi Prezident to­monidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tuman, shahar va shaharlardagi tumanlar hokimlari tegishli yuqori turuvchi hokimlar tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qi- linadi hamda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomoni­dan tasdiqlanadi (102-modda).
Hokim o‘z vakolatlarini yakka boshchilik asosida amalga oshiradi va o‘zi rahbarlik qilayotgan idoralaming qarorlari va fa- oliyati uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda mahalliy hokimiyat o‘z-o‘zini boshqarish jamoat or­ganlari shaklida amalga oshiriladi. Fuqarolarning yig‘inlari bunday o‘zini o‘zi boshqarishning organlari hisoblanadi. Fuqarolar ikki yarim yil muddatga rais (oqsoqol) va uning maslahatchilarini say- laydilar. 0‘zini-o‘zi boshqarishning bunday shakli shahardagi ma- hallalar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarda ham amalga oshiri­ladi (105-modda).
Bizning Konstitutsiyamizda birinchi marta 0‘zbekiston Respub- likasidagi sud hokimiyatiga doir maxsus bob paydo bo‘ldi. Qonuniy va huquqiy tartibotni ta’minlash manfaatlariga asoslanib, Konsti­tutsiyada prokuratura idoralarining maqomi va tashkiliy asoslariga alohida e’tibor berilgan. Prokuraturaning yagona markazlashgan ti- zimi respublika Bosh prokurori tomonidan boshqariladi (119-120- moddalar).
0‘zbekiston Respublikasining moliya va kreditlari, mudofaa va xavfsizligi to‘g‘risidagi qoidalaming birinchi marta aks ettirilganligi Konstitutsiyada bizga tamoyilga aylanmagan butunlay yangi hodisa- dir.
d) Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish - islohotlar ehtiyoji
Konstitutsiyaning barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta’minlash maqsadida Konstitutsiyaga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bu tabiiy va o‘tish davriga xos hodisa. Islo­hotlar chuqurlashib, jamiyatni modemizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni kolami va miqyosi kengaygani sayin, ular butun salmog‘i bilan Asosiy Qonunda o‘z ifodasini topishi va huquqiy asosiga ega bo‘lishi lozim.
2002-yil 27-yanvarda umumxalq Referendumi o‘tkazildi. Refe­rendum yakunlariga ko‘ra 2003-yil aprelda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning o‘n birinchi sessiyasi 0‘zbekiston Respublikasi Konsti- tutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonun qabul qildi.
Ushbu qonun asosida 0‘zbekiston Respublikasining Konstitu­tsiyasi moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlar asosan uning beshinchi bo‘limi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga taalluqli bo‘ldi.
Ma’lumki, 2002-yil 27-yanvarda umumxalq Referendumi 0‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib o‘zgartish to‘g‘risidagi masa- lalarga bag‘ishlangan edi.
Referendum qarorlariga muvofik, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi, «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ular 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli o‘zgar- tirishlar va qo‘shimchalar kiritish uchun asos bo‘lib hisoblandi. Shunga muvofiq XVIII bob quyidagi tahrirda bay on etildi;
«76-modda, O'xbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy dav­lat vakillik organ! be/'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amal­ga oshiradL
Gszbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki paiatadan qonun- chilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik pa­latasi va Senati vakolat muddati besh yil».
Shunga ko‘ra, 2004-yil 25-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovga mu­vofiq 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palata­si hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida bir yuz yigirma deputatdan iborat tarzda shakllantirildi. Konstitutsiyaga muvofiq 2005-yil, yanvar oyida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj­lisining Senati hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida teng miqdorda - olti kishidan saylandi. Ayni chog‘da 0‘zbekiston Res­publikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliya- tining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fiiqarolar orasidan 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.
Yana shuni aytish joizki, Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil 0‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan 0‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati, shu­ningdek, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar qonun bilan kafolatlandi.
Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida 0‘zbekiston Respublika­si Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi ko‘rsatib qo‘yildi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish