Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet18/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Birinchidan, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng mu­him vazifa bu qonunchilik hokimiyati bo‘lmish mamlakat Parlamen- tining roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib va barqaror muvoza- natga erishishdan iborat.
Shu borada:

  • Prezident vakolatlarining bir qismini Parlamentning yuqori pa­latasi - Senatga va hukumatga o‘tkazish, professional, doimiy asos- da ishlaydigan quyi - Qonunchilik palatasini shakllantirish, uning vakolat va huquqlarini kengaytirish;

  • Bosh vazir va umuman, mamlakat hukumatining rolini va shu bilan birga, mas’uliyatini kuchaytirish;

  • sud hokimiyatining mustaqilligi va erkinligini mustahkamlash- ga qaratilgan aniq, qonuniy chora-tadbirlami amalga oshirish.

Biz oldimizga qo‘ygan maqsadni soddagina ifodalamoqchi bo‘lsak - har qanday hokimiyat, u qonunchilik yoki ijro va sud hoki­miyati bo‘ladimi - bulaming barchasi quyidagi talablarga javob be- rishi shart. Ya’ni, har qaysi o‘z vazifasini anglashi, o‘z mas’uliyatini his qilishi, o‘z yukini ko‘tarishi va ta’bir joiz bo‘lsa, o‘z aravasini mustaqil ravishda tortishi darkor.
Ikki palatali parlamentni barpo etishdan maqsad:

  • parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har to­monlama asosli va puxta qaroriar qabul qilishi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish;

  • Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;

  • Senat asosan mahalliy Kengashlar, hududlaming vakillari- dan iborat bo‘lishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlaming mutanosibligiga eri­shish;

  • aholining mamlakat ij'timoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko‘lamini yanada kengaytirish.

Ikkinchidan, Biz hokimiyatning uchinchi tarmog‘i - sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirishga alohida ahamiyat beramiz.
Sud - odil sudlovning oliy nuqtasi va uning rolini oshirish hu­quqiy davlat barpo etish yo‘lidagi qonuniy jarayon. Shu munosabat bilan prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga o‘tkazish ho- zirgi zamonning mantiqiy talabidir. Va bu, eng awalo, insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, daxlsizligini cheklash bilan aloqador masalalarga tegishlidir.
Bugungi kunda jinoiy va protsessual qonunchiligimizning dast- labki tergov va sudgacha bo‘lgan jarayon ustidan sud nazoratini ku­chaytirish bilan bog‘liq ayrim qoidalami qaytadan ко‘rib chiqish zarurati vujudga keldi.
Boshqa demokratik davlatlar kabi O‘zbekistonda ham shaxsni ushlab turisfe, hibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual raaj- buriy choralarini qoilash uchun sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o‘tkazish kerak, deb o‘vlayman.
Biroq ushbu jarayon tashkiliy - huquqiy masalalarini pux­ta va jiddiy tarzda ishlab chiqishni hamda sud tizimida va u bilan bog‘liq boshqa huquq-tartibot va prokuratura organlarining ushbu o‘zgartirishlami kiritish uchun zamr tayyorgarlikka ega bo‘lishini taqozo etadi.
Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal etishi- miz lozim bo‘lgan yana bir masala - bu jazoiash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlashdir.
Bu o‘rinda gap, ayrim mamlakatlarda bo‘lganidek, o‘lim jazo- siga moratoriy qo‘llash, ya’ni mahkum yillar davomida ushbu jazo chorasi qachon ijro etilishini kutib yotishi to‘g‘risida emas, balki uni butunlay bekor qilish haqida bormoqda.Biz mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab ushbu masalani hal qilish ustida ish olib bormoqdamiz. 0‘tgan o‘n yildan ortiqroq vaqt mobaynida o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar tarkibi 33 tadan 2 tagacha qisqartirildi.
Endilikda faqat terrorchilik va og‘irlashtiruvchi vaziyatlarda qasddan odam o‘ldirganlik uchungina o'lim jazosi berilishi ko‘zda tutilgan. Ayni vaqtda qonunchiligimiz o‘lim jazosining xotin- qizlarga, voyaga yetmaganlar va oltmish yoshdan oshgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishini man etadi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish