l
, oldindan zo„riqtirilgan
temirbetonli to„sinlar uchun esa (1/10†1/20)
l
chegaralarida qabul qilinadi.
Posangili oraliq qurilmalar qo„llanilganda, bu balandlikni 1/50
l
gacha
kamaytirish mumkin.
Bu talablarga javob berish uchun, oraliq qurilmalarning ostki belbog„i
odatda egri chiziqli qilinadi. Ba‟zi paytlarda esa tayanchga yaqin
zonalarda
vutlar
qo„llaniladi.
To„sinlarni
tayyorlashning
industriallashtirish nuqtai nazaridan butun uzunligi bo„yicha doimiy
balandlikka ega oraliq qurilmalar maqsadga muvofiqdir. Qirqilmagan va
konsol tizimli oraliq qurilmalarda tavrli, ikki tavrli va qutisimon
ko„ndalang kesimlar ko„proq qo„llaniladi (rasm 4.14).
Qirqilmagan oraliq qurilmalarda ishchi armatura tayanch usti
kesimlarida (manfiy moment zonalarida) yuqori qismiga, oraliqda esa
(musbat moment zonalarida) ostki qismiga joylashtiriladi.
Oddiy temirbetonli oraliq qurilmalar davriy profilli sterjenlar bilan
armaturalanadi. Ishchi armaturani sochilgan holatda yoki ikki, uch va
undan ko„p sterjenlar guruhi ko„rinishida joylashtirish mumkin.
Yig„ma, oldindan zo„riqtirilgan temirbetonli qirqilmagan oraliq
qurilmalarni armaturalash xarakteri faqatgina eguvchi momenlarning
epyurasiga bog„liq bo„lib qolmay, u montaj usuliga ham bog„liqdir. Bu
sistemalarda shuningdek osma betonlash usuli ham qo„llaniladi. Oraliq
qurilmalar birin-ketin betonlangandan so„ng ularni oraliqqa bo„ylama
surish progressiv hisoblanadi. Bunda surish qadami 20†25m ni tashkil
qiladi.
62
Tutamlangan armaturalarni ochiq
yoki yopiq kanallarda joylashtirish
mumkin. Ko„ndalang armatura, odatda,
davriy profilli bo„lib, ular oldindan
zo„riqtirilmagandir.
Rasm 4.14. Qirqilmagan va konsol to„sinlarning
ko„ndalang kesimlari:
a – tavrli; b,v – qutili
Bo„ylama tarqatuvchi armatura silliq A–I sinfli bo„lib, uning diametri
10†12mm qabul qilinadi. Qirqilmagan sistemalarning oddiy va oldindan
zo„riqtirilgan yig„ma temirbeton kombinatsiyalaridan tashkil topgan hollari
ham ma‟lum. Bunday echim ikki tavrli to„sinlar bilan 40m dan ortiq
bo„lgan oraliqlarni yopish imkonini beradi. Bunda qutili oraliq qurilmalar
qo„llanilganiga qaraganda material tejamkorligiga erishish mumkin.
Qirqilmagan sistemalarda 1973 yildan boshlab plitali – qovurg„ali
oraliq qurilmalar muvaffaqiyatli qo„llanib kelinmoqda. Bu oraliq
qurilmalarni montaj qilishning asosiy usuli suriladigan yaxlit havozalarda
yig„ish bo„lganligi uchun, plitali – qovurg„ali oraliq qurilmalarni ko„p
oraliqli ko„priklar uchun qo„llash maqsadga muvofiqdir.
Qirqilmagan oraliq qurilmalar bloklari, odatda, zavodlarda va
poligonlarda qoliplash uslubi bilan tayyorlanadi. Tayyorlashning bunday
uslubi montaj qilishni engillashtiradi, inshootning sifatini oshiradi.
Qutisimon bloklarni tekis plitali elementlarni bo„ylama choklar bilan
birlashtirib tayyorlash yaxshi natijalar beradi.
Qirqilmagan oraliq qurilmalarni osma betonlab qurish ularni osma
montaj qilib qurishga nisbatan kamroq qo„llaniladi, chunki osma betonlash
63
ularni unifikatsiya va industrializatsiya qilishni qiyinlashtiradi, havo
harorati manfiy bo„lganda, ishlarni murakkablashtiradi. Bu uslubning
afzalligi – oraliq qurilmalarda ko„ndalang choklarning bo„lmasligidir.
Uzunligi 50m dan ortiq bo„lgan oraliqlarni berkitish uchun, ayri-ayri
to„g„ri elementlardan shakllantirilgan shaparak konstruksiyalarni qo„llash
iqtisodiy jihatdan maqbul bo„lishi mumkin. Bunda har bir element oddiy
shaklga ega va asosan siqilishga va cho„zilishga ishlaydi (rasm 4.15, a,b).
Shu bilan birga, shaparak konstruksiyalarni tayyorlash sermashaqqatdir. Bu
konstruksiyalarning tugun bloklarini shakllantirish va ularga cho„zilgan
elementlarni ulash katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Rasm 4.15. Temirbeton
fermalarning turlari:
a – uchburchak panjarali;
b – hovon panjarali;
v –ostki bikr belbog„li
Temirbeton fermalarning elementlari yaxlit (odatda to„g„ri to„rtburchak
kesimli) yoki kavakli bo„lishi mumkin. Elemenlar kavakli bo„lganda oddiy
yoki oldindan zo„riqtirilgan temirbetondan sentrifuga usulida tayyorlangan,
diametri 60sm bo„lgan quvursimon elementlar ishlatiladi. Ularning
devorlari qalinligi 10†15sm ga teng. Bundan ham ko„proq tejamkorlikka
va texnologik jihatdan qulaylikka ostki bikr belbog„li fermalar
qo„llanilganda erishiladi. Ostki bikr belbog„ elementlari faqat normal
zo„riqishlarnigina qabul qilmasdan eguvchi momentlarni ham qabul qilishi
mumkin (rasm 4.15,
v
).
Hovonlar ostki belbog„ elementlariga markazdan tashqari holatda
64
biriktirilganida ferma belbog„laridagi, eguvchi momentlarni kamaytirishga
imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |