4. Ot oldirish tizimiga TXK. TXK jarayonida diagnostikalash, maxkamlash, moylash va sozlash ishlari bajariladi.
Ot oldirish tizimini diagnostikalash. Diagnostikalashda elektron-nur trubkali qozgalmas motor-testerlardan, hamda elektron avtotesterlardan (sonli aks ettiruvchi) foydalaniladi.
Motor-tester va elektron avtotestr yordamida aniqlangan korsatkichlarni me'yoriy ossillogrammalar bilan taqqoslab, ozgaruvchan tok generatori, kondensator va ot oldirish galtagining birlamchi sim chulgami holati, taqsimlagich kontaktlari orasidagi tirqish va uning holati, ot oldirish chaqmoqlaridagi kuchlanish va ot oldirish galtagining ishlash qobiliyatini aniqlab beradi. Hozirgi vaqtda motor-testerlarning ikkinchi avlodi bolgan mikroprotsessorli tizimga asoslangan avtotesterlardan keng foydalanish diagnostika jarayonini toliq avtomatlashtirish imkonini beradi.
Ot oldirish tizimiga texnik xizmat korsatish. Taqsimlagichni davriy ravishda moylab turish, uning kontaktlari orasidagi tirqishni tekshirish va rostlash, detallarning holati hamda tozaligini kuzatib borish lozim.
Xizmat korsatish vaqtida taqsimlagichning maxkamlanganligi tekshiriladi va zarur bolsa, yana maxkamlanadi. Bundan avval ot oldirish onining togri ornatilganligini tekshirish lozim. Taqsimlagich qopqogi yechib olinib, uning ichki va tashqi sirtlari kirdan tozalanadi.
Uzgich kontaktlari orasini moy qoldiqlari va changdan benzin shimdirilgan zamsh materialida tozalash kerak.
Kuygan kontaktlarni maxsus abraziv plastina yoki donadorligi 150 bulgan mayin oynasimon jilvir bilan tozalash zarur. Kontaktlarni tozalashda ularning yuzasida paydo bolgan donglik va chukurliklar tekislanishi lozim. Ularni toliq tekislash tavsiya etilmaydi.
Kontaktlar tozalangandan song ularni havo bilan puflash, songra benzinda yengil namlangan zamsh bilan artish va kontaktlar orasidagi tirqishni sozlash lozim.
Harakatlanuvchi kontakt oz oqida qadalib kolishini tekshirish uchun richagni barmoq bilan tortib, song qoyib yuboriladi, richag prujina chertilgandek, tez sur'atda dastlabki holatiga qaytishi lozim. Agar richag dastlabki holatiga sekin qaytsa, harakatlanuvchi kontakt yoki kontakt yigmasi yangisiga almashtiriladi.
Taqsimlagichdagi markazdan qochma va vakuumli sozlagichlarning ishlashi hamda uchqunning bir maromdaligini tekshirishni, shuningdek, kontaktlarning ochiq holatda turish burchaklarini ornatishni maxsus SPZ-12 jihozida yoki shunga oxshash jihozlarda amalga oshirish darkor. Uzgich oqining ichquymasi hamda kop avtomobillarda qollanilayotgan vakuum sozlagich podshipnigini davriy ravishda moylab turish lozim.
Ot oldirish burchagini irgarilatishni tekshirish va sozlash. Bu ishni bajarish siqish taktida, ishlamay turgan dvigatelda, porshen yuqori chekka nuqtaga yaqinlashish chogida blok va shkivdagi (yoki maxovikdagi) belgilarni bir-biriga togri keltirilib, songra bir uchi kontaktga keluvchi simga va ikkinchi uchi massaga ulangan lampochkaning yonish onini aniqlash orqali bajariladi. Biroq bu usulda xatolik 5 gacha yetadi. Shuning uchun yakuniy sozlash dvigatel salt yurishda ishlab turganida va tezlashayotgan vaqtda tezlik va yuklanishni hamda vakuumli va markazdan qochirma sozlagichlar ishini hisobga olib amalga oshiriladi. Agar dvigatelning salt yurishida vakuumli sozlagich uzib qoyilsa, tirsakli valning aylanishlar soni tosatdan tushib ketadi, markazdan qochirma sozlagichning yaxshi ishlamasligi dvigatelning tezlik olish qobiliyatini susaytiradi.
Ot oldirish burchagini aniq sozlash ishlayotgan dvigatelda stroboskop yordamida bajariladi. Uning ishlash prinsipi qisqa vaqt (0,0002 s) oraligida belgilangan onlarda aylanuvchi detalni qisqa yoruglik impulsi bilan yoritilsa, u qozgalmas bolib korinishiga asoslangan. Shunga asosan tirsakli valning kichik, orta va katta aylanishlarida ot oldirish burchagining me'yoriy qiymatlari tekshiriladi. Tekshiruv natijalariga kora uzgich-taqsimlagich sozlanadi yoki almashtiriladi. Almashtirilgan uzgich-taqsimlagich ustaxonada ta'mirlanadi va ta'mirlash sifati qozgalmas jihozlar yordamida tekshiriladi.
5. Elektr jihozlarida, ya'ni generator, tok togrilagich, relesozlagich, starter, elektr simlari, olchov-nazorat yoritish asboblarida uchraydigan nosozliklar va ularning alomatlari, ularning texnik holatini tekshirish, sozlash va joriy ta'mirlash ishlari texnologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |