Qaytarish uchun savollar
Motorni nazorat-qarov va umumiy diagnostika ishlari texnologiyasi.
Porshenni yuqori qismi germetikligi boyicha diagnozlash
3. KSHM va GTM da uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari.
4. KSHM va GTM boyicha bajariladigan TXK ishlarining mazmuni.
5. KSHM va GTM boyicha bajariladigan JT ishlarining mazmuni.
6-Mavzu: Avtomobil dvigatеlining sovitish va moylash tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari tеxnologiyasi
Reja
1. Sovitish tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari va kеlib chiqish sabablari.
2. Sovitish tizimiga TXK va T ishlari tеxnologiyasi.
3. Moylash tizimida uchraydigan asosiy nosozliklar, ularning alomatlari, kеlib chiqish sabablari.
4. Moylash tizimiga TXK va T ishlari tеxnologiyasi.
5. Qo‘llaniladigan jihozlar.
1. Sovitish tizimining asosiy nosozliklariga: germetiklikni buzilishi, suv nasosi salnigidan, patrubka va boshqa joylaridan suyuqlikning sizib oqishi, tasma tarangligining yetarlimasligi, uning yorilishi, uzilishi, termostat qopqogining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining sinishi, radiator qopqogining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida suyuqlik chokindi (quyqa)si hosil bolishi kabilar kiradi.
Sovitish tizimining nosozliklarini quyidagi tashqi alomatlaridan bilsa boladi: Dvigatel uzoq muddatda, zoriqib ishlamaganda ham qiziydi, agar oziqlash va yondirish jihozlari notogri sozlangan bolsa, radiator suyuqligi qaynab ketadi. Termostat klapani asta-sekin ochilsa yoki mutlaqo ochiq bolsa (dvigatel yurgizilgandan keyin) asta-sekin qiziydi, klapan bordi-yu, kech ochilsa, dvigatel tezroq qizib ketadi.
2. Sovitish tizimga TXK va ta'mirlashdan avval diagnoz qoyilib, uning qizish holati va germetikligi, tasmaning tarangligi va termostatning ishlashi tekshiriladi. Dvigatel me'yorida ishlaganda sovitish tizimi suyuqligining, harorati 80-95S chegarasida bolishi kerak, radiatorning yuqori va pastki qismidagi suyuqlik haroratining farqi 8-12S oraligida boladi. Sovitish tizimi suyuqligining sizib oqishini suv nasosining (va boshqa birikish joylarini) ostki qisimlaridagi suyuqlik izlaridan payqash mumkin. Buni nazorat qilish dvigatelning sovuq holatida bajariladi. Tizimning (germetikligi) jipsligi, radiatorning ustki suyuqlik bilan tolmagan qismiga kiritilayotgan havo (0,06 Mpa) bosimi bilan tekshiriladi Ventilator uzatmasi, tasmasining tarangligi shkivlarning ortasidagi masofada tasmani bosib korib (30-40N kuch bilan) tekshiriladi. Tasmaning me'yordagi tarangligi (turli xildagi dvigatellar uchun) 10-20 mm bolishi kerak. Yechib olingan termostat, qizitilgan suvli vannaga botirilib, ishlashi tekshiriladi.
Termostat klapanining, dastlabki ochilishi paytida suyuqlik harorati 6570S va tola ochilishida 8085S boladi. Nosoz termostatni almashtirish zarur.
Sovutish tizimi boyicha sozlash ishlari, ventelyator tasmasini me'yorigacha tortish, shlangalar birikkan joylarini qotirish, kerak bolsa, suv nasosi salnigini ozgartirish va tizimni nakipdan tozalashdan iborat. Tizim 0.02-0.03 MPa bosim ostida suv yoki aralashma yordamida yuviladi. Tizimning yuvish yonalishi, sovitish jarayoniga qarama-qarshi yonalishda amalga oshiriladi.
Nakip issiqlik almashtirish jarayonini yomonlashtiradi. Ilmiy izlanishlar shuni korsatadiki, 1 mm nakip sovutish intensivligini 25%ga, quvvatni 6%ga kamayishiga va yoqilgi sarfini 5%ga oshishiga olib keladi. Nakip ximiyaviy aralashmalar yordamida yuviladi. Sovutish tizimini sulfat kislotasining yumshatgichlari va kopik tindirgichlar aralashmasida yuvish yuqori samara beradi. Aralashma tizimga toldirilib 10-15 minut dvigatel ishlatiladi va 60S haroratda tokiladi, keyin issiq suv bilan chayqaladi. Kislotani qoldiqlarini neytrallash uchun chayqovchi suvga neytrilizator qoshiladi (soda, 2 xromli kaliy)
Do'stlaringiz bilan baham: |