2. Dizel dvigatellarini ta'minot tizimiga diagnoz qoyish,sozlash va unga TXK texnologiyasi
A)Dizel dvigatellari ta'minot tizimining nosozliklariga yuqori bosimli nasos va forsunka, plyunjer juftini yedirilishi va bosm me'yorini pasayishi, hamda germetiklikni buzilishi, forsunkaning purkash teshigini qurum bosib qolishi kiradi. Bu nosozliklar yonilgi purkash momentini ozgarishiga, yonilgi nasosini bir maromda ishlamasligiga xamda ishlab chiqarish qobilyatiga va yonilgi purkash sifatini pasayishiga olib keladi.
Dvigatel ta'minot tizimining nosozligi va ishlamay qolishining tashqi alomatlari quyidagilardan iborat: dvigatelni ishga tushirishning qiyinlashishi, yonilgi sarfining me'yoridan ortib ketishi, notekis ishlashi, tutashi, quvvatining kamayishi, shovqin bilan ishlashi va dvigatelning tirsakli vali aylanishlar sonining ozgarmasli hisoblanadi.
Dvigatelni ishga tushirishning qiyinlashishiga asosiy sabab yonilgi kamerasiga kam miqdorda yonilgi uzatilishidir. Tizimga havo kirib qolishi, filtrlovchi elementlarning ifloslanishi, past bosimli nasosning nosozligi (yoki yuqori bosimli yonilgi haydash nasosi-YUBYON), plunjer juftining yeyilishi natijasida bosimning kamayishi va forsunka purkagichi soploli teshigining yeyilishi hamda purkash teshigini qurum tosib qolishi natijasida yonilginig purkalishi yomonlashadi.
Dvigatelning bir teks(tebranishsiz) ishlamasligi-tirsakli val aylanishlar soni kamligidan ta'minlash tizimiga havo sorilib qolishidan, yonilgi nasosi seksiyalaridan yonilgi notekis yetkazilib berilishidan va forsunka holatining nosozligidandir. Dvigatelning tutab (qora tutun bilan) ishlashi: YUBYON dan yonilgining erta yoki kech yetkazib berilishi sababli tola yonmasligi, forsunka yeyilishidan soplo teshigining kengayishi natijasida purkash bosiminining kamayishi, kech yonilgi yetkazib berilishi, forsunkadan sizib oqishi, havo filtrining ifloslanishi, purkalish teshigining qurum bosib ketishi natijasida purkashning yomonlashishi, forsunka soplosining ifloslanishi va yonilgida suv toplanib qolishi sabablidir.
Dvigatel quvvatining kamayishi ta'minlash tizimiga havo sorilib qolishi, havo filtrining ifloslanishi, yonilgining yetarli miqdorda yetkazib berilmasligi, purkash burchagi sozlanishining buzilishi, forsunkadan yonilgi purkalishining yomonlashishi, YUBYON dan yonilgini notekis va kam yetkazib berilishi, kompressiyaning kam bolishi hamda tegishli (belgilangan) yonilgidan foydalanmaslik sabablidir.
B) Ta'minot tizimiga diagnoz qoyish va TXK da tizim germetikligi, yonilgi va havo tozalagichlar holati, yonilgi haydash nasosi va yuqori bosim nasosi ishlashi tekshiriladi.
Tizim germetikligi alohida ahamiyatga ega bolib, u ishdan chiqsa bakdan yoqilgi haydash nasosigacha qismda tizimga havo surilishiga va yoqilgini koproq sarf bolishiga, hamda apparatlarni yaxshi ishlamasligiga olib keladi. Bu qism maxsus pribor-bachok yordamida tekshiriladi, qolgan qismi esa koz bilan tekshiriladi. Yonilgi va havo filtrlari koz bilan tekshiriladi.
Yonilgi haydovchi va yuqori bosmli nasos SDTA jihozida tekshiriladi. Yoqilgi haydovchi nasosning ishlab chiqarish qobiliyati kamida 2.2 lminut (YAMZ-236 dvigateli uchun), maksimal hosil qiladigan bosim 380 kPa bolishi kerak. Silindrlarga yonilgi purkash burchaklari,uning ishlash rejimiga bogliq bolib, (1-0`, 5-45`, 4-90`, 2-135`, 6-180`, 3-225`, 7-270`, 8-315` KamAZ-740 dvigatellari uchun) uning bir-biridan farqi 0.5` dan oshmasligi kerak. Yuqori bosim nasosi ishlab chiqarish qobiliyati dvigatelning 1050 obmin aylanishlar sonida aniqlanib, har bir seksiyada 72.5-75mm^3sikl (Kamaz -740 dvigateli uchun) va bir-biridan farqi 5% dan oshmasligi kerak. Seksiyalar ishlab chiqarish qobiliyatining (Vf) farqi quyidagicha aniqlanadi:
(V max - V min)2
Vf 100 %
V max V min
bu yerda:
Vmax - eng kop ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bolgan seksiyaning korsatgichi, mm3
Vmip - eng kam ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bolgan seksiyaning korsatkichi, mm3
Forsunkalar HIIAT - 1609 pribori yordamida tekshirilib, uni germetiklik, purkash bosimi va purkash sifati aniqlanadi. Forsunka germetigligi 30 MPa bosimda tekshiriladi, uning 30 MPa dan -23 MPa ga tushishi 5 sekunddan kam bolmasligi kerak. Yangi forsunkalar uchun u 20 sekunddan kam bolmaydi. Purkash bosimi dvigatel turiga qarab KamAZ-740 uchun 17.6mPa, YAMZ-236 va YAMZ-238 uchun 14.7 mPa bolishi kerak. Yonilgining purkash sifati, uning forsunkaning purkash teshigidan bir maromda tumansimon chiqishi bilan xarakterlanadi. Yaxshi sozlangan dvigatel 400 - 600 aylmin.da bir maromda ishlashi kerak.
Dvigatellarda sozlash ishlarini bajarish uchun hamma priborlarning nosozliklari bartaraf etilgan, tizim germetikligi tekshirilgan, yonilgi va havo tozalagichlar kozdan kechirilgan bolishi shart.
Dizel dvigatellari ta'minot tizimining jihoz va detallarni joriy ta'mirlash murakkab jihozlar talab qilmaydigan tiklash ishlaridan va murakkab bolmagan ishlab chiqarish texnologiyasidan iborat. Shunday ishlar turiga: klapanlarni va ularni uyasini ishchi sirtini ishqalab yedirish (tosish ignasi va forsunka purkagichni ham), plunjer jufti va tarangligini yoqotgan prujinani almashtirish, truboprovod rezbalarini tiklash, yonilgi otkazish naychalari uchini (konussimon qilib) kerish, nasos korpusidagi yoriqlarni yamash va boshqa ishlar kiradi. Ta'minlash tizimining ta'mirlangan detallari jamlab yigiladi va zarur hollarda maxsus ornatmada va bevosita dvigatelning ozida chiniqtiriladi, sinaladi hamda sozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |