1. Korbyuratorli motorlarning yonilgi ta'minot tizimi.
A) Karburatorli dvigatellar ta'minot tizimidan kalibirlangan teshik va jiklyorlarning otkazuvchanlik qobilyatini ozgarishi, salt yurish jiklyorlarini ifloslanishi, ignali klapan germetikligini buzilishi, yonilgi satxini ozgarishi, yonilgi nososidagi diafragmaning teshilishi va prujinaning elastigligini yoqolishi yonilgini kop sarf bolishiga, hamda dvigatel quvvatining pasayishiga sabab boladi.
Yuqorda qayd qilingan nosozliklar tufayli yonilgi sarfi va chiqindi gazlar zaharligi oshadi.
Ta'minot tizimiga diagnoz qoyish korsatkichlari dvigatelni ogir ot olishi, yoqilgi sarfini oshishi, dvigatel quvvatini pasayishi, qizib ketishi, chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini oshib ketishidan iborat.
B. Karburatorli dvigatellar ta'minot tizimiga diagnoz qoyish diagnoz qoyish jihozlari yordamida yoki ishlash sharoitida bajariladi, tizimning mexanizm va birikmalarini holati ular yechilgandan song aniqlanadi.
Ishlash sharioitida ta'minot tizimiga diagnoz qoyishda 1 km tekis yolda yoqilgining sarfi aniqlanadi. Bu ishni tortish sifatini aniqlovchi jihozda ham bajarish mumkin.
Chiqindi gazlarning zaharliligi dvigatellarni salt yurishida aniqlanadi. Korbyuratorli dvigetellar uchun gazoanalizatorlar, dizel dvigatellari uchun dimomerlar ishlatiladi.
Karburatorli dvigatellar chiqindi gazlar tarkibidagi CO gazi salt yurishda (0.6 nom 100aylmin.) 1978 yilgacha chiqqan avtomobillar uchun miqdori 2-3.5 %, undan keyingilari uchun esa 1.5% dan oshmasligi kerak.
Ta'minot tizimiga diagnoz qoyishda avtomobilni yurgazib yoki jihoz yordamida sinash usullari qollaniladi. Ikkala holda ham avtomobilga maxsus qurilma "sarf aniqlagich" (rasxodomer) ornatilib, belgilangan rejimdagi yonilgi sarfi aniqlanadi. Avtomobilni sinashdan avval toliq 2-TXK hajmidagi ishlarni bajarish zarur.
Ta'minlash tizimiga diagnoz qoyish ishlarining majmuasi quyidagilardan iborat bolib, dvigatel salt ishlaganda, tirsakli valning eng kichik aylanishlar soni bilan ravon aylanishi tekshiriladi va sozlanadi; karburatorning qalqovuchli kamerasidagi yonilgi satxi va ignasimon klapanning germetikligi tekshiriladi hamda, tezlatish nasosining ishlashi sozlanadi, jiklyorlarning otkazuvchanlik qobiliyati aniqlanadi, karburator kirdan va smolalardan tozalanadi. Dvigatel salt ishlaganda, karburatorni kichik aylanishlar soniga sozlash uning ravon va iqtisodli ishlashini ta'minlab turadi.
Karburatorni sozlashdan avval dvigatelning sovutish tizimidagi suyuqlik harorati 75-80S gacha qizdiriladi va ot oldirish tizimi toliq nazoratdan otkaziladi. Karburatorni kallektorga ornatish jipsligi va yonilgi kirituvchi kanallar germetikligi tekshiriladi. Undan song dvigatelni salt ishlashga moslab sozlash ishlari quyidagi tartibda bajariladi: sifat, sozlash vintini oxirigacha qotirib, songra 1.5 - 2 marotaba aylantirib boshatiladi va drosselning tayanch vintini yoki miqdor vintini burab teks ishlashga erishiladi. Yana sifat vinti buralib dvigatelni eng katta aylanishlar sonidagi ravon ishlash rejimiga keltiriladi va miqdor vinti orqali kichik ravon aylanishlar soni sozlanadi. Bu jarayon bir necha marta qaytarilib, dvigatelni eng past aylanishlar sonida ravon ishlash holatiga keltiriladi. Songra drossel birdaniga ochilib hamda berkitilib, karburator ishlashi tekshiriladi. Bunda dvigatel ochib qolmasligi zarur. Dvigatelning tirsakli valini eng kichik va bir teks ishlashiga erishilgandan song, chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi miqdori tekshiriladi va sozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |